8-BOB. DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI
8.1.Davlat moliyaviy nazorati
1. Davlat moliyaviy nazoratiningmazmuni, vazifalarivaahamiyati.
Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari.
Davlat moliyaviy nazoratitegishli davlat hokimiyati organlarining hamda
mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining davlat moliyaviy resurslarining
shakllanishi, taqsimlanishi, maqsadga muvofiq va samarali ishlatilishi ustidan,
shuningdek, davlat va mahalliy mulkdan qonuniy asosda foydalanish ustidan
nazorat qilish yuzasidan moliyaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan
maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’ektlar
faoliyatidagi kamchiliklarni topish va mansabdor shaxslarni jazolashdan iborat
bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik,
ogohlantirishdan iboratdir.
Davlat moliyaviy nazorati budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining
moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish
va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat
moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan
nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.
Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirishga:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining:
davlat moliyaviy nazorat organiga budjet to’g’risidagi qonun hujjatlari
buzilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat
moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat
organlaridir.
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining
daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida
davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat
miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo’lgan ixtisoslashgan davlat nazorat organlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat moliyaviy nazoratining asosini budjet nazorati tashkil qiladi.
Budjet nazoratibarcha darajadagi budjetlarning, davlatning budjetdan tashqari
fondlarining shakllanishi, davlat moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga
muvofiq ishlatilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Nazoratning bu turini
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, uning qoshidagi Nazorat-taftish
boshqarmasi, Moliya vazirligi G’aznachiligi kabi ixtisoslashgan operativ
boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.
Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat
turlarini qamrab oladi:
byudjet nazorati
- valyuta nazorati
- soliq nazorati
- bojxona nazorati
- pul muomalasi nazorati
Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy tangliklar va moliyaviy-
iqtisodiy inqirozlar sharoitida budjet nazoratining ahamiyati o’sib boradi va
yangicha mazmun kasb etadi.
Budjet nazorati:
davlat moliyaviy nazoratining muhim qismi bo’lib, budjet jarayonida
amalga oshiriladi;
bosh maqsadi - budjet munosabatlarining barcha ishtirokchilari
tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish;
budjet tizimi budjetlari mablag’larining tashkil topishi, taqsimlanishi
va foydalanilishining qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samarali ekanligini
davlat organlari tomonidan tekshirish tadbirlari tizimi sifatida qaraladi;
qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash, fosh qilish va bartaraf
etish bo’yicha choralarni qo’llashga, davlat budjetini shakllantirish va xarajatlarni
amalga oshirishda yangi imkoniyatlarni topishga, soliq-budjet intizomini
yaxshilashga yo’naltirilgan;
hukumatning vakolatli organlari tomonidan Hisob palatasi
(O’zbekistonning moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi oliy mustaqil organi)ni
jalb qilgan holda, moliya va soliq organlari tomonidan (hukumat ijroiya
organlarining nazorati) amalga oshiriladi.
Budjet nazoratining vazifalari:
budjet moddalari hajmi, tarkibi va maqsadliligi bo’yicha to’g’ri tuzilishi va
ijro etilishini ta’minlash;
budjet mablag’lari hisobiga xarajatlarni nazarda tutuvchi yoki budjetning
shakllanishi va ijrosiga ta’sir etuvchi davlat organlarining qonun va
normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari, davlat dasturlari va boshqa
hujjatlarning moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish;
buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to’g’riligi ustidan nazorat;
budjet mablag’lari va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’larining
samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat;
barcha darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarga tu-
shumlar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat;
budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet va soliq intizomiga rioya
qilinishi ustidan nazorat;
turli darajadagi budjetlarning daromadlar bazasini oshirish va ularning
xarajatlar qismini kamaytirish zaxiralarini aniqlash;
budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirish ustidan nazorat;
budjet va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari harakatlarining
qonuniyligi va o’z vaqtidaligi ustidan nazorat;
isrofgarchilik va moliyaviy suiiste’mollarni aniqlash, soliq imtiyozlari,
davlat dotatsiyalari, subventsiyalar, transfertlar va alohida to’lovchilar yoki
hududlarga boshqa turdagi yordamlarni berish bo’yicha noqonuniy
qarorlarning oldini olish va aybdor shaxslarga tegishli jazo choralarini
qo’llash;
budjet-moliya intizomini kuchaytirish maqsadida profilaktika, axborot-
tushuntirish ishlari olib borish.
Yuqorida sanab o’tilgan elementlar yig’indisi budjet nazorati mexanizmini
tashkil etadi va u moliya (budjet) qonunchiligining normativ-huquqiy hujjatlari
bilan tartibga solinadi.
Budjet nazoratining sub’ektlari hokimiyatning vakillik organlari
(parlament nazorati) hamda hukumat va davlat boshqaruvi (ijro) organlari
(ma’muriy nazorat), Moliya vazirligi, G’aznachilik, hududlarning moliya
organlari, budjet mablag’larining bosh tasarrufchilari va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |