TONIK REFLEKSLAR
Bo’yin t’oinik reflekslari. Tajribani detserebratsiyalangan, labirintlari olib
tashlangan mushukda o‘tkazamiz. Agar hayvonni to‘rt oyog‘iga qo‘yib, boshini tepaga
ko‘tarilsa, oldingi oyoqlarida yozuvchi muskullar tonusi, orqa oyoqlarida esa bukuvchi
muskullar tonusi oshadi. Hayvonning boshi pastga egilsa, qarama-qarshi o‘zgarishlar
ro‘y beradi: oldingi oyoqlarida bukuvchi muskullar, orqa oyoqlarida esa yozuvchi
muskullar tonusi oshadi (21-rasm). Agar mushukning boshini chap yoki o‘ng tomonga
qaratib, gavda muvozanati o‘zgartirilsa, bosh burilgan tomondagi oyoqlarning yozuvchi
muskullari tonusi oshadi. Bosh holati qaysi tekislikda o‘zgartirilmasin, muskullar tonusi
bosh asli holiga kelmaguncha o‘zgarganicha qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |