Muqaddima



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

STATOKINETIK REFLEKSLAR 
 
     Statokinetik  reflekslar  vestibulyar  reflekslarning  bir  guruhi.  Bu  reflekslar  tananing 
fazodagi harakat tezligi o‘zgarganda, vaziyatni saqlab qolishga qaratilgan. Labirintning 
yarim  aylana  kanallaridagi  endolimfaning  harakatga  kelib,  bu  yerdagi  retseptorlarni 


 
 
67 
 
qo‘zg‘atishi  statokinetik  reflekslarning  yuzaga  chiqishiga  sabab  bo`ladi.  Statokinetik 
refleksning  yo‘nalishi  tezlashish  vaqtida  uchta  yarim  aylana  kanaldan  qaysi  biri 
qo‘zg‘alganiga  bog‘liq.  Agar  to‘g‘ri  chiziqli  harakat  sekinlashsa  (tananing  tezlanishi 
manfiy  bo`lsa),  sagittal  kanal  retseptorlari  qo‘zg‘aladi.  Muskullar  tonusining  o‘zgarishi 
gavdani oldinga egadi. 
     Tananing musbat tezlashishi ham, masalan, avtobusning birdan tez yurishi, shu kanal 
retseptorlarini  qo‘zg‘atadi.  Ammo,  bu  safar  muskullar  tonusining  qayta  taqsimlanishi 
gavdani  orqaga  tortadi.  Shuning  uchun  harakat  tezligi  o‘zgarishiga  qarshilik  ko‘rsatib, 
muvozanatni saqlaymiz. 
     Tana  vertikal  yo‘nalishda  harakat  tezligi  o‘zgarishiga  uchrasa,  vestibulyar  lift 
reflekslari  yuzaga  chiqadi.  Lift  ko‘tarila  boshlaganda  oyoqni  yozuvchi  muskullarning, 
pastga tusha boshlaganda esa bukuvchi muskullarning tonusi ortadi. 
     Tana  burchak  tezlashishiga  ham  uchrashi  mumkin.  Bu  holat  gavdani  aylantirilganda 
ham uchraydi. Yana o‘sha yarim aylana kanallardagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi o;ziga 
xos  statokinetik  reflekslarni  –  bosh  va  ko‘z  nistagmini  hosil  qiladi.  Gavdani 
aylantirilganda,  avvalo  bosh  gavdaning  aylanayotgan  tomoniga  qarama-qarshi  holda 
sekin-asta  buriladi,  so‘ngra  tez  harakatlanib,  tanaga  nisbatan  asli  holiga  qaytadi. 
Aylanish davom etadigan bo`lsa, bosh nistagmi deb ataluvchi bu holat takrorlanaveradi. 
     Aylanish  vaqtida  ko‘z  nistagmi  ham  kuzatiladi:  ko‘z  soqqasi  aylanishga  aylanishga 
qarama-qarshi tomonga sekin buriladi va tezlik bilan dastlabki holatiga qaytadi. 
     Bosh  va  ko‘z  nistagmi  aylanayotgan  vaqtda  ko‘z  oldidagi  nnarsalarni  uzoqroq 
kuzatish imkonini beradi. 
     Statokinetik  reflekslarni  yuzaga  chiqaradigan  impulslar  vegetativ  yadrolarga  ham 
yoyilib,  vestibulo-vegetativ  reflekslarni  vujudga  keltirishi  mumkin.  Bu  reflekslar  ichki 
a‘zolarning  faoliyati o‘zgarishi sifatida namoyon bo`ladi.  
     Yurak  o‘ynab,  qon  bosimi  pasayadi  yoki  ko‘tariladi,  hazm  tizimi  harakatlari 
kuchayadi, odamning ko‘ngli aynab qusadi. 
     Vestibulo-vegetativ  reflekslari  kuchli  bo`lgan  odamlar  dengiz  flotida,  aviatsiyada, 
transportda  ishlay  olmaydilar.  Demak,  miya  stvolining  stato-kinetik  reflekslarini 
o‘rganish kasb tanlashda amaliy ahamiyatga ega. 
 
TO‘RSIMON FORMATSIYA FAOLIYATLARI 
 
     To‘rsimon  (retikulyar)  formatsiya  miya  stvolining  muhim  tuzilmalaridan  biri.  U 
uzunchoq miyadan boshlanib, Varoliy ko‘prigi irqali o‘rta miyaga ko‘tariladi. To‘rsimon 
formatsiya sohasidagi qon tomirlarni harakatlantiruvchi, nafas va hazm tizimi faoliyatini 
boshqarib  turuvchi  muhim    markazlar  haqida  yuqorida  aytib  o;tgan  edik.  Bu  tuzilma 
miya  stvolidan  o‘tgan ko‘tariluvchi va tushuvchi    yo`llardan  chetroqda  bo`lsada, uning 
neyronlarida  o‘tkazuvchi  tolalarning  yon  shoxlari  sinapslar  hosil  qilib,  to‘rsimon 
fermatsiyani  bosh  miyaning  hamma  sohalari  bilan,  miyacha  bilan,  orqa  miya  bilan 
bog‘lab turadi. 
     Keyingi  30-40  yil  davomida  to‘rsimon  firmatsiyaning  miyaning  boshqa  sohalariga  
aloqadorligini  va  formatsiya  bilan  orqa  miya,  formatsiya  bilan  bosh  miyaning  o‘zaro 
funksional  munosabatlarini  o‘rnatishga  katta  ahamiyat  berildi.  Bu  borada  G.Megun  va 
uning hamkorlari katta tadqiqot ishlari olib bordilar. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish