14
almashinuvi vao‘sishning sustlashishini, qo‘zg‘aluvchanlikning kamayishini
sodir qilishi mumkin. Bular tormozlanish reaksiyalaridir. Tormozlanish jarayoni
organizm faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Qo‘zg‘alish vaqtida hujayralarda bir qator fizikaviy-kimyoviy jarayonlar
sodir bo`ladi, ularning tuzilmalarida ma‘lum o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bulardan
elektr hodisalar ayniqsa muhim ahamiyatga ega.
―Hayvon elektri‖ haqidagi ta‘limotning shakllanishi L.Galvani, K.Matteuchi,
E.Dyubua Reymon va boshqa bir qator olimlar nomi bilan bog‘liq. Umuman
XVIII asrning ikkinchi yarmida elektr hodisalarni o‘rganish boshlandi. Shu
davrda elektr tokini hosil qilish yo`llari topildi. Elektrniing tirik to‘qomalarga
ta‘sirini o‘rganishda baqaning orqa oyog‘idan tayyorlangan preparat qulay
bo`ldi. Elektr manbaniing bu preparatga ta‘sir qilishi muskulni qisqartiradi. Italiyalik
olim L.Galvani atmosfera elektrining ta‘sirini o‘rganishga kirishganida shu preperatdan
foydalangan. U baqaning umurtqa pog‘onasiga birlashgan oyoq preperatni tayyorlab,
umurtqalar orasidan mis ilmoq o‘tkazib, ayvonning temir panjarasiga osib qo‘ygan. Havo
ochiq bo`lganda ham atmosfera elektri bor bo`lsa, u muskulga ta‘sir qilib, qisqartiradi,
deb o‘ylagan. Ammo hech qanaqa qisqarish kuzatilmagan. Shamol turib, preperatni
tebratgach, baqa oyog‘ining uchi vaqti-vaqti bilan temir panjaraga tega boshlagan. Har
gal oyoq uchi temir panjaraga tekkanda, muskul qisqargan. Galvani bu hodisani
quyidagicha tushuntirgan. Baqaning orqa miyasida hosil bo`lgan ―hayvon elektri‖
o‘tkazgich mis ilmoq va temir panjara orqali oyoq muskullariga yetib kelgan va ularning
qisqarishiga sabab bo`lgan. Demak, tirik organizmda ham elektr hosil bo`ladi, degan
hulosaga kelgan. Galvanining tajribasi olimlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Uni ko‘p
olimlar takrorlab, baqaning orqa miyasini jyoqning muskullariga ikki xil metall
(masalan, mis va temir) yordamida ulansa, muskullar qisqarishini ta‘kidlashdi. Bular
ichida Volta ham bor edi. U Galvani olgan natijani takrorlagan bo`lsada,‖hayvon elektri‖
bor degan gapga qo‘shilmadi. Volta muskullarni qisqartirgan tok manbai baqaning orqa
miyasida emas, balki turli metallardan iborat bo`lgan zanjir ekanliginni birmuncha
tajribalar o‘tkazib isbotladi. Bunga javoban Galvani metallardan foydalanmay, yangi
tajribalar o‘tkazdi. ―Hayvon elektri‖ borligini isbotlagan bo`lsa ham, olimlar ko‘proq
Voltaga ishondilar. Galvanini siyosiy sabablar bilan ishdan haydashdi, tajribalar
o‘tkazishdan mahrum bo`lgan Galvani ko‘p o‘tmay vafot etdi.
XIX asrning boshlarida boshqa bir italiyalik olim K.Matteuchi shu davrda kashf
etilgan sezgir galvanometr yordamida hayvon elektrinin bevosita oichab, uning
mavjudligini uzil-kesil isbotladi.
Do'stlaringiz bilan baham: