HARORATNI SEZISH
Yer atmosferasi ko
‘
rsatkichlari orasida eng o
‘
zgaruvchani havo harorati hisoblanadi.
Markaziy Osiyoning o
‘
ta kontinental iqlimida bu ko'rsatkich bir kechayu: kunduzda
15—20 daraja, fasllar orasida 60—65 daraja atrofida o'zgarishi mumkin. Organizm bu
o'zgarishlarga doimo moslashishi shart. Harorat o'zgarishlariga moslashishda haroratni
sezuvchi retseptorlarning (termoretseptorlarning) ahamiyati juda katta. Bu retseptorlar
terida, ko`z soqqasining shox pardasida, shilliq pardalarda va markaziy nerv tizimida
orqa miya va gipotalamusda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |