Moliyaviy faoliyatning ajralmas qismi hisoblangan budjet nazoratiga
qonuniylik, rejalilik, tizimlilik, uzluksizlik, samaralilik, oshkoralik, mustaqillik,
ob’ektivlik va layoqatlilik printsiplari xosdir.
Qonuniylik prinsipi Konstitutsiya bilan belgilangan bo’lib, davlat va
uning barcha organlari (shu jumladan nazorat organlari) qonunga muvofiq
faoliyat yuritishini, jamiyat va fuqarorlarning manfaatlari himoya qilinishiini
ta’minlashini nazarda tutadi va pul mablag’lari jamg’armalarining yaratilishi,
taqsimlanishi va ulardan foydalanish jarayoni moliya va budjet qonunchiligi
normalari bilan mufassal tartibga solinishida namoyon bo’ladi.
Rejalilik prinsipi davlatning moliyaviy faoliyati moliya-reja hujjatlari
(davlat budjeti, mahalliy budjetlar, davlatning budjetdan tashqari jamg’armalari
budjetlari, budjet tashkilotlari smetalari, davlat korxonalarining daromadlar va
xarajatlar balansi) tizimiga asoslanganini anglatadi, ularni tuzish, tasdiqlash, ijro
etish tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Tizimlilik prinsipi nazorat tadbirlarini o’tkazishda nazorat ob’ek-tining
barcha tomonlari va uning o’zaro aloqalari vertikal va gorizontal boshqaruv
tizimlari bo’yicha ko’rib chiqilishini nazarda tutadi.
Uzluksizlik prinsipi barcha nazorat ob’ektlari (boshqariladigan tizim)
nazorat sub’ektlari (tizimni boshqaruvchilar) tomonidan doimiy ravishda amalga
oshiriladigan dastlabki operativ va davriy nazorat, ularning faoliyatlari shartlari va
xususiyatlaridan kelib chiqib belgilangan muddatlarda nazorat ostida bo’lishini
anglatadi. Bu rejalar va vazifalarning bajarilishi ustidan doimiy kuzatishni,
belgilangan ko’rsatkichlardan og’ishlar aniqlanganda faoliyatga tuzatishlar kiritish
choralari ko’rilishini ta’minlaydi.
Nazoratning samaraliligi prinsipi moliya-xo’jalik faoliyatidagi me’yordan
og’ishlarni va ularning sabablarini o’z vaqtida va to’liq aniqlashda, shuningdek
yuz bergan salbiy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish va etkazilgan moddiy
zararni o’z vaqtida qoplashda namoyon bo’ladi.
Oshkoralik prinsipi jamiyat e’tiboriga ommaviy axborot agentligi orqali
turli moliyaviy-reja hujjatlari loyihalarini, ularning ijrosi bo’yicha berilgan
hisobotlarni, moliyaviy faoliyatni tekshirish va taftish qilish natijalari mazmunini
etkazishda namoyon bo’ladi.
Mustaqillik prinsipi nazorat qiluvchi organning moliyaviy mustaqilligini,
nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlari parlamentnikiga nisbatan
uzunligini, ularning maqomi Konstitutsiya bilan belgilanganligini ko’rsatadi.
Ob’ektivlik va layoqatlilik (kompetentlik) prinsipi nazorat natijalari,
tekshirilgan faktlarning mazmuni qonunlar, yo’riqnomalar va mansabdor
shaxslarning faoliyatini nazorat qilishni tartibga soluvchi boshqaruv organlarining
farmoyishlari bilan solishtirish asosida to’g’ri, to’liq va ob’ektiv tushuntirilishini
nazarda tutadi. Bu printsip nazoratchi-taftishchilar kasbiy mahoratining
yuqoriligini va ular amaldagi qonun hujjatlariga to’liq rioya qilishlarini taqozo
etadi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: