O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/219
Sana18.08.2021
Hajmi6,56 Mb.
#151229
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   219
Bog'liq
budjet tizimi

7.4. Davlat budjeti taqchilligi va profitsiti, davlat tomonidan mablag’ jalb 

qilish 

 

1. Davlat  budjetining  holati. Davlat budjetining  balansliligi, profitsit  va taqchillik 



holatlari.  

Iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanishning  bugungi  bosqichida  budjet  daromadlari  ishlab 

chiqarishning rivojlanishi, xo’jalik sub’ektlarining va aholi daromadlarining oshib 

borishi,  soliq  bazalarining  kengayishi,  mulk  shakllarining  ko’payishi  bilan  ortib 

bormoqda.  Lekin,  bu  davrda  jamiyatning  ko’p  tomonlama  ehtiyojlari  ham 

kamaygani yo’q, aksincha, budjet tomonidan moliyalashtirilishi ob’ektiv zaruriyat 

bo’lgan,  mohiyat  jihatidan  yangi-yangi  tadbirlar,  loyihalar,  yo’nalishlar  paydo 

bo’ldi. Ularni to’liq hajmda  moliyalashtirish yanada ko’proq mablag’larni taqozo 

etadi.  Lekin  daromadlarni  muttasil  oshirib  borish  (xususan,  soliqlarni  oshirish 

orqali)  imkoniyati  amaldagi  soliq  qonunchiligi  bilan  chegaralangan.  Shu  bilan 

birga,  soliqlarni  asossiz  ravishda  oshirish  iqtisodiy  sub’ektlarning  xo’jalik 

faoliyatiga  jiddiy  putur  yetkazadi, ularning  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish, uning 

samaradorligini  oshirishga  bo’lgan  qiziqishlarini  so’ndiradi.  Bunday  sharoitda 

budjet  xarajatlarining  budjet  daromadlari  bilan  balanslangan  bo’lishiga  har  doim 

ham erishib bo’lmaydi.  

Daromadlar 

va 

xarajatlarning 



tengligini 

amalga 


oshiruvchi 

budjet 


balanslashtirilgan  budjet  deyiladi.  Balanslashtirilgan  budjetda  defitsit  va  profitsit 

bo’lmaydi. Yanada umumiyroq aytadigan bo’lsak, unda budjet defitsiti bo’lmaydi, 

lekin ehtimoliy budjet profitsiti bo’lishi mumkin. Ko’pchilik iqtisodchilar hukumat 

haqiqatan ham uni uddalay olsa, federal budjetni balanslashtirish foiz stavkalarini 

pasayishiga,  jamg’armalar  va  investitsiyalarning  o’sishiga,  savdo  defitsitini 

kamayishiga  va  uzoq  vaqt  davomida  iqtisodiyotni  tezroq  o’sishiga  olib  keladi. 

Kelajak  avlodlar  o’z  yashash  turmush    darajalarini  pasaytirishlari  talab  etilmaydi 

va hozirgi avlod mana shu holatda yashashni davom ettirishi mumkin. 



Juda ko’p davlatlar o’z konstitutsiyalarida daromaddan ko’ra ko’proq sarflashni 

taqiqlash  orqali  budjet  balansi  tuzatishlarini  amalga  oshirgan.  2003-yilda 

Shveytsariyaning  qonun  chiqaruvchi  organi  budjet  har  doim  balansda  bo’lishi 

kerakligi  to’g’risida  konstitutsion  o’zgartirish  kiritdi,  bu  iqtisodiy  holatlarni 

inobatga  olgan  holda  amalga  oshirilgan.  Hukumat  inqirozlarda  defitsitga  duch 

kelishi  mumkin,  lekin  iqtisodiy  rivojlanishda  bundan  saqlanishi  kerak. 

Germaniyaning  konstitutsiyasi  2009-yilda  Shkuldenbremse  (qarzni  to’xtatish) 

maqsadida tuzatilgandi, bunda 0,35 foizdan ortiq defitsitlarni taqiqlash belgilandi. 


 

 

 



U davlat va federal darajada amal qiladi. 2011-yilda Ispaniya o’z konstitutsiyasini 

istalgan  berilgan  yil  uchun  YaIMda  qarzning  60  foizdan  ortiq  ulushini  taqiqlash 

bo’yicha  o’zgartirdi.  AQSHda  Vermont  shtatidan  boshqa  har  bir  shtat 

balanslashtirilgan  budjetning  tuzilmasiga  ega.  Yevro  hudud  davlatlari  2012-yil 

martda    imzolagan  “Budjet  Moslashuvchanligi”  har  yili  emas,  balki  butun 

iqtisodiy  davrda  budjet  defitsitini  taqiqlovchi  hujjat  hisoblanadi.  Hukumat 

iqtisodiy  sho’ng’ishlar  va  qo’shimcha  vaziyatlar  paytida  yuqori  defitsit  holatini 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish