15
MEMBRANANING TINCHLIK POTENSIALI
Hozirgacha mikroelektrodlar usulida tekshirilgan barcha hayvon va o‘simlik
hujayralarining
tashqi
membranasining
elektr
qutblanganligi
aniqlandi.
Bu
membrananing ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Buning
isboti uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha kerakli jihozlarni tayyorlash kerak.
Mikroelektrod hujayra yoki tola membranasining tashqi yuzasida bo`lganida, potensiallar
farqi qayd qilinmaydi. Mikroburama yordamida membranani teshib, mikroelektrod
uchini hujayra ichiga kiritilganda, ossillograf manfiy zaryad borligini ko‘rsatadi. Demak,
qo‘zg‘aluvchan to‘qima tinch holatda bo`lganida membrananing ichki yuzasi tashqi
yuzasiga nisbatan manfiy potensialga ega. Tinch holatda bo`lgan nerv hujayrasi va
tolalarining membrana potensiali taxminan –70 mV. Bu potensiallar farqi membrananing
tinchlik potensiali (MTP) deyiladi.
Hujayra membranasining qutblanish sabablari aniqlangan. Buni tushunish uchun
membrana tuzilishini, ba‘zi bir xossalarini va hujayra ichidagi hamda tashqarisidagi
suyuqliklarning ion tarkibini ko‘rib chiqish kerak.
Elektron mikroskop yordamida olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, hujayra membranasi
juda yupqa, biroq yetarli darajada mustahkam parda. Qalinligi 5-10 nm, lipidlar, oqsillar,
mukopolisaxaridlardan tuzilgan. Membrana kalavasini (asosini) ikki qavat lipidlar
molekulalari tashkil qiladi. Bu lipid molekulalar orasida o‘rnashgan oqsil molekulalari
suv va ionlarni o‘tkazuvchi kanallarni hamda ion nasoslarni shakllantiradi. Lipid
qavatning tashqi yuzasida joylashgan mukopolisaxaridlar retseptorlar (muayyan
moddalarni ―tayanib‖, ular bilan birikishga ixtisoslashgan molekulalar) rolini bajaradi.
To‘xtovsiz yangilanish jarayonida membranalarning ba‘zi bir xossalari o‘zgarishi
mumkin.
Hujayra membranasi ancha yuqori elektr qarshilikka va sig‘imga ega. Uning elektr
qarshiligi ion kanallarining ochiq yoki yopiqligiga bog‘liq.
Yog‘da eruvchi moddalar membranalarning lipid asosida erib, undan osonlik bilan
o‘tadi. Suv va suvda eruvchi diametri kichik ionlar membranadagi kanallardan har ikki
tomonga o‘ta oladi. Suvda eruvchi yirik moddalar, masalan organik kislotalarning
anionlari membranalardan o‘ta olmaydi. Ularning hujayradan chiqishi yoki ichiga kirishi
uchun maxsus mexanizmlar ishga tushishi zarur.
Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar faoliyati uchun ularning membranalarida Na
+
, K
+
, CI
-
,
Ca
2+
ionlarini o‘tkazuvchi maxsus kanallar bo`lishi katta ahamiyatga ega. Ular tanlab
o‘tkazuvchi (selektiv) o‘ziga xos (spetsifik) va o‘ziga xos bo`lmagan (nospetsifik)
kanallarga bo`linadi. Tanlab o‘tkazuvchi kanallardan shu ionlardan faqat bittasi o‘tishi
mumkin, har qaysi ionning o‘z kannali bor. Bu kanallar ochilib-yopiladigan darvoza
16
mexanizmiga ega. Tinch holatda membranadagi natriy kannallarining hammasi yopiq,
kaliy kanallarining aksariyati ochiq bo`ladi.
Nospetsefik kanallar doim ochiq turadi, ularning har biridan K
+
, Na
+
, Ca
2+
, CI
-
ionlari
ikki taraflarna o‘tishi mumkin.
Hujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklarda ionlar miqdoridagi farq membrana
tinchlik potensiali hosil bo`lishining asosiy sababi bo`ladi. Bu suyuqliklarda miqdorida
enng ko‘p farq bbo`lgan kation kaliy kationidir. Hujayra ichidagi 100000 K
+
kationiga
to‘qima suyuqligida hammasi bo`lib 2000 kaliy kationi to‘g‘ri keladi.Demak, sitoplazma
suyuqligida kaliy miqdori tashqaridagi suyuqliklardan 50 marta ko‘p. Natriy miqdoridagi
farq buning aksi: hujayra ichidagi 10000 Na
+
ga tashqaridagi suyuqlikda 108000 Na
+
to‘g‘ri keladi. Demak, hujayralararo suyuqlikda natriy kationlari soni hujayra
ichidagidan 11 marta ko‘p.
Xlor anionining membrananing ikki tarafida taqsimlanishi ham K
+
taqsimlanishining
aksidir: CI
-
ning hujayra ichidagi miqdori tashqaridagidan 20-100 marta kam. Hujayra
ichida mavjud bo`lgan anionlarning ko‘p qismini molekulasi katta bo`lgan oqsil ionlari
va organik kislotalarning anionlari tashkil qiladi.
Har xil ionlarning hujayra ichi va tashqi suyuqliklarida teng taqsimlanmaganligi MTP
mavjudligining saqlanishining asosiy sababidir. Membrana kaliy kannallarining ko‘p
qismi odatda ochiq. Ular orqali K
+
ma‘lum miqdorda o‘zi ko‘p bo`lgan hujayra ichidagi
suyuqlikdan diffuziyalanib tashqariga chiqadi. Membrananing tashqi yuzasida musbat
zaryadlar miqdori ortadi. Bu zaryadlarni tashqarida ko‘p miqdordagi Na
+
kationlarining
sitoplazmaga o‘tishi yoki manfiy zaryadli anionlarning tashqariga chiqishi
muvozanatlashi mumkin edi. Ammo, tinch holatda membrananing natriy va anionlar
uchun o‘tkazuvchanligi past. Shuning uchun membrananing tashqi yuzasida
musbat kaliy
kationlarining miqdori ortadi, ichki yuzasida esa manfiy anionlar to‘planadi. Natijada
membrana tinchlik potensiali vujudga keladi. Tinchlik potensiali hosil bo`lishining
asosan kaliy kationiga bog‘liq bo`lishini kalmarning gigant aksonida o‘tkazilgan
tajribalar yaqqol ko‘rsatgan. Bu nerv tolasi juda yo‘g‘on, diametri taxminan 1 mm.
Aksondagi protoplazmani siqib chiqarib, o‘rniga tarkibi har xil bo`lgan eritmalarni
kiritish mumkin. Potensiallar esa oddiy ingichka sim elektrodlar yordamida qayd
qilinadi. Agar gigant aksonning protoplazmasi o‘rniga miqdori protoplazmadagicha
kaliyga ega bo`lgan eritma kiritilsa, odatdagi tinchlik potensiali bborligikuzatiladi.
Aksonni kaliysiz eritma
bilan toidirsak, potensial yo‘qoladi.
Kaliy miqdoridan tashqari MTP miqdoriga Na
+
va CI
-
ionlarining diffuziya yo`li bilan
hujayra ichiga o‘tishi ham ta‘sir qiladi. Na
+
bu potensialni birmuncha kamaytirsa, CI
-
uni ko‘paytiradi.
Membrana potensialining ahamiyati katta. U membrana atrofida sezilarli taranglikka
ega bo`lgan elektr maydon hosil qiladi. Natijada membrananing zaryadli
makromolekulalari fazoda tartibli joylashadi. Membrana atrofida elektr maydon
mavjudligi natriy kanallarining aktivatsion darvozalarini yopiq holda va inaktivatsion
darvozalarini ochiq holda bo`lishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari, membrana potensiali
hujayra membranasi orqali moddalar almashinuviga ta‘sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: