Boshlang’ich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish


II.  Misol  va  masalalarni  biror  belgisiga  ko’ra  sinflarga  ajratishga  doir



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana21.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#153031
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
boshlangich sinflar uchun matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish

II.  Misol  va  masalalarni  biror  belgisiga  ko’ra  sinflarga  ajratishga  doir  

topshiriqlar. 

Ularni mazmuni va tuzilishiga ko’ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:  

 

1. Topshiriqlarni javobiga qarab sinflarga ajratishga doir topshiriqlar 



 

2. Sonlar qatoridagi qonuniyatni topishga doir topshiriqlar 

 

3. Bajarilayotgan misolda qonuniyatni topishga doir topshiriqlar 



 

4.Kombinatorik  xarakterdagi masala-topshiriqlar 

Bunday  topshiriqlar  boshlang’ich  sinf  matematika  darsliklaridan  yetarlicha 

o’rin olgan, ammo ular tizimli joylashtirilmagan. 

1) Topshiriqlarni javobiga qarab sinflarga ajratishga doir topshiriqlar. 

Mazkur topshiriqlar jumlasiga misol va masalalarni berilgan javoblariga qarab 

ma’lum sinflarga ajratish; berilgan ifodalar ichidan javobi bir xil bo’lgan ifodalarni 

topish;  ifodaga  mos  javoblar  topib,  ularni  chiziqlar  bilan  bir-biriga  mos  qo’yish 

kabi topshiriqlarni kiritish mumkin.  



 

28 


2) Sonlar qatoridagi qonuniyatni topishga doir topshiriqlar. 

Bunday  topshiriqlar  o’quvchining  mustaqil  fikrlash  doirasini  kengaytiradi. 

Aqliy  bilish  operatsiyalari  –  analiz,  sintez,  umumlashtirish,  taqqoslash, 

konkretlashtirish, abstraktlashtirish kabilarni o’quvchida mujassam bo’lishiga olib 

keladi. 

Sonlar  qatoridagi  qonuniyatni  topishga  doir  topshiriqlar  ko’pincha  natural 

sonlarni  raqamlash  mavzusini  o’rganish  va  uni  mustahkamlash  darslarida 

o’rganilishi  yaxshi  samara  beradi.  Albatta,  matematika  darslarida  bunday 

topshiriqlarni ma’lum tizim asosida o’rganib borilishi o’quvchi ijodiy faoliyatining 

tarkib topishiga xizmat qiladi. 

100  ichida  sonlarni  raqamlashga  doir  o’quvchilar  bilimini  mustahkamlash 

maqsadida quyidagi topshiriqni berish mumkin. 

Topshiriq:  Bir  xil  raqamlardan  tuzilgan  barcha  ikki  xonali  sonlarni  o’sib 

borish tartibida yozing. Sondagi raqamlar nimani ifodalaydi? 

3) Bajarilayotgan misolda qonuniyatni topishga doir topshiriqlar. 

Boshlang’ich  sinfdanoq  o’quvchilarni  misol  bajarish  jarayonida  qandaydir 

qonuniyatni  aniqlash,  umumiylikni  bilish,  tegishli  hukm  va  xulosa  chiqarishga 

o’rgatish keyingi davr ta’lim tizimida katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchini har bir 

topshiriqqa  jiddiy  yondashib,  tirishqoqlik  bilan  bajarib,  undan  tegishli  xulosalar 

qilishga o’rgatib borish zarur. 

Bunday  mazmundagi  o’quv  topshiriqlari  bilan  o’quvchini  I  sinfdan  tizimli 

tarzda  tanishtirib  borish  yaxshi  samara  beradi.  Quyidagi  topshiriqlar  o’quvchi 

ijodiy faoliyatini oshirishga qaratilgan bo’lib, ularni bajarish natijasida o’quvchida 

maqsadga intilish, qonuniyatni aniqlash, tegishli xulosa chiqara olish kabi xislatlar 

tarbiyalanadi. 

Topshiriq:  1+1;  1+2;  2+2;  3+2;  3+3;  4+1;  4+2;  3+1;  4+4;  5+2.  Qo’shishga 

doir  bu  misollardan  qo’shiluvchilari  bir  xil  sonlardan  tashkil  topgan  misollarni 

ajratib olib yeching. Javoblarni taqqoslang. 




 

29 


1+1=2;  2+2=4;  3+3=6;  4+4=8.  Har  bir  keyingi  misol  javobi  oldingi  misol 

javobidan 2 taga oshyapti, chunki har bir qo’shiluvchi 1 tadan oshganda, yig’indi 2 

taga oshadi. 

4) Kombinatorik xarakterdagi masala-topshiriqlar. 

Hayotda  shunday  masalalarga  duch  kelinadiki,  unda  u  yoki  bu  chekli 

to’plamning  to’plam  ostilarini  qarashga  to’g’ri  keladi.  Masalan,  shaxmatchining 

qulay  «yurish»ni  tanlashi;  shofyorning  qulay  yo’lni  tanlashi;  o’quvchining 

topshiriqni  bajarishda  qulay  usulni  tanlashi  kabi  masalalar  shular  jumlasidandir. 

Bunday  masalalar  kombinatorik  masalalar  bo’ladi.  Kombinatorik  mazmundagi 

masala-topshiriqlarni bajarishda o’quvchi kombinatorikaning ikki qoidasi: yig’indi 

qoidasi  va  ko’paytma  qoidasiga  asoslanadi.  Yig’indi  qoidasi  chekli  to’plamlar 

birlashmasidagi  elementlar  sonini  topishni,  ko’paytma  qoidasi  to’plamlar  dekart 

ko’paytmasidagi elementlar sonini topishni ifodalaydi. 

Boshlang’ich  sinf  matematika  darsliklarida  kombinatorikaga  oid  masalalar 

mavjud,  ammo  ular  tizimli  tarzda  ifodalanmagan.  Ko’pgina  topshiriqlar  yig’indi 

qoidasiga  asoslangan  masalalardir.  Shu  bilan  birga,  o’rinlashtirishlar,  o’rin 

almashtirishlar va guruhlashga doir ayrim o’quv topshiriqlari ham keltirilgan. 

I  sinfdan  boshlab  o’quvchilarni  kombinatorik  masala-topshiriqlar  bilan 

tanishtirish  matematika  ta’limi  samaradorligini  oshirishga  xizmat  qiladi. 

O’quvchiga  «kombinatorik  masala»,  «kombinatorik  topshiriq»  degan  atamalarni 

ishlatmay, dastlab «yig’indini topishga doir sodda masalalar»ni yechish jarayonida 

kombinatorikaning  yig’indi  qoidasini  qo’llab  topshiriqlar  bajartiriladi.  Tartib 

raqamlari  bilan  tanishtirish  jarayonida  o’quvchilar  o’rin  almashtirishlar 

tushunchasiga tayyorlanadi. Shu mavzuga o’tish paytida «Mening o’rnim qaerda?» 

degan o’yin tashkil qilinib, musobaqada ishtirok etuvchi 1-, 2-, 3-o’quvchiga 1-,2-

,3-o’rinlarni qanday taqsimlash mumkinligini amaliy, ya’ni o’quvchilarning o’zlari 

ishtirokida  ko’rsatilsa,  o’quvchilar  kichikroq  sondagi  chekli  o’rin  almashtirishlar 

sonini topadigan bo’lishadi.  

Kombinatorika  tushunchalaridan  yana  biri  –  bu  guruhlashdir.  Guruhlash 

deganda  berilgan  chekli  to’plam  elementlaridan  tuzilgan  to’plam  ostilar 




 

30 


tushuniladi.  Boshlang’ich  sinf  o’quvchisini  berilgan  to’plam  elementlaridan 

to’plam  ostilarni  tuzishga  doir  topshiriqlar  bilan  tanishtirib  borish  orqali  ularda 

mustaqil  fikrlash  ko’nikmasi  tarkib  topishi,  kombinatorik  mazmundagi 

topshiriqlarni  to’g’ri  va  to’liq  bajarish  malakasi  hosil  bo’lishini  tajriba 

ko’rsatmoqda. 

I sinf o’quvchisiga stol ustidagi 3 ta «Damas», «Tiko», «Neksiya» o’yinchoq 

mashinadan  2  tasini  ajratib  olishini  so’raganda,  o’quvchi  turli  variantlarni 

ko’rsatadi: 1)  «Tiko»,  «Damas»; 2)  «Tiko»,  «Neksiya»; 3)  «Damas»,  «Neksiya». 

To’rtta  turli  xil  rangdagi  (sariq,  yashil,  qizil,  ko’k)  kubchalardan  2  ta  kubchani 

ajratish  so’ralsa,  o’quvchi  amaliy  tarzda  kubchalarni  ajratib  ko’rsatadi.  Bunday 

o’quv  topshiriqlari  o’quvchini  berilgan  to’plam  elementlaridan  ma’lum 

qonuniyatga asoslangan to’plam ostilarni ajrata bilishga o’rgatadi. 

Kombinatorik  mazmundagi  topshiriqlarni  bajarishda  o’qituvchidan  katta 

mas’uliyat  talab  qilinadi.  Birinchidan,  berilgan  topshiriqning  kombinatorik 

topshiriq  ekanligini  aniqlash;  ikkinchidan,  kombinatorik  topshiriqlarning  qanday 

turiga  mansubligini  bilish:  (o’rinlashtirish,  o’rin  almashtirish,  guruhlash); 

uchinchidan,  topshiriqning  natijasini  bilish  (kombinatorikaga  oid  formulalardan 

foydalanib);  to’rtinchidan,  o’quvchi  tomonidan  kombinatorik  topshiriqning 

bajarilishini nazorat qilish. 

Umuman,  misol  va  masalalarni  biror  belgisiga  ko’ra  sinflarga  ajratishga  oid 

o’quv  topshiriqlari  keng  qamrovli  bo’lib,  boshlang’ich  sinfning  deyarli  har  bir 

tushunchasini  o’rganish  jarayonida  qo’llanishi  mumkin.  Bunday  o’quv 

topshiriqlarini  bajarish  natijasida  boshlang’ich  sinf  o’quvchisida  mustaqil  fikr 

yuritish ko’nikmasi tarkib topib, o’quvchining ijodiy faoliyati oshadi. 




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish