1.2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy
topshiriqlardan foydalanishning holati
Ushbu paragrafda boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy
topshiriqlardan foydalanishni tizim sifatida qarab, ijodiy topshiriqlarning o’ziga
xos tomonlarini ajratishga, maktab o’qituvchilarining kompyuterli ijodiy
topshiriqlarni tatbiq etish to’g’risidagi fikrlarini inobatga olib, darsliklarni metodik
tahlil qilishga harakat qilamiz.
19
Dastlab so’rovnoma natijalarini keltiramiz. Boshlang’ich sinf matematika
darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish muammosi yuzasidan 32
ta boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 120 nafar boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bakalavr bitiruvchisi, 164 nafar boshlang’ich (III-IV) sinf o’quvchisi bilan
so’rovnoma ishlarini olib bordik. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi va boshlang’ich
ta’lim yo’nalishi talabalari uchun har birida 10 ta savol bo’lgan so’rovnoma tuzildi.
«Siz ijodiy topshiriq deganda nimani tushunasiz?» deb berilgan savolga
so’rovnomada ishtirok etgan boshlang’ich sinf o’qituvchilari va talabalarning 58%
i «o’quvchi tomonidan misol, masalalar tuzish va uni yechish», «mantiqiy
topshiriq», «o’quvchi tomonidan ular uchun biror «yangilik»ka olib keluvchi
topshiriq» degan javoblarni keltirishgan, 42% o’qituvchi-talabalar bu savolga
umuman javob berishmagan.
“Siz kompyuterli ijodiy topshiriqlar deganda nimani tushunasiz?” degan
savolga 24% o’qituvchi va talabalar kopyuter yordamida bajariladigan ijodiy
mazmundagi o’quv topshiriqlar deb, javob berishdi. 58% o’qituvchi va talabalar
kompyuterda bajariladigan mashqlar deb aytishdi. 18% o’qituvchi va talabalar esa,
bu savolga umuman javob berishmadi.
«Siz «mustaqil ish» va «ijodiy ish»ni qanday farqlaysiz?» degan savolga
«Ijodiy ish bilan mustaqil ish bir narsa» (68%), «Ijodiy ish bu mustaqil ishning bir
ko’rinishi» (22%), ««Ijodiy ish» va «mustaqil ish»lar boshqa-boshqa tushunchalar
bo’lib, ijodiy ish bu o’quvchi tomonidan bajariladigan shunday faoliyat usuliki,
unda biror «yangi»lik o’quvchi tomonidan yaratiladi, mustaqil ishda o’quvchi
undagi bilim, malakaga tayanib misol va masalalarni mustaqil bajaradi» (10%) deb
javob qilishgan.
«Siz ish tajribangizda kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanasizmi?»
degan savolga (42%) «ha» deb javob qilishgan.
«Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlar
tizimi deganda nimani tushunasiz?» degan so’rovnoma savoliga ko’pchilik javob
berolmagan (85%), ayrim o’qituvchilar «kopyuterli ijodiy topshiriqlar ketma-
ketligi» deb javob berishgan (15%).
20
«Ish faoliyatingizda matematikadan ijodiy topshiriqlarning qanday turlaridan
foydalanasiz? (Nomini yozing!)» degan savolga «Misollar tuzish», «Mantiqiy
masalalar», «Qiziqarli kvadratlar», «Geometrik shakllar tuzish» kabi ijodiy
topshiriq nomlarini keltirishgan.
«Boshlang’ich sinf darsliklaridagi topshiriqlar sizni qanoatlantiradimi?»
degan savolga ko’pchilik o’qituvchi va talabalar «ha, qanoatlantiradi» (83%) deb
javob berishdi, ba’zi o’qituvchilar «yo’q, ayrim darslikdagi topshiriqlarni qayta
ko’rib chiqib, uni ijodiy topshiriq shakliga keltirish kerak» (16%) deb javob
qilishgan.
«Kompyuterli ijodiy topshiriqlarni o’quvchilaringiz qay tarzda bajarishadi?
O’quvchilaringiz bunday topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelganini
sezganmisiz?» degan savolga ko’pchilik o’qituvchilar «qiziqib bajarishadi» deb
javob qaytarishgan (qariyb 80%). Ammo savolning ikkinchi qismiga atigi 12%
o’qituvchilar o’quvchilari tomonidan ijodiy topshiriqlarni bajarishda yo’l qo’yilgan
xatolar sababi haqida o’z fikrlarini bildirishgan.
«Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan
foydalanishning afzalliklari nimada?» degan savolga ko’pchilik boshlang’ich sinf
o’qituvchilari «o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatadi» (81%) deb javob
berishgan.
«Kompyuterli ijodiy topshiriqlar bo’yicha takliflaringizni qayd qiling» degan
so’rovnoma bandida ko’pchilik o’qituvchilar «yo’q» deb javob qilishgan (74%).
Ayrim o’qituvchilar «kompyuterli ijodiy topshiriqlarni bajarishga oid uslubiy
tavsiyalar, ishlanmalar kam, o’qituvchi va o’quvchilar uchun ijodiy topshiriqlarni
bajarishga oid tavsiyanomalar tayyorlansa» (18%), «ko’proq o’quvchini ijodiy
ishlashga o’rgatish kerak» «o’quvchi ijodkorligini oshirish uchun o’qituvchi
qo’shimcha materiallar tayyorlab kelishi kerak» mazmundagi javoblar (8%)
keltirishgan.
Kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarni o’quvchilar qay tarzda
bajarishlari, bunday topshiriqlarga nisbatan munosabatlarini bilish maqsadida
Buxoro shahridagi 6-, 15-, 23-, 31-son, boshlang’ich 3-4-sinf o’quvchilari bilan
21
so’rovnomalar o’tkazdik. So’rovnoma boshida o’quvchilarga «mustaqil ish»,
«ijodiy topshiriq» “kompyuterli ijodiy topshiriq” atamalari ma’nolarini
tushuntirdik. So’rovnomaga ishtirok etuvchi o’quvchilarning ko’pchiligi (qariyb
90%) «mustaqil ish», «kompyuterli ijodiy topshiriqlarni bajarish» ni yoqtirishini
bildirishdi.
«Darsning qaysi paytida ijodiy ish berilishini xohlaysiz?» degan savolga
ayrim o’quvchilar «dars boshida» (24%), ayrim o’quvchilar «dars oxirida» (17%),
ko’pchilik o’quvchilar «dars o’rtasida yoki mavzuni o’rganib bo’lgandan so’ng»
(59%) deb javob qaytarishdi.
«Matematika darsliklarida berilgan ijodiy topshiriqlardan qaysi birini bajarish
siz uchun samarali hisoblanadi?» degan savolga «misol va masalalar tuzish»
(27%), «masalani turli usullarda yechish» (12%), «tushirib qoldirilgan sonlar, amal
ishoralari, qavslarni to’g’ri qo’yib misollarni yechish» (19%), «geometrik shakllar
yordamida turlicha naqshlar yasash» (22%) deb javob berishgan.
«O’zingiz qanday ijodiy topshiriqlar tuza olasiz?» degan savolga ayrim
o’quvchilar «Masala tuzaman», «Misol tuzaman», «Geometrik figuralardan
naqshlar yasab bilaman» degan javoblarni berishdi (qariyb 40%). Ko’pchilik
o’quvchilar bu savolga javob berishga qiynalishdi (60% dan ortiq).
«Kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarning afzalliklari nimada?»
degan savolga o’quvchilar «matematikaga bo’lgan qiziqishni orttiradi» (28%),
«ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatadi» (33%) deb javob qilishgan. Ushbu savolga
javob bermagan o’quvchilar ham bor (39%).
O’tkazilgan so’rovnomalardan shu narsa ayon bo’ldiki, ko’pchilik
boshlang’ich sinf o’qituvchilari matematikadan o’quvchilarning ijodiy ishlari
mohiyatini yetarlicha tushunmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari esa ijodiy
topshiriqlarni bajarishni yoqtiradilar.
Matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish
bo’yicha
mavjud
tajribani
o’rganish
va
umumlashtirish
maqsadida
o’qituvchilarning darslari kuzatilib, yozib olindi. Darslarni kuzatish va qayd etish
jarayonida quyidagi savollarga javob izlandi: dars maqsadiga mos kompyuterli
22
ijodiy topshiriqlarning tanlanganligi; ijodiy o’quv topshiriqlarining mazmuni,
ijodiy topshiriqlarning o’quv materialining mazmuniga mosligi, o’quvchilarning
real o’quv imkoniyatlariga muvofiqligi; u yoki bu ijodiy ishning o’quv
topshiriqlari tizimidagi o’rni; kompyuterli ijodiy topshiriqlarning matematika dars
turi, bosqichlari bilan aloqadorligi, topshiriqlarni bajarishda foydalaniladigan
usullar, oldin o’rganilgan bilim va faoliyat usullarini qo’llash, yangi bilim va
faoliyat usullarini qayd qilish vositalari; o’quv topshiriqlarining o’quv materiali
mazmunini to’liq o’zlashtirish talablariga javob bera olishi; kompyuterli ijodiy
mazmundagi o’quv topshiriqlarining o’quvchi mustaqil ishlashiga ta’siri va sh.k.
Matematika darslarini kuzatish va qayd qilishda L.N.Skatkin tasnifini asos
qilib oldik. Bu tasnifga binoan, birinchi dars turi «yangi tushuncha bilan tanishish
va malakalarni egallash» deb yuritiladi.
Dastlabki darsning tarkibi quyidagilardan iborat: 1) uyga berilgan vazifani
tekshirish (agar uy vazifasi o’quvchilarni yangi materialni o’rganishga
tayyorlovchi topshiriqni o’z ichiga olgan bo’lsa, bu tekshirish, ayniqsa, zarur); 2)
o’quvchilarga darsning maqsadini yetkazish; 3) yangi materialni o’rganishga
tayyorlash; 4) yangi materialni o’rganish; 5) yangi materialni dastlabki
mustahkamlash; 6) yakunlash va uyga vazifa berish. O’quvchilarni yangi
tushuncha bilan tanishtirish, yangi bilim va malakalarni egallashga oid dars turi
bo’yicha 12 ta mashg’ulot kuzatilib, ularda hammasi bo’lib 26 ta kompyuterli
ijodiy mazmundagi o’quv topshirig’idan foydalanilganligi aniqlandi.
Kuzatishlar ko’rsatadiki, o’quvchilarni yangi tushuncha bilan tanishtirish,
yangi bilim va malakalarni egallash darslarida o’qituvchi faol bo’lib, o’quvchi
ta’lim jarayonining «ob’ekti» bo’lib qolmoqda. Vaholanki, o’quvchini ta’lim
jarayoni «sub’ekti» sifatida qarashni bugungi kunda didakt olimlar isbotlashgan.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining 2-turi turli xildagi mashqlar
yordamida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash darslaridir. Bunday
darslarning
asosiy
qismlari
ilgari
olingan
bilimlarni
mustahkamlashga
yo’naltirilgan bo’ladi.
23
«Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustahkamlash darslarining tarkibi taxminan
quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) Dars maqsadini qo’yish; 2) Uy vazifasini
tekshirish va o’rganilgan materialni mashqlar, amaliy, laboratoriya ishlari va
mustaqil ishlar yordamida mustahkamlash; 3) Darsni yakunlash va uyga vazifa
berish».
2-dars tipi bo’yicha 18 ta dars kuzatildi. Kuzatilgan darslarda, asosan,
darslikdagi topshiriqlarni bajarish ishlari olib borildi. Dars bilim, malaka va
ko’nikmalarni mustahkamlash bo’lgani sababli kuzatilgan darslarning
ko’pchiligida (82%) o’qituvchilar darslikdagi o’quv topshiriqlari bilan
chegaralanib, xotiraga mo’ljallangan topshiriqlarni bajarishdi. Kuzatilgan
darslarning ikkinchi bosqichida o’quvchilarning kompyuterli ijodiy mazmundagi
34 ta topshiriqni bajarishlarining guvohi bo’ldik.
Amaliyotda o’qituvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash
darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan nihoyatda oz foydalanishyapti,
vaholanki, bu dars turida o’quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etish va uni
o’tkazish uchun keng imkoniyat bor.
Boshlang’ich sinf matematika darslaridan yana biri – o’tilganlarni takrorlash,
umumlashtirish va tizimga solish darslari. Bunday darslarda o’quvchilarning
o’tilgan mavzular yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalari mustahkamlanib,
tushuncha darajasida o’zlashtiriladi. Boshlang’ich sinflarda matematikadan
takrorlash darslari bilan mustahkamlash darslari ko’p jihatdan o’xshash bo’lgani
sababli aksariyat o’qituvchilar ularni bir-biridan farqlashga qiynalishadi. Odatda
ba’zi qoida va qonunlar bevosita yangi materialni o’tib bo’linishi bilan
mustahkamlanadi. Mustahkamlash vaqtida dastlabki ko’nikma va malakalar
shakllanadi. Takrorlash darslarida esa, asosan, o’quv materiali tizimga solinadi va
umumlashtiriladi.
O’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darslarida ikki yoki
undan ortiq mavzuga oid dalillarni o’zaro taqqoslash; tegishli xulosalar chiqarish;
chiqarilgan xulosalarni aytilgan o’quv holatlariga tatbiq qilish kabi bosqichlarga
24
e’tibor berilishi shart. Tajribada ayrim o’qituvchilar bunday ta’lim bosqichlariga
e’tibor bermaganini kuzatdik. Kuzatilgan 12 ta dars mashg’ulotlarida o’quvchilar
15 ta kompyuterli ijodiy topshiriqni bajarishdi.
Amaliyotda o’qituvchilar takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish
darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni faqatgina darsning turli xildagi
topshiriqlar yordamida o’tilganlarni takrorlash bosqichida bajarishadi, darsning
qolgan bosqichlarida ijodiy ishlarning tashkil qilinmaganligi o’quvchi ijodiy
faoliyatini o’stirishda yaxshi natija bermaydi. Takrorlash, umumlashtirish va
tizimga solish darslarining turli bosqichlarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan
tizimli ravishda foydalanish ta’lim samaradorligi oshishi uchun muhim vosita
bo’ladi.
Darsda kompyuterli ijodiy topshiriqlardan unumli foydalanishda o’qituvchilar
bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar: a) dars maqsadlari, dars turlari
bosqichlariga oid kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tanlash; b) kompyuterli ijodiy
topshiriqlarni bajarish uchun vaqt ajratish; v) kompyuterli ijodiy topshiriqlarning
dars materialiga mosligi; g) bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun
foydalanadigan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tuza bilish; d)
o’quvchilarning yosh, individual xususiyatlari, real o’quv imkoniyatlariga mos
kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarni aniqlab olish; ye) o’quvchi o’quv-
biluv faoliyatini tashkil qilish shakllaridan umumsinf, guruh va yakka ishlar
mutanosibligini ta’minlashda kompyuterli ijodiy topshiriqlarning ahamiyatini
aniqlab bilish kabi masalalar shular jumlasidandir.
Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarning ta’limga tatbiq etilish
holatini aniqlash maqsadida matematika darsliklari ham tahlil qilindi. Bugungi
kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matematikadan 1- va 2-sinflar uchun
ayrim mavzularni o’tish yuzasidan multimedion dasturlar va o’quv qo’llanmalari
yaratilgani quvonarli hol. Ammo 3-4-sinf matematika faniga oid alohida
multimedion dastur va darsliklar ishlab chiqilmagan.
Fikrimizcha, darsliklarni takomillashtirish uchun har bir mavzu maqsadidan
kelib chiqqan holda darsliklardagi o’quvchi tafakkurini rivojlantirishga
25
mo’ljallangan kompyuterli ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlari salmog’ini
oshirish, ularni ma’lum tizim asosida osondan qiyinga, soddadan murakkabga
o’tish tamoyiliga rioya qilgan holda bayon qilishni ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |