17
kationlarining hujayra ichida, natriyning esa tashqarida ko‘p bo`lishini ta‘minlab
turadigan boshqa mexanizm ham bor. Bu membrananing natriy-kaliy nasosidir.
Membranadagi Na,K- ATF-aza fermenti bu nasosning asosiy qismi. Nasos faoliyati
uchun zarur bo`lgan energiya ATF parchalanganda ajraladi. Nasos kaliyni to‘qima
suyuqligidan protoplazmaga, natriyni esa ichkaridan tashqariga chiqarib turadi. Ikkala
ionning harakati ular kam bo`lgan suyuqlikdan ko‘p bo`lgan suyuqlikka qaratilgan yoki
bu harakat konsetratsion gradiyentga qarshi. Shuning uchun jarayon energiya sarfiga
muhtoj. Nasos faoliyati uchun energiyadan tashqari kaliy va natriy kerak. Uning
tarkibidagi makromolekulalarga (tashuvchilarga) tashqaridan kaliy, ichkaridan natriy
birikmasa, nasos ishlarnaydi. Ionlarning konsetratsion gradiyentga qarshi ko‘chirilishi
faol o‘tkazish deyiladi.
Sxemadan ko‘rinishicha (2-rasm), natriyni hujayradan chiqarilishi kaliy ionlarining
hujayra ichiga o‘tkazish bilan bog‘langan. Membranada joylashgan Y tashuvchi
makromolekulasi hujayra ichidagi suyuqlikdagi Na
+
ni o‘ziga biriktirib, Na
+
Y tashuvchi
kompleksni hosil qiladi. Bu kompleks membrananing tashqi yuzasiga yaqinlashganida,
undan Na
+
ajralib, to‘qima suyuqligiga chiqadi. Na
+
Y tashuvchi kompleks hosil bo`lishi
natriy ionlarining konsetratsion gradiyentga qarshi diffuziyalanishiga imkoniyat
tug‘diradi. Membrananing tashqi tarafida Y tashuvchi maxsus ferment ta‘sirida X
tashuvchiga aylanadi. Enda X tashuvchinin molekulasi tashqi suyuqlikdan kaliyni
biriktirib, K
+
X kompleksini hosil qiladi. U o‘z navbatida, membranada diffuziyalanib,
protoplazma tarafiga o‘tadi. Kaliyni ajratib, hujayra ichiga o‘tkazadi. Bu jarayonda
sarflanadigan energiya manbai ATF dir. ATF parchalanganda ajraladigan energiya X
tashuvchini Y tashuvchiga aylantirishda ishlatiladi. Kaliy va natriy ionlarining
bog‘langan holda tashilishi energiya sarfini kamaytiradi. Tinch holatda muskul
hujayralari sarflaydigan energiyaning 10-20% kaliy-natriy nasosi faoliyatiga ketadi.
Faol tashishning energiyaga muhtoj fermentativ jarayon ekanligi hujayralarni sovutish
yoki ularga modda almashinuvini to‘xtatuvchi zaharlar bilan ta‘sir qilish orqali isbot
qilingan. Ikkala sharoitda ham hujayra ichiga kiritilgan radioaktiv natriyning (24 Na
+
)
tashqariga tashilishi to‘xtab qolgan.
Kaliy-natriy
nasosining
membrana
potensiali
shakllannishidagi
ishtiroki,
birinchidan,membrananing ikki yuzasi o‘rtasida K
+
va Na
+
miqdoridagi farqni saqlab
18
turishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan, uning o‘zi ham potensial hosil qiladi. Gap
shundaki, nasos yordamida hujayradan tashqariga chiqarilgan har uchta natriy ioniga
hujayraga kiritilgan ikkita kaliy ioni to‘g‘ri keladi. Bu hol tashqarida musbat zaryadlar
ko‘payishiga, membrana potensiali oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: