Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining yalpi daromadidan yagona
soliq hamda mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq ajratmalar me‘yori
Toshkent shahri tashqari barcha hududlarga 100,0 foiz tushum sifatida berilgan.
Jismoniy shaxslarning daromadiga soliqdan ajratmalar me‘yori Buxoro,
Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan tashqari qolgan viloyatlarga
100,0 foiz tushum sifatida berilgan.
Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ajratmalar me‘yori faqatgina
Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan
tashqari boshqa viloyatlarda 2014,2015,2016 yillarda mahalliy budjetlarga 100,0
foiz tushum sifatida berilgan.
Yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga dotatsiya quyi turuvchi
budjet xarajatlarining rejalashtirilgan hajmi subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan
daromadlar hisobga olingan holda mazkur budjet daromadlarining prognoz
qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan davlat maqsadli
jamg‘armalarining
budjetlariga
dotatsiya
jamg‘armalar
xarajatlarining
rejalashtirilgan hajmi yil boshidagi qoldiq hisobga olingan holda jamg‘armalar
daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan taqdirda ajratilishi
mumkin.
Dotatsiyaning miqdori:
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyi turuvchi
budjetlarga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga ajratilganda - asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari
tasdiqlanayotganda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va
shaharlar budjetlariga ajratilganda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Dotatsiya mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini moslashtiruvchi
usul sifatida foydali bo‘lgani holda u ayrim salbiy xususiyatlarga ham egadir.
Mahalliy budjet daromadlarining bu manbai mahalliy hokimiyat organlarida
boqimandalik kayfiyatini yuzaga keltiradi. Ularning qo‘shimcha daromad topish,
o‘z daromadlarini ko‘paytirishga qiziqishlarini pasaytiradi, budjetlarni o‘z
daromad qismini bajarish imkoniyatlarini cheklabgina qolmay, moliyaviy
nazoratning susayishiga sharoit yaratadi. Shuni alohida qayd etish kerakki,
Respublikamizda hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan hududlarni dotatsiyadan
chiqarish Davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan izchil islohotlar hozirda
barcha hududlarda mahalliy budjetlarni datatsiyadan chiqarish imkonini berdi.
2012 yildan boshlab barcha hududlar dotatsiyaga muhtojligiga barham berildi.
Subventsiyalar asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va Davlat
budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilangan xarajatlarni amalga
oshirish uchun ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga
beriladigan subventsiyalarning miqdorlari asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning
viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar
budjetlariga beriladigan subventsiyalarning miqdorlari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
tomonidan belgilanadi.
Foydalanilmagan subventsiyalar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori
turuvchi budjetga qaytariladi.
Mahalliy budjetlarga 2014-2016 yillarda ajratilgan subventsiyalar hajmi 2-
jadvalda keltirilgan. Mahalliy budjetlarga ajratilgan jami subventsiyalar hajmida
hududlarni salmog‘ini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 2016 yilda Surxondaryo viloyati
28,7 foizni, Namangan viloyati 27,3 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 19,8
foizni, Jizzax viloyati 16,8 foizni va Sirdaryo viloyati 7,4 foizni tashkil etishi
kutilmoqda.