tanlov asosidagi nazorat — muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya,
statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarning ayrim qismlarini nazorat qilish;
nazoratning maqsadga yo’naltirilganligi va predmetiga qarab:
kompleks nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun
moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha yo’nalishlarini nazorat qilish;
mavzuli nazorat — moliyaviy nazorat ob’ektining muayyan davr uchun
ayrim masalalar bo’yicha faoliyatini nazorat qilish;
muqobil nazorat — operatsiyalar yagonaligi bilan o’zaro bog’liq bo’lgan va turli
moliyaviy nazorat ob’ektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o’z ichiga olgan
tekshirish.
Shtatning shaharlar ustidan boshqaruvi chegaralanmagan. 1996 yil
Dekabrida Florida Shtati Mayami shahri budjeti va moliyasi ustidan 5 yillik Shtat
Nazorati Doskasini tuzdi chunki shahar o’z budjet tizimini boshqara olmadi.
Undan tashqari shahar bir necha siyosiy muamolarga duch keldi masalam hokimni
saylash, hokim o’z joyini egallagandan keyin ham bir necha oy davomida
muammolarga duch keldi. 2002 yilda shahar odatiy moliyaviy asosni qo’yishda
hato qilib $32 millionlik obligatsiyalarni qaytadan sotuvga qo’yib ular ustidan
foyda olish maqsadida sotishga erishdi. Ular oldin katta foydaga sotilgandi.
2011 yilda Pensilvaniyadagi Garrisburg shahri kerak bo’lmagan
chiqindilarni yoq qiluvchi apparatlarini sotib olish uchun 65 million ishlatib o’zi
bankrot bo’lganini e’lon qildi. Shtat hokimiyati shahar oldingi ishlarini davom
ettirishi uchun uning nazoratini qo’lga oldi. Alabamadagi Jefferson okurugi 2011
yilda amerika tarixidagi eng katta kasodga uchragan shahar sifatida shubhali
farqlarni o’shirib yubordi. Muammoda $3 milliard ega bo’lgan majburiy qarzlarni
to’lashda omadsizlikka duch kelindi. Detroyid ham 2011 yilda shtatning
qaramo’gida qoldi. Michigan shaharning moliyaviy va hizmatlar nazoratini amalga
oshirish va boshqarish uchun uning boshqaruvini qo’lga oldi.
15
15
Makarand A.Paithankar. Public Budgeting theory and practice, CreateSpace USA, 2016. p. 15
Qonuniy nazoratni amalga oshirishda qonun chiqaruvchi hokimyat tomonidan
quyidagicha amalga oshiriladi:
A) Konstitutsiyaviy ta’minot
Hindiston konstitutsiyasi qonuniy nazorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Parlamentda kelib chiqadigan Moliyaviy xarajatlar va pul bilan bo’gliq xarajatlarni
ko’rsatadigan 109 va 117- moddalarni taminlanishiga oid va Ikkala palata tomonidan
biror o’zgarish bilan yoki o’zgarishsiz xarajat tasdiqlanmasa bu xarajat Parlamentdan
o’tdi deb xisoblanilmaydigan vaziyatni ko’rsatuvchi 108 va 109 –moddalarga oid bo’lgan
hodisalarni 107- modda o’zida aks ettiradi. 109 –modda shtatlar kengashida
tanishtirilmagan pul xarajatlarini o’zida ifoda etadi. 112- moddada esa Prezident o’z
navbatida har moliya yiliga masul bo’lib mo’ljallangan Hindistonning daromad va
xarajatlari to’g’risidagi bayonet Parlamentga taqdim etadi. 113- moddaning har qismiga
ko’ra xarajatlarga oid bo’lgan bashoratlar Parlamentda tan olinmaydi.
B) Budjet tasdig’i
Prezedent moliya yiliga masul bo’lib, yillik Moliyaviy bayonet sifatida qaraladigan
Hindiston davlatining oldingi yil uchun mo’ljallangan daromad va xarajatlar to’g’risidagi
bayonotni tasdiqlashidan oldin Prezident taqdim qiladi. Parlament mahalliy puldan
tashqari pullarni saqlaydi.
Umumiy muhokama davomida imtiyozli mablag’lar berishdagi talab ham
muhokama qilinadi. Xarajatlar Parlament tomonidan o’zgartirish kiritish yoki kiritishsiz
tasdiqlanadi.
Xarajatlar Parlament tomonidan tasdiqlanmasa u kuchga kirmaydi.
C)Audit tomonidan nazorat
Hindiston konstitutsiyasiga ko’ra nazoratchi va auditor Parlament tomonidan
tayinlanadigan birlashma va tashkilotlarning buxgalteriyasiga oid ishlar bilan
shug’ullanadi. Parlament nazoratchi va auditorlarni burchlari xizmat vazifalariga oid
1971-yilda qabul qilingan yo’riqnomaga ko’ra chiqarildi. Unga 1976-yilda o’zgartirish va
qo’shimchalar kiritiladi. Ushbu yo’riqnomaga ko’ra davlat darajasida audit oldidan
buxgalteriyani ajratish hamda nazoratchi va auditorlarga xisobotlar tayyorlashda
yangilliklar yaratishdan iborat bo'ldi.
Shu bilan birga nazoratchi va auditorlarni majburiyatlar sifatida hamma xarajatlar
to’g’risida xisobot tayyorlash va ushbu xarajatlar qonun doirasida ekanligini
tekshirishdan iborat bo’ladi[8].