12
maxsus mexanizmlarga bog‘liq. V.Kennon 1929-yilda ichki muhitning barqarorligi va
organizmning uni ta‘minlash qobiliyatini gomeostaz, deb atadi.
Gomeostaz deganda, bir-biriga muvofiqlashgan va ichki muhit barqarorligi
saqlanishini yoki tiklanishini ta‘minlovchi reaksiyalaar majmuasi tishuniladi.
Qon, limfa va boshqa ichki muhit suyuqliklarining kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy
holatining barqaror ko‘rsatkichlari (glyukoza miqdori, pH, osmotik bosim, elektrolitlar
miqdori va boshqalar) gomeostaz ifodasidir. Tabiiyki, bu ko'rsatkichlarning barqarorligi
mutloq emas. Ular tashqi yoki ichki sabablarga ko‘ra ma‘lum darajada o‘zgarib turishi
mumkin. Ammo har bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi uni eski holatga qaytaruvchi
gomeostaz mexanizmlarini ishga soladi va odatda uni tiklaydi. Gomeostatik
ko‘rsatkichlarning uzoq vaqt izdan chiqishi organizm faoliyatiga putur yetkazadi, hatto
halokatiga olib keladi.
Gomeostazning ta‘minlanishida nerv va endokrin tizimlarning roli juda muhim. Nerv
tizimi tashqi va ichki muhitdagi o‘zgarishlarga juda sezgir bo`lganidan, birinchi galda,
gomeostazni saqlovchi shosgilinch mexanizmlarni ishga soladi. Ko‘pgina gomeostatik
ko‘rsatkichlarni (qonda glyukoza, Na
+
, Ca
++
miqdorlari va boshqalarni) endokrin tizim
ishtirokisiz boshqarib bo`lmaydi.
Ichki muhit barqarorligining organizm mo‘tadil faoliyati uchun katta ahamiyati
borligi aytib o‘tildi. Buning isboti uchun misol keltiramiz. Shimoliy qotbda uchraydigan
oq ayiq 60-70 darajadagi sovuqda bemalol yashaydi. U Toshkent hayvonot bog‘ida
saraton vaqtidagi 35-40 daraja issiqqa ham moslasha oladi. Demak, bu hayvonning
yashashi mumkin bo`lgan havo haroratining chegarasi taxminan 100-110
0
. Ayiq
organizmidan ajralgan sun‘iy eritmada tirik saqlanadigan yakka-yakka hujayralarni
olsak, ular faqat 36-38
0
da o‘z faoliyatini yo‘qotmaydi. Eritma haroratining juda tor
bo`lgan bu chegaradan chetga chiqib ketishi hujayralarni halokatga yo`liqtiradi. Xuddi
shu hujayralardan tashkil topgan bir butun organizm tashqi muhit harorati 100 darajadan
ortiq o‘zgarsa ham, bu o‘zgarishlarga moslashib, faolligini yo‘qotmaydi. Buning sababi
shundaki, organizmdagi hujayralarning asosiy qismi tashqi muhit bilan bevosita aloqador
emas, ular atrofida barqarorligini yo‘qotmaydigan ichki muhit suyuqliklari bor.
Tabiiyki, gomeostazning ma‘lum chegaralari bor. Ichki muhit ko‘rsatkichlarining bu
chegaradan chiqib, sezilarli darajada oshib yoki kamayib ketishi organizm faoliyatiga
kuchli ta‘sir ko‘rsatadi, yashab bo`lmaydigan holatga olib keladi. Demak, gomeostatik
ko‘rsatkichlarning davomli va sezilarli o‘zgarishini kasallik belgisi, deb hisoblash
mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni bilish va aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologik funksiyalar (faoliyatlar). Organizmdagi biror bir natija olishga qaratilgan
hayotiy o‘zgarish fiziologik funksiya hisoblanadi.
Fiziologik funksiyalar xilma-xil bo`lib, hammasi organizmning moddalar almashinuvi
va moslashishni ta‘minlashga xizmat qiladi. Funksiyalar sodda va murakkab, tig‘ma va
hayotda orttirilgan, makromolekulyar yoki yaxlit organizm darajasida yuzaga
chiqadigan, vegetetiv va somatik, himoya va hokazo bo`ladi. Modda, energiya va
ma‘lumot almashinuvi mavjud funksiyalarning asosi hisoblanadi.
Ma‘lumot almashinuvi hujayralarning bir-biri bilan bevosita aloqada bo`lishi,
moddalarning to‘qima suyuqligi, limfa va qon tarkibida tashilish yo`li bilan va
elektropotensiallarni hujarradan hujayraga juda tez o‘tishi natijasida ro‘yobga chiqadi.
Ko‘p hujayrali organizmlarda elektr signnallari shaklida kodlangan ma‘lumotlarni qabul
qiluvchi, o‘tkazuvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tahlil qiluvchi maxsus tizim bor. Bu
odamda yuqori darajada rivojlangan nerv tizimidir.
13
Nerv tizimi har qanday tirik organizmning o‘z-o‘zini boshqarishida, xilma-xil
ta‘sirotlarga yaxlit javob berishida, tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishida juda katta
ahamiyatga ega. Bu murakkab ishni nerv tizimi elektr impulslar yordamida bajaradi.
Muskullar va bez to‘qimasining faoliyatlari ham elektr impulslarga bog‘liq.
Bioelektrik hodisalarni yaxshi tushunish uchun birinchi galda qo]zg‘aluvchan to‘qimalar
– nerv, muskul va bez to‘qimalarining ba‘zi bir umumiy fiziologik xossalariniko‘rib
chiqqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: