Muqaddima


ORALIQ MIYA VA PO’STLOQ OSTI YADROLARI



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ORALIQ MIYA VA PO’STLOQ OSTI YADROLARI 
 
     Oraliq  miya  miya  stvolining  bir  qismi  bo`lib,  uning  asosiy  tuzilmalarini  ko‘ruv 
do‘mbog‘i – talamus, do‘mboq usti va do‘mboq osti sohalar – epitalamus va gipotalamus 
tashkil qiladi. 
     Hidlov    yo`llaridan  tashqari,  katta  yarim  sharlaga  boruvchi  barcha  afferent    yo`llar 
talamus orqali o‘tadi. 
     Talamusga joylashgan neyronlar 40  taga yaqin yadro hosil qiladi. Funksional nuqtai 
nazardan  ularni  spetsifik,  nospetsifik,  assotsiativ  va  motor  yadrolarga  bo`lish  rasm 
bo`lgan. 
     Spetsifik    yadrolarning  neyronlari  po‘stloqning  muayyan  sohalariga  boglangan. 
Ularning shikastlanishi ma‘lum sezgilarning yo‘qolishiga olib keladi. Bu faqat spetsifik 
yadrolarning  impulslarni  chetdagi  retseptorlardan  katta  yarim  sharlar  po‘stlog‘iga 
o‘tkazuvchi bekat ekanidan dalolat beradi. Spetsifik yadrodagi neyronlar faqat bir turdagi 
retseptorlardan kelgan impulslarga javob beradi. 
     Lateral  tizzasimon  tana  ko‘ruv  tizimining  sensor  yadrosi  bo`lib  xizmat  qiladi.  Bu 
yadro yorug‘lik darajasini aniqlashda va rang sezishda ishtirok etadi. Lateral tizzasimon 
tana  to‘rt  tepalikning  oldingi  do‘mboqlaridan  tolalar  oladi,  undan  chiqqan  tolalar  esa 
bosh miya po‘stlog‘ining ko‘ruv sohasida tugaydi. 
     Orqa do‘mboqlar bilan afferent tolalar yordamida bog‘langan medial tizzasimon tana 
eshituv tizimining spetsifik  talarnik yadrosi hisoblanadi. Bu yadrodagi neyronlarning bir 
guruhi  ma‘lum  chastotadagi  tovushlarni  qabul  qilishga  moslashgan.  Medial  tizzasimon 
tana akustik axborotni tahlil qiladi va po‘stloqning eshituv markaziga o‘tkazadi. 
     Sensomotor tizimning ham talamusda o‘ziga xos (spetsifik) yadrolari bor. 
     Talamusning  assotsiativ  yadrolari  ayrim  sezgi  tizimidan  emas,  balki  bir  vaqtning 
o‘zida bir nechta sezgi  yo`llaridan impulslar oladi. Bu yadrolar po‘stloqdagi assotsiativ 
sohalarga  bog‘langan.  Talarnik  assotsiativ  yadrolarning  fuksiyalari  haligacha  yaxshi 
aniqlanmagan. Talamusning motor yadrolariga ventro-lateral yadro kiradi. Unga miyacha 
va  bazal  tugunlardan  tolalar  kirgan.  Chiquvchi  tolalar  esa  yadroni  miya  po‘stlog‘idagi 
motor  soha  bilan  bog‘lab  turadi.  Ventro-medial  yadro  harakatlarni  boshqaruvchi 
tizimning bir qismi. 
     Impulslar  nospetsifik  yadrolardan  avval  po‘stloq  osti  tuzilmalariga  o‘tkaziladi, 
so‘ngra  bu  tuzilmalardan  parallal  ko‘tariluvchi    yo`llar  orqali  miya  po‘stlog‘ining 
ko‘pgina qismlariga borib yetadi. 
     Talamusning  nospetsifik  yadrolari  o‘rta  miyadagi  to‘rsimon  formatsiyaning  davomi 
hisoblanadi.  To‘rsimon  formatsiyaning  po‘stloqni  faollashtiruvchi  ko‘tariluvchi  ta‘siri 
talamusning nospetsifik yadrolari orqali o‘tadi. 
     Talamus katta yarim sharlar po‘stlog‘iga intiluvchi sensor (sezuvchi) signallar yo`lida 
o‘ziga  xos  darvoza  bo`lib,  juda  muhim  ahamiyatga  ega  ma‘lumotlarni  po‘stloqqa 
o‘tkazadi. Kuchsiz, ahamiyatsiz signallar bu yerda to‘xtalib, o‘tkazilmaydi. 
     Talamus  nospetsifik 
  yo`llar  orqali  katta  yarim  sharlardagi  neyronlar 
qo‘zg‘aluvchanligiga  ta‘sir  qiladigan  bo`lsa,  po‘stloq  ham  o‘z  navbatida  talamusga 
tormozlovchi  va  yengillashtiruvchi  ta‘sir  o‘tkazadi.  Bu  ta‘sirlar  ham  spetsifik,  ham 
nospetsifik yadrolarga yetib keladi. 
     Talarno-kortikal  tizim  uxlash  va  uyg‘onish,  bedorlik  va  boshqa  jarayonlarni 
boshqarishda ham ishtirok etadi. Talamus og‘riqni sezishning oliy markazi hamdir. 
 


 
 
73 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish