maqsad qilib tutgan yo'l
katta ahamiyatga egadir. Har qanday malaka
orttirish kishini epchil qiladi, ya’ni uni boshqa malakalar va xususan
o'xshash malakalami egallashga uquvliroq qiladi. Ilgarigi malakalami
o'zlashtirish jarayonida kishida yangi malakalami o'zlashtirishga alohida
«malaka», ya’ni malakalar hosil qilish layoqati paydo bo'ladi.
Malakaning ko'chishi, yana shunda ko'rinadiki, muayyan bir
a’zoimizda malaka hosil qilish shu harakatlarni maxsus mashqlarsiz boshqa
a’zolarimiz bilan ham bajaraverish imkoniyatini tug'diradi. Bir a’zoimizni
mashq qildirganimizda boshqa a’zolarimiz ham shunga qo'shib mashq
qildiriladi. Masalan, har birimiz o'ng qo'limiz bilan xat yozishga mashq
qilganmiz, lekin birmuncha yomonroq bo'lsa-da, chap qo'limiz bilan ham
yoza olamiz. Tajriba, masalan, shu narsani ko'rsatganki, o'ngqo'lda ikki
ta koptokni otib o'ynay bilish qobiliyati chap qo'lga ham o'tar ekan.
Malakaning bu xildagi ko'chishining sababi shundadirki, malaka hosil
qilish o'z fiziologik mexanizmi jihatidan faqat periferiya nerv sistemasi-
gagina bog'liq bo'lib qolmay, balki markaziy nerv sistemasiga ham bog'liq
bo'lgan jarayondir. Har xil malakani hosil qilishda butun nerv sistemasi
qatnashadi. Biron-bir yakka a’zo, chunonchi, qo'lning o'zigina emas,
balki kishining butun vujudi mashq qiladi. Bu mashq jarayonida bosh
miya yarim sharlarining po'stida tegishli dinamik stereotip vujudga keladi
va u boshqa o'xshash dinamik stereotipning hosil qilinishiga ta’sir ko'rsatadi.
Lekin, albatta, eng samarali malaka mashq qildirilgan a’zoda hosil bo'ladi,
chunki bunda mashq markaziy nerv sistemasining, asosan shu a’zo bilan
bevosita bog'liq bo'lgan periferiya qismlari o'rtasidagi o'zaro munosabat
negizida voqe bo'ladi.
Mustahkamlashib ketgan malakalar yangi malakalar hosil qilishga salbiy
va tormozlantiruvchi tarzda ta’sir qilishi mumkin. Malakalarning mana
shunday o'zaro salbiy munosabatlarini, odatda, malakalar interferensiyasi
deb ataladi. Bu yerda malakalarning o'zaro salbiy munosabatlari shundan
iboratki, ilgari hosil qilingan malakalar yangi malakalar hosil qilishni qi-
yinlashtiradi yoki ularning samaraliligini pasaytiradi. Masalan, agar
mashinistka alfaviti ma’lum tartibda joylashgan mashinkada ishlashga
odatlanib qolgan bo'lsa, alfaviti boshqacha tartibda joylashgan mashin-
kaga o'tishda katta qiyinchiliklar tug'diradi.
Bunday tormozlanish yoki interferensiyaning sababi malakalar va shu
malakalami harakatga keltiruvchi qo'zg'ovchilar o'rtasida hosil bo'lgan
assotsiatsiyalardan iboratdir. Bu shundan iboratki, agar
Do'stlaringiz bilan baham: |