O'zbekiston viloyatlari va Toshkent shahri toponimlari Reja: Hududiy toponimlar Toshkent shahri toponimlari



Download 27,93 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi27,93 Kb.
#728672
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston viloyatlari va Toshkent shahri toponimlari


O'zbekiston viloyatlari va Toshkent shahri toponimlari
Reja:
1.Hududiy toponimlar
2.Toshkent shahri toponimlari
3.Shahar darvozalari
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil, yaxlit bir mamlakat. Lekin uning ayrim mintaqalari o‘zaro nimalari bilandir boshqalaridan farq qiladi. Har qanday kattaroq xududning mahalliy xususiyatlari bo‘ladi. Har bir mintaqa o'zining tabiiy sharoiti, iqtsodiyoti, geografik atamalari bilan ozmi ko‘pmi tafovut qiladi, aholining tili va shevalari, et- nografiyasi ham o'zgacharoq boiishi mumkin.
Masalan, Xorazmda katta kanal, ba’zan daryo ama (Qashqadar- yoda — anna) deyiladi. Jizzax viloyatida ama deganda «jar» tushuniladi. Jilovchi shevalaming vakillari tog' so‘zini tov shaklida talaffuz qiladi- lar. Farg‘onada tepa o'miga teva, jo bcori o‘miga juvori, chillaki o'riniga chilgi, olcha o'miga olvoli (Zarafshon vodiysida — chiya), mo'myo so'zini Qashqadaryo, Zomin, Baxmal tumanlarida mumilay, Jizzax va Samarqand viloyatlarining bir qancha xudularida kuz (kuzgi) o‘miga tiramo (tiramoyi) deyishadi. (tojikcha tiramoh «kuz»). «Tor dara» Jizzax, Samarqand viloyatlarida, Afg'onistonda, Eronda tangi (forscha- tojikcha tang «kambar, ensiz»), Qashqadaryo viloyatida esa shu ma’noda qapchig'ay (mo‘g‘ulcha xavtsagay «tor dara») deyilada.
Uy, qishloq, shahar ma’nolaridagi sug'dcha kat atamasi turli joylarda kat, kent, kend, kas, kash, qat, qand shakliarida ko‘plab toponimlar hosil qilgan. Ayniqsa urug‘- aymoq nomlari respublikaning turli joylarida xilma-xil fonetik variantlarda etnotoponimlar shaklida uchraydi: Arg'in- Arg'un, Achamayli-Ochamayli, Misit-Mesit-Masit, Mirishkor-Murushkor- Merishkor, Sanchiqli-Chanchiqli-Chanchiqul, Chig‘atoy-Chig‘atoy kabi.
Bu misollar shuni ko'rsatadiki, har bir yirikroq ma’muriy va tabiiy — geografik hududlaming toponimik materiallari boshqalami- kidan har holda tafovut qiladi.
Ana shuni inobatga olib mazkur bobda, Toshkent shahri, barcha viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasi geografik nomlarining o‘ziga xos belgilari ko'rsatildi, shu hudud uchun xos boigan atamalar va etnonimlar tilga olindi.
TOSHKENT SHAHRI TOPONIMLARI
Shaharni davlat ichidagi davlat deyishadi. Har bir shahar o‘zi bir dunyo. Shuning uchun bo'lsa kerak — shahar so‘zi sanskritchada «podshohning qarorgohi» ma’nosini anglatadi. Shahar ham odamga o‘xshaydi. Har bir shahaming o‘z qiyofasi, o‘z tarixi va qismati bor. Ma’lum va mashhur shaharlar bilan bir qatorda kichik shaharlar ham mavjudki, ularni ko'pchilik bilmasligi ham mumkin. Har qanday shahaming shon-shuhrati, awalambor, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda tutgan o‘mi bilan belgilanadi.
Toshkent mamlakatimiz hayotida katta o‘rin tutadi. Awalambor, u
Vatanimizning poytaxti, ulkan iqtisodiy, siyosiy, madaniy vadiplo- matik markaz. Poytaxtimizni turlicha ulug'laydilar: «Toshkent — non
shahri», «Toshkent — tinchlik shahri», «Toshkent — bog‘-rog‘lar shahri», «Toshkent — do'stlik shahri», «Toshkent — jasorat shahri» va hokazo.
Toshkent haqida qancha-qancha kitoblar, risolalar, maqolalar yozilgan. Lekin yana bir muhim ahamiyatga ega kitob bor. Bu poytaxtdagi joy nomlari — ko‘cha-ko‘ylar, mahallalar, bozorlar, maydonlar, bog‘lar, ariq-hovuzlar, qabristonlar, jarliklar va boshqa obyektlar nomlari haqida.
Poytaxtimiz ko‘chalar soni jihatidan respublikamiz shaharlari orasida birinchi o'rinda turadi. Toshkentda 3000 ga yaqin katta-kichik ko'cha bor.
Quyida Toshkent so‘zi, shahar obyektlarining nomlari (urbonim- lar) hamda ularning kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z boradi.
Toshkent toponimini ko‘p adabiyotlarda «Tosh shahar» deb izohla- nadi. Shu so‘zda ma’lum ma’noda shahar tarixi ham o‘z aksini topgan. Shahar hududida tosh asriga oid buyumlar uchragan. Toshkentdagi qabristonlardan birida topilgan hafitjo‘sh (bronza) ko‘zgular, turli mamlakatlaming tangalari shahaming kamida 2000 yillik tarixidan darak beradi.
Toshkent haqidagi birinchi tarixiy ma’lumotlar milodning dast- labki asrlariga to‘g‘ri keladi. Chunonchi, shahaming geografik o‘rniga oid ma’lumotlar yunon olimi Klavdiy Ptolemeyning «Geografiyadan qoMlanma» asarida uchraydi. Ptolemey bu asarida yer sharining obod qismini, ya’ni оykumenani 26 xaritada tasvirlagan. Shu xaritalardan birida 0 ‘rta Osiyo va uning atrofidagi o‘lkalar tasvirlangan. Unda Xi-
toyga boradigan savdo yo‘li ustida, aniqrog‘i Yaksart (Sirdaryo) havzasining sharqida Terri Lapideya degan joy ko‘rsatilgan. Olimlar ana shu yunoncha nomni «Tosh qo‘rg‘on» deb taijima qilib, Toshkentga nisbat berishgan.
Toshkent shahrining nomi yozma manbalarda Choch, Chochiston,
Shosh, Shoshkent shakllarida ham uchraydi. Choch so‘zi ham sug‘d tilida «tosh» demak. Shosh esa Choch nomining arabcha shaklidir. Choch yoki Shosh deganda Toshkent hamda uning atroflari tushunilgan.
X asrda noma’lum muallif tomonidan fors-tojik tilida yozib qoldi- rilgan «hudud ul-olam» («Dunyoning hadlari») nomli asarda bunday deyiladi: «Choch katta viloyat, xalqi jangovar, boy va sahiydir. U yerda o‘q-yoy tayyorlanadi. Binkat Chochning poytaxti. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir»
Arabinavis olimlardan Istahriy, Ibn havqal, Muqaddasiy va boshqalar (IX-X asrlar) o‘z asarlarda Shosh viloyatining markazi Binkat shahri deb ko'rsatganlar. Binkat hozirgi Eskijo'va va Chorsu oralig'ida bo‘lgan. Binkat nomi forscha-tojikcha bo‘lib, «ko‘rimli shahar» demakdir (bin — ko‘rinish, ko‘zga tashlanish, kat — sug‘dcha «shahar, qishloq, manzilgoh» degan ma’noni bildirgan).
Buyuk Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Qonuni Mas’udiy» asarida «Binkat — bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda «Toshkand», yunon- chadan arabchaga taijima qilsang, — «Buij al-hijori» («Tosh minora») deb yozgan. Beruniyning so‘zlarini boshqa olimlar ham tasdiqla- gan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy o'zining «Devonu lug‘otit turk» asarida «Tarkan — Shoshning nomi, uning asli nomi Toshkand bo‘lib, «toshdan qurilgan shahar demakdir», deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining «Toshkent» shakli birinchi bor Beruniy asarlarida uchraydi va shahar boshqa nomlar bilan ham atalgan, nihoyat hozirgi nomi tilimizda qat’iy o‘rin olgan.
Toshkent haqida ozmi-ko‘pmi ma’lumotlar XIV-XIX asrlarda o‘rta Osiyoning siyosiy, harbiy va madaniy hayoti haqidagi asarlarda uchraydi.
Shaharning XIX asr tarixi, topografiyasi (geografiyasi), jumladan uning toponimlari haqida ma’lumotlar Muhammad Solihning «Tarixi jadidayi Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») asarida uchraydi. Qo'lyozma fors-tojik tilida bitilgan bo'lib, Abu Rayhon Beruniy no- midagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Asar asli Toshkent viloyati tarixi haqida bo‘lib, muallif shahar tarixini butun o'lkada kechgan voqealar koMankasida yoritgan.
Toshkent shahrining tarixi va toponimiyasiga oid mukammal ma’lumotlami 0 ‘rta Osiyoni Rossiya bosib olgandan keyingi davrdagi ms mualliflari Ye.T.Smirnov («Drevnosti v okrestnostyax Tashken- ta», 1895), A.Mayev («Aziatskiy Tashkent», 1876),
I.I.Dobrosmo'slov («Tashkent v proshlom i nastoyaqem», 1912)
N.Lokoshin (Poljizni v Turkestane, 1922), A.Shishov («Sarti», 1911) kabilar asarlaridan topish mumkin.
Poytaxtimizning joy nomlari, xususan mahalla va mavzelarining nomlari sho‘rolar hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlaboq olim- laming e’tiborini jalb qila boshlaydi. N.G.Mallitskiyning «Tashkents- kie maxallya i mauza»(1927), V.Shishkinhing «О nazvaniyax tashkent- skix maxallya», M.Ye.Massonning «Proshloe Tashkenta» (1954),
F.Azadayevning «Tashkent vo vtoroy polovine XIX veka» (1959), Yu.A.Sokolovning «Tashkenti, tashkenttsi», (1965),
Yu.F.Buryakovning «Istoricheskaya topografiya Tashkentskogo oazisa»
(1975), 0 ‘zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tayyorlangan «U istokov drevney kulturi Tashkenta» (1982) kabi asarlarda, shuningdek «Toshkent» entsiklopediyasida (1982) Toshkent va uning atrofidagi ko‘plab obyektlaming nomlari, ularning kelib chiqishiga doir talaygina qiziqarli ma’lumotlar bor.
Toshkent ichidagi tabiiy va madaniy obyektlar nihoyatda xilma- xil, ular shahar tarkib topgan davrdan tortib hozirgi kungacha pay do bo‘lib, bir qanchasi esa yo'qolib ketgan. Shahar o‘zining devorlari, tashqi istehkomlari, xandaq, darvoza, qabriston, machit-madrasa, ariq-zovurlari, hovuzlari, maydonlari, mahalla-mavzelari, bozor- rastalari, bog‘u xiyobonlari bilan mashhur bo‘lgan. XIX asr oxirlarida Toshkentda 12 darvoza, 40 ga yaqin qabriston (hatto yaponlar qabris- toni), 150 machit, 26 madrasa, 5 mingga yaqin do‘kon, 200 mahalla, 500 hovuz, 1500 bozor-rasta, ikki yuzga yaqin mavze (shahar chetlaridagi bog‘ hovlilar mahallalari) bo‘lgan.
«Ko‘l qurisa ham nomi qoladi». Ana shu obyektlaming aksari qismi yo‘qolib ketgan bo‘lsa ham xalq xotirasida, qo‘lyozmalarda va boshqa manbalarda ularning nomlari saqlanib qolgan.
Ma’lumki, Toshkent XX asming boshlarigacha to‘rt dahadan
(ma’muriy hududiy birlikdan) iborat bo‘lgan: Beshog‘och, Ko‘kcha, Sebzor, Shayxontohur. Dahalar mahallalarga bo‘lingan. 1865 yilda sha- harda 140 mahalla bo‘lgan, XX asr boshlariga kelganda mahallalar soni 200 ta bolgan.Ko'kcha mahallasidagi mavze va ariq Tuyatortar deb atalgan. Bunday gidronimlar Respublikamizda bir necha joyda qayd qilingan.
Bular ko'tarma ariqlardir. Ariqqa suv daryodan chig'ir orqali chiqa- rilgan. Chig‘ir esa tuya kuchi bilan aylantirilgan.
Shaharlar toponimiyasida hunar-kasb leksikasi katta o‘rin olgan. Bunday nomlarga qarab shaharda qanday hunarmandchilik, kosibchilik turlari rivojlanganini bilib olish mumkin. Bunday toponimlami sanab o‘tamiz:

Download 27,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish