-Har yili balanslashtiriladigan budjet
-Tsiklik asosda balanslashtiriladigan budjet
-Funktsional taqchillik
Quyida biz bu kontseptsiyalarni alohida ko’rib chiqamiz.
“Har yili balanslashtiriladigan budjet” kontseptsiyasi bo’yicha budjet har yili
daromad va xarajat qismining tenglik sharti bilan tuzilishi kerak.
30-yillardagi “Buyuk depressiya”gacha bu turdagi budjet tuzilishi davlat
moliyasining asosiy maqsadlaridan edi. Ammo, ko’pgina iqtisodchi olimlarning
fikriga ko’ra, ba’zi iqtisodiy holatlarda ijobiy Yoki salbiy holdagi qoldiqqa ega
bo’lgan budjetning bo’lishi maqsadga muvofiqdir (ishsizlik va daromadlarning
pasayishi). Bunday holatda soliq tushumlari avtomatik ravishda qisqaradi.
Hukumat budjetni balanslashtirishga harakat qilib:
soliqlarni oshirishi mumkin;
davlat xarajatlarini qisqartirishi mumkin;
har ikkala choralarni birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Yuqoridagi choralar jilovlovchi, yakka holda iqtisodiyotda yalpi talabni yana ham
qisqartiruvchi choralar hisoblanadi. Bunday har yili balanslashtiruvchi budjet
inflyatsiyani tezlashtiradi.
Iqtisodiy ko’tarilish jarayonida pul daromadlari ortadi, o’z-o’zidan, soliq
tushumlari ham ortadi. Hosil bo’lgan budjetdagi ijobiy qoldiqni yo’qotish uchun
bunday holatda hukumat:
soliq stavkalarini pasaytiradi;
davlat xarajatlarini oshiradi;
yuqoridagi ikkalasini birgalikda amalga oshiradi.
Bu uchala chora ham iqtisodiyotda inflatsion bosimning ortishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, har yili balanslashtiriladigan budjet mexanizmi
iqtisodiy samarali emasligi kelib chiqadi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan kamchiliklariga qaramasdan, dunyoning ko’pgina
davlatlarida «har yili balanslashtiriluvchi budjet» g’oyasi qo’llab-quvvatlanadi. 70-
yillar oxiri, 80-yillar boshlarida Frantsiya konstitutsiyasi bo’yicha budjetni
balanslashtirish aytib o’tilgan va unda taqchillikning bo’lishi taqiqlangan. Dastlab
bu printsip yaxshi samara bergan, ammo taqchilliksiz budjetni ta’minlash juda
katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi boshqa yo’llarni qidirishga majbur qilgan.
Budjet yili uchun balanslashtirilgan budjet tuzilgan va qabul o’ilingan, yil oxiriga
oz muddat qolganda qo’shimcha budjet qabul qilingan. Dastlab qo’shimcha
budjetdagi taqchillik uncha katta bo’lmagan, ammo yildan-yilga bu summa
yiriklashib bordi. Balanslashtirilgan budjet bu davlatda vaqt sinovini engib o’ta
olmadi.
Ammo Fransiya tajribasi bu g’oya tarafdorlariga etarlicha xulosa bermadi va bu
g’oya tarafdorlari AQShda o’z rivojini topdi. 1985- yilda Grem-Ridman-Xollings
qonuni qabul qilindi, bunga ko’ra, federal budjet taqchilligi har yili qisqartirib
borilib, 1993- yilga kelib uni to’liq balanslashtirish ko’zda tutilgan edi. Bu qonun
AQShda ham ko’zda tutilgan natijilarni bermadi.
Tsiklik asosda balanslashtiriladigan budjet g’oyasini S.Peland fikri bilan
quyidagicha qisqacha tushuntirish mumkin: «Davlatning moliyaviy siyosati imkoni
boricha iqtisodiy ritm bilan sinxron ravishda amalga oshirilishi kerak. Krizis va
depressiya yillarida yuzaga kelgan taqchillik iqtisodiy o’sish davrida hosil bo’lgan
profitsit (ijobiy qoldiq) hisobidan qoplanishi kerak. Ammo bu yerda asosiy
muammo shundaki, iqtisodiyotdagi ko’tarilish va pasayish o’zining chuqurligi va
davom etishi bilan bir-biriga mos tushavermaydi.
Masalan, uzoq davom etuvchi va chuqur pasayish ulkan budjet taqchilligini keltirib
chiqaradi, undan keyin keladigan qisqa va uncha katta bo’lmagan rivojlanishdan
hosil bo’ladigan ijobiy saldo bilan qoplanmaydi va budjetning tsiklik taqchilligini
keltirib chiqaradi.
Funksional taqchillik kontseptsiyasining g’oyachilaridan biri R.Lindxolm
“Umummoliyaning eski g’oyasi budjet balanslashtirilishi kerak deb uqtirsa, yangi
qoidalar - budjet iqtisodiyotni balanslashtirishi kerak deydi». Funksional moliya
g’oyasiga ko’ra budjetni har yili yoki tsiklik asosda balanslashtirish birlamchi
emas, balki davlat moliyasining asosiy maqsadi davlat budjetini emas,
iqtisodiyotni noinflyatsion, to’la bandlik asosida balanslashtirishdan iborat.
Yuqorida ko’rib o’tilgan kontseptsiyalardan qaysi biri O’zbekiston Respublikasi
uchun bugungi kunda to’g’ri keladi?
Taqchillik shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan makroiqtisodiy omillar dinamikasini
o’rganish, uning aniqlilik darajasini oshiradi. Taqchillikni prognozlashtirish va uni
boshqarish bo’yicha AQSh Kongressining Budjet bo’limi uzoq yillik tajribaga
ega. AQShda budjet taqchilligining hajmiga ta’sir etuvchi quyidagi an’anaviy
makroiqtisodiy omillar o’rganilgan:
• YaIM o’sish sur’atining bir foizga pasayishi, iqtisodiy o’sish paytidagi soliq
bazalari pasaytirilishi hisobiga, tushumlarni taxminan, birinchi uch yilda 50 mlrd.
dollarga qisqartiradi. Yo’qotishlar hajmi kumulyativ tarzda o’sib boradi;
• ishsizlikning yuqori darajasi, huddi, iqtisodiy o’sishning past sur’atlari kabi, soliq
bazasini o’zgartirmasada, ishsizlik bo’yicha nafaqalar hajmini oshiradi. Ishsizlik
darajasining bir foizga ortishi, budjetning ahvolini, taxminan, YaIMning bir foizi
mikdorida yomonlashtiradi.
4. Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va ularning turlari.
Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishdan
iborat .
1. Tashqi (ichki) qarz (mablag’ jalb qilish)/ davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb
qilish
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish O’zbekiston Respublikasi
rezidentlaridan mablag’larni jalb etish bo’lib, bu mablag’lar bo’yicha O’zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini
(qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
1. Tashqi (ichki) qarz (mablag’ jalb qilish)/ Davlatning xorijdan mablag’ jalb
qilishi.
Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va
iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va O’zbekiston
Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag’larni jalb etish davlat
tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish bo’lib, bu mablag’ bo’yicha O’zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning kreditlarini
(qarzlarini) to’lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
Davlat tomonidan mablag’ jalb etish bo’yicha qarorlar belgilangan tartibda qabul
qilinadi.
Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish:
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini, shu jumladan davlat
investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
davlat qarzini qayta moliyalashtirish;
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi.
Davlat qarzining eng yuqori miqdori har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining palatalari tomonidan navbatdagi yil uchun Davlat budjeti va davlat
maqsadli jamg’armalarining budjetlari qabul qilinayotganda belgilanadi.
Davlat tomonidan mablag’ jalb qilish turlari quyidagicha:
1) O’zbekiston Respublikasi tomonidan qarz oluvchi sifatida chet davlatlardan,
xalqaro tashkilotlardan, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el
hukumatlarining moliya tashkilotlaridan hamda O’zbekiston Respublikasining
boshqa rezidentlari va norezidentlaridan jalb qilingan kreditlar (qarzlar);
2) O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;
3) O’zbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan davlat qimmatli qog’ozlari
bo’yicha qarz majburiyatlari.
Qarz majburiyatlari qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan muddatga), o’rta muddatli
(bir yildan besh yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (besh yil va undan ortiq
muddatga) bo’lishi mumkin.
Davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston
Respublikasi
tomonidan
jalb
qilinadigan
kreditlar
(qarzlar).O’zbekiston Respublikasi tomonidan xorijiy banklardan, davlatlardan,
xalqaro moliya va iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya
tashkilotlaridan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar) davlat tomonidan xorijdan
mablag’ jalb qilish jumlasiga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan jalb qilinadigan kreditlar (qarzlar)
belgilangan tartibda:
davlat investitsiya dasturini moliyalashtirishga yoki birgalikda moliyalashtirishga;
tarmoqlarni, iqtisodiyot sohalarini va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini
amalga oshirish bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun kreditlarni (qarzlarni)
qaytadan kreditlashga yo’naltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan kreditlarni (qarzlarni) qaytadan
kreditlashda kredit (qarz) bo’yicha xizmat ko’rsatish yuzasidan ehtimoldagi
tavakkalchiliklarni qoplashda foydalanish uchun jalb qilinayotgan kredit (qarz)
stavkasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda O’zbekiston Respublikasi marjasi
belgilanishi mumkin. Kredit (qarz) bo’yicha qarzdorlik to’liq to’langan taqdirda
kredit (qarz) bo’yicha O’zbekiston Respublikasi marjasining foydalanilmay qolgan
summasi O’zbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadiga kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari.
1. Hukumat kafolatlari / O’zbekiston Respublikasi kafolatlari
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolati qarz oluvchi-rezident o’zidan
undiriladigan summani qarz (kredit) bo’yicha bitimlarda belgilangan muddatda
to’lamagan taqdirda O’zbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni
to’liq yoki qisman to’lab berish majburiyatidir.
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-
rezidentlar o’zi olgan kreditlar (qarzlar) bo’yicha majburiyatlarni bajarishining
ta’minoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari berilmaydi.
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga
ko’ra beriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining davlat
kafolatlarini rasmiylashtirish bo’yicha vakolatli organdir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining berilgan
davlat kafolatlari bilan shart qilib qo’yilgan to’lovlarni amalga oshirgach, amalga
oshirilgan to’lovlar va ular bilan bog’liq xarajatlar summasini qarz oluvchi-
rezidentdan so’zsiz undirib olish huquqiga ega.
O’zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, taqdim etish,
ro’yxatdan o’tkazish va ular bo’yicha majburiyatlarni bajarish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston
Respublikasi
nomidan
chiqariladigan
davlat
qimmatli
qog’ozlari.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi
nomidan davlat qimmatli qog’ozlarini chiqaradi. Davlat qimmatli qog’ozlarini
chiqarish va ularning cheklangan hajmi to’g’risidagi qaror belgilangan tartibda
qabul qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilingan davlat
qimmatli qog’ozlarini joylashtirishda;
davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha qiymatni, foizlarni va boshqa to’lovlarni
to’lashda;
davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda
fiskal agent sifatida ishtirok etishi mumkin.
Davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarishdan olingan tushumlar Davlat budjeti
taqchilligini qoplash manbaidir.
Jahon iqtisodiyotining bugungi kundagi holatiga ta’sir etuvchi ikkinchi muhim
omil bo’lib AQSHning xususiy shaxslarga, korporatsiyalarga va hukumatlarga
bo’lgan qarzdorligining mavjudligi hisoblanadi. Fuqarolar murakkab siyosiy
sharoitlarning yuzaga kelishi, shu jumladan, terrorizmning kuchayib borishiga
bog’liq ravishda benzin va boshqa mahsulotlar importining qimmatlashib
borayotganligini his qilmoqdalar. 1985 yilda Qo’shma Shtatlar birinchi marta sof
qarzdor bo’ldilar. Rasman olib qaraganda bu shuni anglatadiki, AQSHdagi xorijiy
investitsiyalarning qiymati Shtatlarning xorijdagi investitsiyalari qiymatidan ortib
ketdi. 2009 yilda xorijiy investitsiyalarning qiymati (joriy bozor narxlarida) 21,1
trln. dollar, AQSHning xorijdagi investitsiyalarining qiymati esa 18,4 trln. dollar
miqdorida baholandi; 90-yillarning o’rtalaridan boshlab ushbu qiymatlar ikki
barobardan ziyod ko’paydi. 21 trln. dollarlik investitsiyalarning deyarli 25 foizi
rasmiy xorijiy investorlar (hukumatlar va hukumat tashkilotlari) tomonidan
kiritilgan.8 Ushbu rasmiy xorijiy investitsiyalarning katta qismi Shtatlarning
xazina qimmatli qog’ozlari va boshqa hukumat qarz majburiyatlariga qo’yilgan
bo’lib, bu AQSH ning rasmiy qarzlari tashqi qarz ekanligini aks ettiradi.
Dunyoning ko’pgina mamlakatlarida har yilgi taqchillikning va tez o’sib
boruvchi davlat qarzining mavjud bo’lishi kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib,
budjet taqchilligining YaIM ga nisbatan foiz hisobida o’sgan davlatlar bu
ko’rsatkich pasaygan mamlakatlarga nisbatan ko’pchilikni tashkil etgan. AQSh
da ikkinchi jahon urushi yillarigacha budjet taqchilligi bo’lmagan, faqat urush
yillarida davlat budjetida taqchillik yuzaga kelgan.
Ammo budjet taqchilligini favqulodda, mustasno bo’lgan hodisa deb qarab
bo’lmaydi. O’zining tarixiy va iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu bosqichida
budjet taqchilligiga duch kelmagan davlat bo’lmasa kerak. Masalan, AQSh da
federal budjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969 yildagina taqchilliksiz
ijro etilgan.
Davlat budjeti taqchilligini tartibga solishning quyidagi beshta turini ajratib
ko’rsatishimiz mumkin:
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi ilmiy adabiyotlarida ilgari surilgan
“funktsional moliya” g’oyasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida budjet
taqchilligi muammolarini xal qilish uchun umuman iqtisodiyotni balanslashtirish,
milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash,
inflyatsiyasiz to’la bandlikka erishish zarur.
Davlat budjeti taqchilligiga taalluqli kontseptsiyalar - bu taqchillikning amal
qilishi bilan bog’liq asosiy printsip va an’analar, shuningdek ularni tartibga
solish, moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash bilan bog’lik choralardir.
Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, hozirgi sharoitda ko’proq «funksional
moliya» g’oyasi ko’proq to’g’ri keladi, chunki davlat o’z maqsadlariga erishish
uchun xarajatlarni taqchilli moliyalashga ehtiyoj seziladi va shu yo’l bilan ishlab
chiqarishning pasayishini oldini olish va iqtisodiyotni to’la barqarorlashtirishga
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |