Muqaddima


Рисунок 1  69-rasm. Labirintning tuzilish sxemasi



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/353
Sana03.09.2021
Hajmi4,57 Mb.
#163474
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   353
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

Рисунок 1 
69-rasm. Labirintning tuzilish sxemasi. 
Yarim  doira  kanallarning  har  biri  utrikulyusdan  boshlangan,  doiraning  2/3  qismini 
hosil qilib, utrikulyusda tugagan. Kanalning utrikulyusga qo‗shiladigan qismi kengayib 
ampula  hosil  qilgan.  Ampula  ichida  qirra  —  ampula  kristasi  joylashgan.  Kristani  ikki 
turdagi  tukli  retseptor  hujayralar  va  tayanch  hujayralar  qoplagan.  Tukli  hujayralar 
ikkilarnchi retseptorlardir. Ular afferent tola bilan sinaps orqali bog‘langan. 
Birinchi turdagi tukli hujayralar asosini yakka afferent tolaning oxiri qadoq shaklida 
qamrab  olgan  va  sinaps  hosil  qilgan.  Bu  turdagi  retseptorni  nervlagan  efferent  tola 
hujayraning o‗zi bilan bevosita bogianmagan. U retseptor asosini qamrab olgan afferent 
tola oxirida sinaps hosil qilgan. 
Ikkinchi  turdagi  tukli  hujayralar  ham  afferent,  ham  efferent  tolalar  bilan  sinapslar 
orqali  bevosita  bog‘langan.  Ikkala  turdagi  retseptor  hujayralarning  uchi  tuklarga 
(kiprikchalarga)  ega.  Elektron  mikroskop  yordamida  har  qaysi  hujayraning  60—80 
stereotsiliyasi va bir dona kinosiliyasi borligini ko'rish mumkin. 
Retseptor 
va 
tayanch 
hujayralardan 
tashkil 
topgan 
epitelial 
qavatni 
mukopolisaxaridlardan  iborat  shilimshiq  massa  —  kapula  qoplab  turadi.  Kapula 
ampulani toidirgan. Tezlashish tufayli yuzaga chiqqan endolimfa harakati bu massaning 
siljishiga,  unga  botgan  tuklarning  egilishiga  olib  keladi.  Tuklar  egilib,  retseptor 
hujayralarni  qo'zgatadi  yoki  tormozlaydi.  Sakkulyus  va  utrikulyusning  dog‘larda 
(makulalarida)  ham  ikki  turdagi  tukli  retseptor  hujayralar  bo`ladi.  Bu  retseptorlarni 
kalsiy  tuzlaridan  hosil  bo`lgan  kristallarni  —  otolitlarni  —  o‗z  ichiga  qamrab  olgan 
jelatinasimon  otolit  membrana  bosib  turadi,  Yerning  Gravitatsiya  maydonida  tana 
holatining  o'zgarishi  otolit  membrananing  siljishiga,  retseptor  hujayralar  tuk  larining 


 
 
265 
 
egilishiga va ulardan markazga intiluvchi impulslar soni ortishiga yoki kamayishiga olib 
keladi. 
Demak,  utrikulyus  malekulasi  gravitatsiya  maydoniga  nisbatan  tana  holati 
o

zgarishlarini sezadi Sakkulyus makulasi utrikulyusga bu ishda yordam beradi, bundan 
tashqari,  tebranishlarni  (vibratsiyani)  sezadi.  O‘zaro  peфendikulyar  tekislikdagi  uchta 
yarim,  doira  kanallar  ampulalaridagi  retseptorlar  burchak  tezlanishlar  ta‘siriga  javob 
beradi. 
Tukli  hujayralarning  adekvat  ta‘sirotlarga  javobi  qanday  bo`lishi  tuklarning  egilish 
tomoniga  bog‘liq.Agar  tuklarning  egilishi  kinotsilva  tomoniga  qaratilgan  bo‗lsa, 
retseptor hujayralarning impuls faolligi ortadi. 
Tuklar tutami, aksincha, stereotsiliyalar tomoniga egilsa, retseptoming impulslar hosil 
qilishdagi faolligi susayadi. 

Otolit  apparatdagi  retseptorlarning  fazoni  egallagan  holatida  farq  bor.  Ba‘zi  tukli 
hujayralarning  kinosiliyasi  stereotsiliyalardan  chapda  bo`lsa,  ba‘zilarida  o

ngda  bo`ladi. 
Shuning  uchun  ham  otolit  membrananing  siljishi  bir  retseptorlarni  qo

zg

atsa, 
boshqalarini ayni vaqtda tormozlaydi. 
Otolit  apparat  retseptorlari  2—20  sm/s  ga  teng  tezla-  nishni  sezishga  imkon  beradi. 
Ampula  kristasidagi  retseptorlar  esa  boshning  chap  va  o

ng  tomonlarga  1° 
engashtirilganini, orqa va oldinga 1,5—2,0° engashtirilganini sezishni ta‘minlaydi. Tukli 
hujayralardan  impulslarni  MNT  ga  o‗tkazuvchi  aksonlar  vestabulyar  nervni  (bosh 
chanoq VIII —juft nervning qismi) hosil qiladi. Bu nerv uzunchoq miyadagi vestibulyar 
yadrolarda tugaydi, Uzunchoq miyaning chap va o

ng yarmida yuqori, medial, lateral va 
pastki  yadrolar  tafovut  qilinadi.  Bu  yadrolardan  chiqqan  nerv  tolalari  ularni  markaziy 
nerv tizimining boshqa qismlari bilan bogiaydi. Vestibulospinal yol tolalari asosan yozuv 
muskullarining  gamma-motoneyronlarda,  qisman  alfa-moto  neyronlarda  tugaydi.  Bu 
yolning  bo

yin  muskullari  faoliyatini  boshqaruvchi  motoneyronlarga  ta‘siri  statik  va 
stato-kinetik reflekslarni yuzaga chiqishida muhim ahamiyatga ega. 
Vestibulyar  yadrolar  ko
`
zni  harakatlantiruvchi  nerv  yadrosi  miyacha,  to

rsimon 
formatsiya, gipotalamus, talamus orqali miya po'stlog‘i bilan ham bog`langan. 
Vestibulyar tizimning shikastlanishini harakatlar boshqaruvming buzilishi va bir qator 
vegetativ o

zgarishlarga (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, terlash va h. k.) sabab bo`ladi. 

Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   353




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish