Muqaddima


TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TORSIMON FORMATSIYA VA YARIMSHARLAR PO’STLOG’I 
(retikulo-kortikal aloqadorlik
 
     To‘rsimonformatsiya miyaning yuqori qismlari bilan ham ikki timonlarna bog‘langan 
(22-rasm). Bular ichida retikulyar formatsiyadan talamusning nospetsifik yadrolari orqali 
yarim sharlar po‘stlog‘ining deyarli hamma sohasiga o‘tgan  yo`llar juda ahamiyatli. Bu 
aloqaning  uzilishi  (miya  stvolini  o‘rta  miya  ro‘parasida  ko‘ndalang  kesish)  hayvonda 
chuqur uyqu paydo qiladi. Shu hayvonda miya po‘stlog‘ining elektr faolligi qayd qilinsa, 
uyqu holatiga xos bo`lgan yuqori voltajli siyrak elektr tebranishlarni ko‘ramiz.  
     To‘rsimon  formatsiyaning  turli  qismlarini  mikroelektrodlar  yordamida  ta‘sirlaganda, 
katta yarim sharlar po‘stlog‘ida uyg‘onish va tabiiy uyg‘oqlik holatiga xos elektr faolligi 
paydo qiladi. 
     Katta  yarim  sharlarning  bu  faolligi  miya  stvolining  to‘rsimon  formatsiyasi  va 
talamusning 
nospetsifik 
yadrolaridan 
keluvchi 
faollashtiruvchi 
impulslarga 
aloqadorligini isbot qqiladi. 
     Miya stvoli yallig‘langan yoki shikastlangan bemorlarni kuzatish ham shundan dalolat 
beradi. Bunday bemorlar yillab uxlashi mumkun. O‘z vaqtida I.P.Pavlov surunkasiga 20 
yil  uxlagan kasalni kuzatgan. Bir  fransuz ayolining  18  yil  uxlagani  ma‘lum. 1973-yilda 
Nadejda Lebedin degan Dnepropetrovsklik ayol 20 yil uxlagani haqida matbuotda xabar 
qilindi.  Uning  kasallik  tarixida  quyidagilar  yozilgan:  ―Nadelda  Artemovna  Lebedin 
1954-yil fevralida 35 yoshida asab kasalliklari klinikasiga keltirilgan. Taxminiy tashxis – 
po‘stloq  osti  ensefaliti  (miyaning  yallig‘lanishi).  Letergik  uyqu  holati:  ko‘zlarini 
ochmaydi, atrofdagilar bilan muloqatda bo`la olmaydi‖. 
     Avvaliga  uni  zond  orqali  ovqatlantirishdi.  Keyin  tibbiy  xodimlar  qoiidan  ovqat 
yeydigan  bo`ldi  (shartsiz  refleks).  Boshqa  ta‘sirotlarga  avvalgidek  javob  bermadi. 
Elektroshok  yordamida  uyg‘otish  ham  natija  bermadi.  Bemor  20  yildan  keyin  –  1973-
yilning  yozida  uyg‘ondi.  Uyg‘onishga  onasining  oiimi,  qarindoshlarining  dod-faryodi 
sabab bo`ldi. Bemorning gapiga qaraganda, 1954-yilda doim uyqusi kelavergan. Qayerda 
bo`lmasin, uydami, ishdami, kinodami uxlab qolavergan. 1954-yilda uxlab qolib, 1973-
yilgacha  uyg‘onmagan.  Uni  kuzatgan  shifokorlarning  fikricha,  1954-yilda  miya  stvoli 
sohasi  yallig‘langan.  Bu  kasallikning  asorati  sifatida  to‘rsimon  formatsiyadan  miya 
stvoliga  faollashtiruvchi  impulsatsiya  o‘tmay  qolgan.  Onasining  oiimidek  favqulodda 
voqea bu impulslar yo`lini ochib, uni uyg‘otgan. 
     Buning aksi ham  bo`ladi. Masalan, ingliz fuqarosi Lesli Gembl 1970-yilda samolyot 
pillapoyasidan  ko‘tarilayotib,  boshini  samolyot  eshigining  kesakisiga  qattiq  urib  oladi. 
Shundan keyin u 12 yil davomida bir zum ham uxlarnagan. 1077-yilda matbuotda Eron 
fuqarosi  Majid  Zandining  23  yil  uxlarnagani  to‘g‘risida  yozilgan  edi.  U  ham  boshi  lat 
yegandan keyin shu ko‘yga tushgan. 
     Buning  sababi  tahminan  quyidagicha  bo`lishi  mumkin.  Boshning  qattiq  urilishi 
natijasida  retikulyar  formatsiyaning  miya  po‘stlog‘iga  faollashtiruvchi  ta‘sir 
ko‘rsatadigan  sohasining  shikastlanishi  kichik  chandiq  hosil  qilgan.  Bu  chandiq 
atrofidagi  neyronlarga  ta‘sir  qilib,  po‘sloqning  faolligini  oshirgan  va  bemorni  uyqudan 
mahrum qilgan. 


 
 
70 
 
     Demak, to‘rsimon  formatsiya  katta  yarim  sharlar po‘stlog‘iga  kuchli ta‘sir ko‘rsatib, 
uning  faolligini  tutib  turadi.  O‘z  navbatida,  yarim  sharlar  po‘stlog‘idan,  miyachadan, 
po‘stloq  osti  gangliylaridan  va  boshqa  tuzilmalardan    kelgan  impulslar  retikulyar 
firmatsiyaning faolligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. 
     To‘rsimon  formatsiyaning  oraliq  miya  markazlari,  po‘stloq  osti  yadrolari,  limbik 
tizim bilan aloqadorligining o‘zgarishi odam va hayvonlarning xulq-atvoriga ta‘sir qiladi. 
 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish