Budjet nazorati ob’ektlariga soliq-budjet sohasi va budjet jarayonigina
emas, balki bozor munosabatlari sub’ektlarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati
jarayoni ham to’liq kiradi.
Budjet nazorati predmetiga quyidagilar kiradi: budjet jarayonining
barcha bosqichlari; budjetga soliq va boshqa majburiy to’lovlarning tushishi;
budjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar; soliqlar bo’yicha hisob-kitoblar;
buxgalteriya (moliyaviy) hisobi va hisoboti; maqsadli budjet jamg’armalari;
dotatsiyalar; subventsiyalar; ssudalar; transfertlar; tovar-moddiy boyliklarini
ayirboshlash va tekinga berish; bojxona qiymati va boshqalar.
Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi,
shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat
moliyaviy nazoratining printsiplaridir .
Do'stlaringiz bilan baham: