II BOB. BOSHLANG’ICH SINF UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA
KOMPYUTERLI IJODIY TOPSHIRIQLARNI TADBIQ ETISHNING
METODIK ASOSLARI
2.1. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan ijodiy
topshiriqlar tasnifi
Metodik adabiyotlarni o’rganish, ilg’or pedagogik tajribalarni tahlil qilish,
boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish sharoitida ijodiy topshiriqlarning
quyidagi turlarini ajratish lozimligini tasdiqladi.
I. O’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish hamda ularni
o’zgartirishga doir topshiriqlar.
Bunday o’quv topshiriqlarini bajarishda o’quvchilar misollar mazmuni ustida
o’ylash va nazariy savollarga javob izlashga majbur bo’ladilar. Bu xil
topshiriqlarning muhim xususiyatlaridan biri o’quvchini mustaqil fikrlash, izlanish,
ishga ijodiy yondashishga undaydi.
1-sinfning I choragidan o’quvchilarni …+…=…, …–…=… ko’rinishdagi
sxemalar asosida misollar tuzishga o’rgatib borish lozim. O’quvchida son tarkibi,
natural sonlarning hosil bo’lishi, jadvalli qo’shish va ayirish to’g’risida bilim,
malakalar hosil qilishda bunday ish yaxshi samara beradi. Raqamli
kartochkalardan foydalanib, misollar tuzishga oid quyidagi topshiriqlarni
o’quvchilarga havola qilish mumkin:
1. Javobi 5, 7, 8, 9, 10 bo’ladigan qo’shish va ayirishga doir misollar tuzing.
2. Javobi 2, 4, 6, 8, 10 bo’ladigan bir xil qo’shiluvchilardan tuzilgan
qo’shishga doir misollar tuzing.
3. Ikkinchi qo’shiluvchi 1 ga teng, birinchi qo’shiluvchi o’rniga turli
raqamlarni qo’yib, misollar tuzing. Qanday qonuniyatni ko’ryapsiz?
4. 7+…=10, …+3=10 misolni bo’sh o’rinni to’ldirgan holda yozib oling.
YOzilgan misollarni taqqoslang. Nimani kuzatdingiz?
Bunday topshiriqlarni bajarish orqali, birinchidan, o’quvchi jadvalli
qo’shishni bilgan holda misolni bajaradi, ikkinchidan, qo’shish amali
27
komponentlarini eslaydi, misollarni taqqoslaydi, uchinchidan, “qo’shiluvchilarning
o’rnini almashtirganda yig’indi o’zgarmaydi” degan qo’shish amalining o’rin
almashtirish xossasini keltirib chiqaradi. Quyidagi topshiriqni 3-sinf o’quvchilari
qiziqish bilan bajarishadi:
5. Misol to’g’ri yechilgan bo’lishi uchun nuqtalar o’rniga qanday raqamni
qo’yish kerak?
…2+433=775
…6+6=…2
3…2-115=197
27+…=…0
Ushbu topshiriqlardan 1-ustundagilari bir yechimli, 2-ustundagilari esa ko’p
yechimlidir.
Misol tuzish o’quv topshiriqlarini boshlang’ich ta’limning barcha sinflarida
ma’lum ketma-ketlikda bajartirish o’quvchida o’quv materiali bo’yicha chuqur
bilim, malaka hosil qilinishi bilan birga unda ijodiy faoliyatning rivojlanishiga ham
yordam beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil masala tuzishga o’rgatish orqali
ularning mantiqiy fikrlashlari, matematika faniga bo’lgan qiziqishlari ortadi,
matematik nutqi o’sadi, ijodiy faoliyat shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |