Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
Sana29.12.2021
Hajmi1,49 Mb.
#79937
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari(1)



Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi

Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi «Tib qonunlari» bo‘lib, bu kitob

o‘sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi. Bu

ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar

yoritilgan. «Tib qonunlari» taxminan eramizning 1012­24­yillarida yozilgan deb

hisoblanadi. Ibn Sino o‘z asarini yozib tamomlaganidan 150 yil o‘tgach, Gerard

Kre­monskiy (1114­1187) uni birinchi marta lotin tiliga taijima qiladi. Bu taijima

asl nusxadagi mazmun va ifodani o‘zida to‘la saqlab qola olmagan bo‘lsa­da,

taxminan 7 asr davomida g ‘arb mamlakatlarida tibbiy bilimlaming birdan­bir

qo‘llanmasi sifatida xizmat qildi

Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoni, shubhasiz, odam anatomiyasi fanining

asoschisi deb, aytish mumkin. Allomaning bu boradagi izlanishlari odam

anatomiyasini o‘rganish va yangiliklarni kashf qilish bilan chegaralanmay, tizimlar,

a’zolar, ulaming qismlari anatomiyasi hamda fiziologiyasini aniqlay olgan va juda

sodda hamda aniq qilib tushuntirib bergan.«Kitob al­maleki» muallifi Ali ibn

Abbos, «Zaxirai Xorazm shohi» muallifi Ismoil Juijoniy (1137­yil vafot etgan),

«Tibbi Akbari», «Iskiri A ’zam» va boshqa kitoblar mualliflari Abu Ali ibn

Sinoning anatomiya fani yaratilishi va taraqqiy etishi borasidagi buyuk xizmatlarini

tan olishgan.Taniqli g‘arb olimlari Leonardo da Vinchi (1452­1519), Andrey

Vezaliy (1514­1564), Djirolamo Frakastoro (1478­1553), Vilyam Garvey

(1578­1628) va boshqalar tomonidan ham Abu Ali ibn Sinoning anatomiya

borasidagi buyuk xizmatlari yuqori baholangan. Abu Ali ibn Sino ijodi shu bilan

qadrlanadiki, u «Tib qonunlari» kitobida faqatgina o ‘z izlanishlari bilan

chegaralanmay, balki o‘zidan oldin o‘tgan olimlaming shu a’zo yoki uning

qismiga, yo shu masalaga munosabatini bildirib, bu savollarga o ‘zi aniq javob

bergan. Shu bilan birga, Ibn Sino bu ilmiy merosni o‘zining puxta kuzatishlari va

amaliyot ishlarida qozongan yutuqlari bilan boyitgan. V.N.Ternovskiyning (1961)

yozishicha, «...tibbiyotning asosi b o ‘lgan anatom iya «Tib qonunlari»da asosiy

o‘rin tutadi». Shuning uchun X­XI asrlardanoq barcha anatomiyaga taalluqli

asarlar Ibn Sino asarlariga solishtirilar va shunga ko‘ra, bu asarga baho berilardi.

Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining osteologiya bo‘limi haqida yozar ekan, u

suyaklaming tuzilishini aniq ko‘rsatib, ulaming tuzilisni suyaklaming vazifalariga

bog‘liqligini keng yoritib bergan. Uning «Tib qonunlari» asari 1­jildidagi

osteologiya bo‘limi 30 ta fasldan iborat bo‘lib (42­75­betlar), suyaklar tuzilishi va




vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga to‘liq mos keladi. Masalan, hozirgi

zamon skelet suyaklarining vazifasiga:

tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklaming tayanchi bo‘lib hisoblanadi;

harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o‘zaro qo‘shilishidan

richaglar hosil bo‘lib, bo‘g‘imlarda mushaklar vositasida harakatga keladi;

himoya vazifasi: suyak guruhlarining o ‘zaro qo‘shilisbidan bo‘shliqlar hosil

bo‘ladi. Bu biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo‘lib, kalsiy,

fosfor, temir va h.k. moddalami saqlaydi.

Qonning shakliy elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.

Bu vazifalardan 3 tasi bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino tomonidan

aniqlangan.Ibn Sino suyaklaming shakli haqida yozar ekan, ulaming naysimon,

yassi va aralash shakllarini yoritib, ularga misollar ham keltirgan. Bir qancha

suyaklaming tuzilishi Galendan mukammalroq va Vezaliydan aniqroq qilib

yozilganligi tan olingan. Ibn Sino umurtqa pog‘onasini ta’riflar ekan ulaming

sonini aniq keltirgan, umurtqalaming vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga

to‘la mos berilgan. Shuningdek, u umurtqalaming bir­ biridan farqlarini

aniqlagan. Aristotel qovurg‘alami 8 ta deb bergan bo‘lsa, Ibn Sino odamda 12 juft

qovurg‘a borligi, ulaming soni erkak va ayollarda bir xil ekanligini birinchi bo‘lib

yozgan. Chanoq suyaklari tuzilishi borasida X asrgacha aniq fikr bo‘lmagan.

O’tirg‘ich suyagini Ruf ­ chanoq­son bo‘g ‘imi sifatida ta’riflasa, Polluks ­ yassi

suyak bo‘rtig‘i sifatida ta’riflagan, Gippokrat bu terminda son suyagini tushungan,

Abu Ali ibn Sino jahonda birinchi bo‘lib chanoq suyaklari tuzilishini aniq tasvirlab

bergan.

Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo‘limi haqida yozar ekan,

uning tuzilishini aniq tasvirlab, ulaming shakli va vazifalarini keng yoritib

bergan. Kalla suyaklarini yuz va miya qismlariga ajratib o‘rganish hozirgi o‘quv

dasturlarida ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla suyaklarining yuz qismi

suyaklari tuzilishi aniq ko‘rsatilib, ulaming shakli va vazifalari keng yori­tilgan.

Burun suyaklarining alohida ekanligini ta’kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi

yuqori ja bilan bir va u 6 ta suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida

Abu Ali ibn Sino yozgan jumlalami o ‘qiganda, beixtiyor, bu narsalar hozirgi

tibbiyot oliygohlarida talabalar o‘qiyotgan kitob­ larga mos kelishini ko‘rib, odam




hayratlanadi.


Bolalarda miya ichki bosimining o’sish sababi, belgilari va davolash

Bosh miya ichki bosimi oshishi– ko‘pchilik insonlarda uchraydigan xavfli holat. Bu

kasallik kattalarda ham yoshlarda ham uchraydi. Ko‘proq erkaklarga qaraganda

ayollarda uchraydi. Afsuski, ba’zi hollarda ushbu kasallik simptomlariga e’tibor

qaratilmasligi hisobiga og‘ir asoratlar kelib chiqadi. Shuning uchun kasallik

simptomlari va davo choralari haqida bilish muhimdir.

Nima uchun bosh miyada bosim oshib ketadi? Bunday holat kelib chiqishiga

ko‘plab faktorlar bor, lekin eng ko‘p uchraydigan sabab orqa miya suyuqligining

bosh miya kanallaridan oqib chiqishining buzilishi bo‘ladi.

Avvalo, bosh miya ichki bosimi nima ekanligini bilib olamiz. Kalla chanog‘i ichida

faqatgina nerv hujayralari bo‘lmay, balki umumiy kalla chanog‘I a’zolarining 1/10

qismini tashkil qiluvchi orqa miya suyuqligi ham bo‘ladi, uni – likvor (liquor) deb

atashadi. Bu suyuqlik, asosan, bosh miyaning qorinchalarida ya’ni markazidagi

bo‘shliqda joylashadi, u miyaning yumshoq va to‘rsimon pardalari orasida ham

aylanib yuradi. Bundan tashqari likvor orqa miya kanalida ham bo‘ladi.

Likvorning vazifasi turli xil. U miya yumshoq to‘qimalarini himoya qiladi, suv tuz

almashinuvini ta’minlaydi, miyadan zaharli va zararli moddalarni olib chiqib

tozalab turadi. Eng asosiysi – likvor bosh miya ichki bosimini hosil qiladi.

Likvorning 2/3 qismi miya qorinchalarining o‘zida hosil bo‘lsa, qolgani qon orqali

keladi. Likvor bir hafta davomida to‘liq yangilanib turadi.

Bosh miya ichki bosimi odatda simob ustuni millimetrlarida yoki suv ustuni

millimetrlarida o‘lchanadi. Katta odam uchun norma 3­15 mm sim.ust. Fizik

jihatdan bu ko‘rsatkich atmosfera bosimidan likvor bosimining necha millimeter

balandligini ko‘rsatib beradi. Bolalarda bosim kattalarga nisbatan pastroq bo‘ladi.

Agar mana shu bosim normaddan yuqori bo‘lsa, bosh miya ichki bosimi ortishidan

dalolat beradi. Bosh miya ichki bosimining 30 mm.sim.ust. dan oshishi qaytmas

jarayonlarga olib kelib, hatto o‘lim holati ham kuzatilishi mumkin. Bosh miya ichki

bosimini qanday qilib o‘lchasa bo‘ladi, axir bu arterial bosim kabi

o‘lchanilmaydiku? Bosh miya ichki bosimini o‘lchash uchun maxsus instrumental

tekshiruv o‘tkazish kerak bo‘ladi, bu esa faqatgina statsionar sharoitda o‘tkaziladi.

Agar yuqoridagi simptomlar vaqti vaqti bilan kuzatilib tursa, bu faqatgina bosh

miya ichki bosimining ortishidan dalolat bermaydi, boshqa kasalliklarda ham shu




belgilar kuzatilishi mumkin.

Bu kasallikda eng ko‘p uchraydigan belgi bosh og‘rig‘idir. Migrendan farqli

ravishda bosh miya ichki bosimi oshganda og‘riq butun boshni qamrab oladi va bir

taraflama bo‘lmaydi. Og‘riq odatda tongda yoki kechki paytda paydo bo‘ladi, aksa

urganda, boshni harakatlantirganda, yo‘talganda og‘riq kuchayadi. Analgetiklar

qabul qilish og‘riqni qoldirmaydi.

Belgilardan biri ko‘ruv tomonidan kamchiliklar – tasvirning ikkilanishi, xiraligi,

periferik ko‘ruvning sustayishi, ko‘z atrofida tuman bo‘lishi, yorug‘likka bo‘lgan

sezgining kamayishi. Bunday patologik holatlar bosh miya ichki bosimining

oshishi natijasida ko‘ruv nervining siqilishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari ko‘z

olmasining formasi ham o‘zgarishi mumkin, ko‘z olmasi shu darajada bo‘rtib

chiqadiki hatto bemor qovoqlari bilan ko‘zlarini yopa olmay qoladi, qovoqlar rangi

ko‘karib ketadi.

Ko‘ngil aynashi va qusish ham bosh miya ichki bosimining oshishida ko‘p

uchraydi. Bemor qusgandan keyin yengillik sezmaydi.

Bosh miya ichki bosimi sog‘lom odamlarda ham qisqa muddatga 2­3 marta oshib

turish holatlari ham kuzatiladi. Masalan yo‘tal, aksa urish, jismoniy zo‘riqishlarda,

egilganda, stress va boshqalar. Ammo bosh miya ichki bosimi darhol normaga

qaytadi, agar bunday holat bo‘lmasa demak bosh miya ichki bosimining surunkali

oshishi kuzatilayotgan bo‘ladi.




BOLALARDA DISPLAZIYA

Дисплазия — бу тос суяги чуқурчасининг туғма яхши ривожланмаганлиги

бўлиб, бўкса суяги билан сон суяги туташган жойда нуқсон кузатилади.

Бундай болаларда сон суяги билан бўкса суяги туташган жой чиқиб кетишга

мойил бўлади, яхши ўсмайди.

Дисплазия кўпинча наслдан ўтадиган нуқсон саналса­да, гоҳида

ҳомиладорлик даври оғир кечган холатларда ҳам юзага келиши мумкин.

Масалан, ҳомиладорликнинг биринчи ойларида токсикознинг оғир ўтиши,

ҳомила атрофидаги сувнинг камлиги, нотўғри жойлашиши,

ҳомиладорликнинг дастлабки ойларида бўлажак онанинг инфекцион

касалликларга чалиниши, аёл етарлича озиқланмаганлиги, ҳомиладорлик

даври камқонлик билан кечганда, ташқи муҳитнинг турли зарарли

(дори­дармонлар, тамаки, спиртли ичимликлар) таъсирлари сабабли ҳам

юзага келади.

Касаллик қанча эрта аниқланса, уни даволаш ҳам шунча тез ва асоратларсиз

бўлади. Бунинг учун ҳар бир гўдакни туғруқхонадаёқ ортопед кўригидан

ўтказиш лозим. Гўдакнинг оёқларида дисплазия белгиларини ташқи

томондан ҳам қараб аниқлаш мумкин. Аввало, болани чалқанча ётқизиб,

оёғини тос­сон бўғими ва тизза бўғимидан буккан ҳолда сонни кериш керак.

Бунда оёқлар бемалол керилмаса, шунингдек, оёқ сонларидаги бурмалари бир

хил бўлмаса ҳам, болада дисплазия борлигига гумон уйғонади.

Аммо эътиборли бўлинг, шифокор рентген кўригисиз болангизга дисплазия

деб, аниқ ташхис қўйиши мумкин эмас.

Дисплазия бир томонлама ёки икки оёқда ҳам баравар учрайди. Касалликни

даволаш чоралари қуйидаги тартибда олиб борилади. Дастлабки

босқичларида даволовчи машқлар, бир гуруҳ физотерапевтик муолажалар

яхши самара беради. Даволашда оёқ сон суяклари керилиб, икки томонга

очилиб туриш тавсия этилади. Шунинг учун оёқлар доимий керилиб

туришини таъминлаш мақсадида турли шиналардан ҳам фойдаланилади.

Даволаниш муддати касалликнинг даражасига қараб, бир ойдан уч ойгача,

шиналар ёрдамида эса 3 ойдан 6 ойгача давом этади. Айрим ҳолларда, асосан

боланинг ёши катта бўлса ёки касалликнинг оғир даражаларида бир йилгача

чўзилиши ҳам мумкин.



Дисплазия вақтида аниқланиб, даво чоралари кўрилмаса, касаллик

ривожланиб, сон суягининг чиқишига қадар бориб етиши мумкин. Бу эса

касалликнинг оғир даражаси бўлиб, унда даволаниш қийинлашади ва

операциягача олиб боради.

Касалликка чалинган, вақтида даволанмаган болалар юрганда тез

чарчайдиган, оёғини қийшиқ босадиган бўлади. 20­25 ёшдан кейин қизларда

туғруқ жараёни оғир кечиши, туғруқдан сўнг оёқларда кучли оғриқ,

оқсоқланиш бутунлай юролмай қолиш ҳолатлари юзага келиши мумкин.

Осиё ва Африка мамлакатларида дисплазия умуман учрамас экан. Сабаби, у

ерда болалар йўргакланмас, оналар эса болаларининг оёқларини икки

томонга ташлаб кўтаришаркан. Айнан шу ҳаракатлар натижасида чаноқ сон

суяклари дисплазияси ўз­ўзидан даволаниб кетаркан.

Дисплазия қизларда етти баробар кўп учрайди. Сабаби, қизларнинг суяклари

дисплазияга мойил шаклда бўларкан.




Bolalardagi gipotrofiya. Bolalarda gipotrofiya ­ sabablari, tashxisi, davolash

Ko'pincha bolalarda patologik ovqatlanish buzilishi bo'lib, u tana vazni norma bilan

solishtirganda yoshga va balandlikka nisbatan kichik o'sish bilan birga keladi. Agar

ushbu kechikish 10% dan oshsa, gipotrofiya tashxis qo'yiladi va bu ko'pincha 3

yilga to'g'ri keladi.

Pediatriyada bu kasallik mustaqil turdagi distrofiya deb hisoblanadi. Kichik

bolalarda gipotrofiyani tanadagi juda og'ir kasalliklar (metabolik jarayonlarning

etishmovchiligi, immunitetni pasayishi, nutqning pasayishi va psikomotor

rivojlanish) bilan birga olib kelganligi sababli, kasallikni darhol aniqlash va

davolanishni boshlash muhimdir.

Gipotrofiyaning to'g'ri aniqlangan sabablari shifokorlarga har holda eng yaxshi

davolanishni belgilashga yordam beradi. Prenatal yoki postnatal davrning omillari

bolaning ovqatlanishida patologik buzuqlikka olib kelishi mumkin.

kam yoki beqaror oziqlanish oqibatida oqsil­energiya etishmovchiligi (kam

ovqatlanish, onaning tekis yoki inverted ko'krak bezi saratoni bilan bog'liq

qiyinchiliklar, gipogalaktiya, etarli miqdorda formulalar, ko'p miqdorda

regurravitatsiya, mikroelementlarning etishmasligi);

emizikli onaning bevosita ovqatlanishi;

yangi tug'ilgan chaqaloqlarning ba'zi kasalliklari uni faol emishlariga yo'l bermaydi

va shuning uchun to'liq ovqatlanish: bo'ri og'zi, konjenital yurak kasalligi, yoriq

lablari, tug'ilish shikastlanishi, perinatal ensefalopatiya, miya falaji, pilor stenozi,

spirtli ichimlik sindromi;

tez­tez shamollash, ichak infektsiyasi, sil kasalligi;

noqulay sanitariya­gigiyena sharoitlari: kichkintoylarni parvarish qilish, noyob havo

havosi, noyob chanqoqlik, kam uyqu.

Bolalikda buzilishning barcha sabablari o'zaro bog'liq bo'lib, ular bir­biriga bevosita

ta'sir ko'rsatadi va shu bilan kasallikning rivojlanishini tezlashtiradigan shafqatsiz

doira hosil qiladi.

Misol uchun, malnutrition (oziq­ovqat etishmovchiligi) qoniqarsiz oziqlanishni

rivojlanishiga olib keladi, uni kengaytirish tez­tez yuqadigan kasalliklarga olib




keladi va bu o'z navbatida bolada qoniqarsiz oziqlanish va vazn yo'qotishiga olib

keladi.


Tasnifi

Bola vazni tanqisligiga qarab bolalarda kam ovqatlanishning maxsus tasnifi

mavjud:

Odatda chaqaloqlarda 1 daraja gipotrofiya aniqlanadi (barcha chaqaloqlarning 20%



da), u bolaning vaznini yosh normasiga nisbatan 10­20% kamroq tashxis qo'yadi,



ammo o'sish stavkalari mutlaqo normaldir. Ota­onalar bu tashxis bilan

bezovtalanmasligi kerak: o'z vaqtida parvarish qilish va davolanish bilan bolani

og'irlashtiradi, ayniqsa emizishda.

2­darajali gipotrofiya (mo''tadil) og'irligi 20­30% gacha, shuningdek o'sishda

sezilarli kechikish (taxminan 2­3 sm).

3­darajali gipotrofiya (jiddiy) yosh normasining 30% dan ko'prog'i va o'sishda

sezilarli kechikish bilan tavsiflanadi.

Yuqoridagi uchta gipotrofiya darajasi turli xil belgilar va davolash usullarini taklif

qiladi.

Pediatrik gipotrofiya belgilari

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda malnutsiyaning belgilari odatda tug'ruqxonada

aniqlanadi. Agar kasallik olingan bo'lsa­da, tug'ma bo'lmagan bo'lsa­da, ota­onalar

hatto o'z uyida ham ba'zi belgilari bilan bolaning kasal ekanligini tushunishlari

mumkin. Belgilari kasallik shakliga bog'liq.

Agar bolada etarlicha ovqat tanqisligi aniqlansa, kasallikning sabablarini va tegishli

davolanishni aniqlash uchun chuqur tekshiruv o'tkaziladi. Shu maqsadda bolalar

mutaxassislarini konsultatsiya qilish ­ nevrolog, kardiolog, gastroenterolog,

genetika mutaxassisi, yuqumli kasallik bo'yicha mutaxassis.

Turli diagnostik tadqiqotlar (EKG, ultratovush, ekokardiyografi, EEG, koprogram,

biyokimyasal qon mesh) o'tkaziladi. Olingan ma'lumotlar asosida terapiya

allaqachon buyurilgan.



CHO’KISH — BELGILARI, BIRINCHI YORDAM KO’RSATISH,

CHO’KAYOTGAN ODAMNI QUTQARISH TEXNIKASI

Suvda cho’kish qiyin emas, hatto mohir suzuvchilar uchun ham. Va bu noxush

hodisa doim ham multfilm va kinolardagi singari, qahramonlar og’zini kulgili

ravishda ochib, qutqaruvchilarni chaqirishi bilan kechmaydi.

«Chunki ular suzishni bilmaydi» degan eng ayon javob juda ahmoqonadir. Suzishni

bilmaydigan inson chuqur suvga tushmaydi va umuman suvdan yiroqroq bo’lishga

harakat qiladi.

Spirtli ichimliklar. Mastlik kishini eng mantiqsiz harakatlarga undashi mumkin,

kishida o’z kuchini teran baholash bilan qiyinchiliklar ham kuzatiladi. Mast holatda

do’stlari bilan daryoni narigi sohiliga suzib o’ta olishga garov o’ynash yoki

shunchaki «yengillashish» uchun suvga tushib chiqish istagi uyg’onishi mumkin.

Har holda, alkogol — cho’kish sabablarining 80 foizini tashkil qiladi.

Tabiiy xavf. Suv girdobiga suzish bo’yicha sport ustasi ham tushib qolishi mumkin,

undan suzib chiqish va kuchli oqimni yengish esa juda qiyin.

Zarb. Sho’ng’ishga yoki suv tubidan chiqishga harakat qilayotganda odam suzib

yuruvchi shox­shabba, biron jism yoki boshqa birovga urilib ketishi mumkin.

Ba’zan zarba shunchalik kuchli bo’ladiki, odam qayta suv sathiga suzib chiqishga

qodir bo’lmaydi.

Tomir tortishi. Sovuq suvda, mushaklarning kuchli zo’riqtirish bilan tomir tortishib

qolishi ehtimoli yuqori, tortishib qolgan oyoqni ishlatib suzish esa deyarli mumkin

emas.


CHO’KISH TURLARI

Chin (haqiqiy). Shuningdek nam cho’kish deb ataladi, o’lim o’pkalarga suv kirishi

natijasida sodir bo’ladi. Havo o’rniga alveolalarda suv to’lishi natijasida qon

tomirlar yoriladi va qonga suv kiradi. Bu uch bosqichda kechadi:

Dastlabki. Bunda odam hushida, harakatlanishga, suv ostida nafasini ushlab

turishga va uni yutib yubormaslikka harakat qilishga qodir bo’ladi. Birinchi yordam

ko’rsatilgach va o’pkadan suv yo’tal bilan, oshqozondan esa qayt qilish orqali



chiqib ketganidan so’ng hech qanday asoratlar qolmaydi.

Agonal. Ushbu bosqichda cho’kayotgan odam hushini yo’qotadi. Garchi uning

harakatlari saqlanib qolsada, ammo ular ixtiyoriy bo’lmaydi, suv o’pkaga nazoratsiz

ravishda kiradi, yurak urishi va nafas olish mavjud, ammo zaifdir. Birinchi yordam

berilmasa va o’pkadan suv chiqarib tashlanmasa, jabrlanuvchi holati juda tez

uchinchi bosqichga o’tadi.

Klinik o’lim. Nafas olish va puls to’xtaydi, ko’z qorachig’lari yorug’likka reaktsiya

qilmaydi. Jabrlanuvchiga faqat dastlabki daqiqalarda yordam berish mumkin.

Soxta, ikkinchi nomi asfiksik cho’kish. Ushbu turdagi cho’kishda ham o’lim

o’pkaga suv tushishi sababli sodir bo’ladi, ammo bu safar bu spazm tomonidan

chaqiriladi. Tomoq teshigi qisiladi va suvning o’pkaga kirishiga to’sqinlik qiladi,

odam tezda hushini yo’qotadi, so’ngra suv tubiga cho’ka boshlaydi va natijada suv

nazoratsiz uning ichiga kiradi. Bu holat suvga keskin urilganda, qo’rquv, shok

vaziyatlarda kuzatiladi.

Sinkopal yoxud ko’k cho’kish. O’lim yurak urishi to’xtashi hisobiga sodir bo’ladi,

yurak to’xtashi esa — gipotermiya va ortiqcha kuch sarflash tufayli. Bunday

cho’kish turli xaotik harakatlarga ko’p energiya sarflaydigan va panikaga tushib

qoladigan tajribasiz suzuvchilarda ham, yurak yetishmovchiligi bo’lgan tajribali

suzuvchilarda ham kuzatiladi.

INSON CHO’KAYOTGANINI QANDAY BILISH MUMKIN

Albatta, hech qanday shovqin­suron ko’tarilmaydi — har bir nafas qultumi uchun

kurashish kerak bo’lgan holatda ko’pchilik odamlar baqirishmaydi. Shuningdek

qo’llarni silkitish va suv sachratish ham kuzatilmaydi.

Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:

Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti­vaqti bilan nafas

olish uchun ko’tariladi.

Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan

boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi

«shishadek» bo’lib qoladi.

Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas




oladi.

Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik

bo’ladi.

Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli

nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.

Cho'kkan odamga sun'iy nafas berish

Tayyorgarligi bo’lmagan kishi uchun eng oddiy sun’iy nafas berish «og’izdan

og’izga» usuli hisoblanadi. Buning uchun jabrlanuvchi chalqancha qilib yotqiziladi,

boshi orqaga tashlanib, og’ziga nafas berila boshlaydi, bunda uning burni

barmoqlar bilan yopib turiladi.

Refleks boshlanishi va jabrlanuvchi o’zi mustaqil nafas ola boshlamagunicha

daqiqasiga 12­14 marotaba nafas berish amalga oshirilishi kerak. Agar oldin chiqib

ketmagan suv chiqa boshlasa, jabrlanuvchining boshi yon tomonga burish,

qarama­qarshi tomondagi yelkasini esa ko’tarib qo’yish kerak.

BILVOSITA YURAK MASSAJI

Bunda qo’llarni ustma­ust qilib ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, uni

daqiqada 50­70 martalik chastota bilan ritmik tarzda bosish kerak.

Agar yordam bir kishi tomonidan amalga oshirilsa, 5 ta bosishga bitta sun’iy nafas

berish to’g’ri kelishi kerak. Jabrlanuvchi nafas ola boshlaganda darhol tez yordam

chaqirish kerak.

Chalqancha bo’ling va bo’shashing. Bosh suvga to’laligicha kirgan bo’lishi

mumkin? muhimi og’iz va burun suv sathidan yuqorida qolishidir.




Kuyish sababi, belgilari

Kuyish – terining xavfli shikastlanishi bo‘lib, bunda nafaqat teri balki boshqa

a’zolar ham zararlanadi. Ayniqsa kuyish buyraklar, yurak, moddalar almashinuvini

buzishga, tana harorati oshishiga, qayt qilish va boshqa asoratlarga olib keladi.

Kuygan vaqtda nima qilish kerak, shikastlangan insonga qanday birinchi yordam

berish kerak ? Axir, insonning keying ahvoli va hatto uning hayoti ham ko‘rsatilgan

birinchi yordamga bog‘liq.

Kuyish deganda to‘qimalarning kimyoviy va termik ta’sirlar natijasida travmatik

jarohati tushuniladi. Yuqori harorat bilan kuyish ko‘pincha yong‘in sodir

bo‘lganda, issiq jismlar, suv, yog‘ va boshqalar bilan kontakda bo‘lganda

kuzatiladi. Kimyoviy kuyish esa teri qoplamasiga ishqor, kislota va og‘ir metall

tuzlari tushganda kelib chiqadi. Aynan kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi

jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon

atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi.

Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan

elementar harakatlarni bilishi shart. Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez

tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini

yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:

Jarohatlovchi manbani olib tashlash, kuygan kiyimlardan halos etish kerak;

10­20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish




qon tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu

terining kuyish chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini

kamaytiradi. Kuygan sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida

bajariladi;

Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish

katta sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak;

Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan

foydalansa bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli

bo‘lish kerak. Bolalarda kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora

antiseptikadir. Ota­onalar doimo savollar berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan

pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va og‘riqni qanday kamaytirish

mumkin? Briliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod eritmasi haqida

unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir

ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush

tuzlari eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, «Surfalgin»

preparati bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini

tezlashtiradi va har qanday bolalar terisiga mos keladi.

Kuyganda umuman mumkin emas!

Jatohatlangan sohani o‘simlik moyi va kraxmal bilan yuvish;

Spirt saqlovchi preparatlardan foydalanish, yod va shu kabilar;

Teridagi pufaklarni mustaqil ravishda “yorish”;

Teriga yopishib qolgan kiyimlarni mustaqil ravishda olib tashlash;

Kuygan sohaga maz surtish;

Bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida siydikdan foydalanish.

I darajadagi kuyish

Bu turdagi kuyish, 50­70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda

bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi

darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi

qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish

va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati




vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin

bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri

sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam

ko‘rsatish talab etiladi.

II darajadagi kuyish

II darajadagi kuyish, terining 70­100 gradusdagi jismlar bilan kontakda bo‘lganda

kuzatiladi. Shu darajadagi kuyishga nafas yo‘llarining har qanday kuyishlarini

kirg‘azish mumkin. Terining yaqqol ko‘rinadiga qizarishi va bir­ikki soatlardan

keyin pufakchalar paydo bo‘lishi, ularning ichi suyuqlik bilan to‘lishi yuzaga

keladi. Pufaklarning yorilishi (o‘zi mustaqil, mexanik ta’sirlarsiz) dan keyin terida

qizil dog‘ saqlanib qoladi. Odatda jarohatning bitishiga ikki hafta vaqt sarfalanadi,

albatta jarohatga infeksiya qo‘shilmagan bo‘lsa.

Bunday darajadagi kuyishda turli xildagi maz va moylardan foydalanish mumkin

emas, shu bilan birga xalq tabobati vositalarini ham mustaqil qo‘llash tavsiya

etilmaydi. Bunday vositalar og‘riq hissini sezilarli darajada kamaytirsa ham,

infeksion bakteriyalar uchun ozuqa muhuti va qulay sharoit yaratib berishi mumkin,

bu esa jarohatning tiklanishiga halaqit beradi. Kuyish sodir bo‘lgandan keyin tez

tibbiy yordam chaqirish zarur, yordam kelgunga qadar jarohatlangan sohaga steril

quruq bog‘lam qo‘yish kerak. Demak II darajali kuyish 14 kunlardan keyin bitishni

boshlaydi, nafas yo‘llarining har qanday kuyishlari II darjadagi kuyishga kiradi.

III va IV darajadagi kuyish

III va IV darajali kuyishda teri to‘qimalari va mushaklarning kuchli zararlanishi,

ularning anatomik va funksional buzilishlari kuzatiladi. Keng hajmdagi soha

kuyganda oqibat ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Kuyishning shu darajasida, jarohat

olgan bemorda kuyish shoki kelib chiqadi, chunki bemor juda kuchli, chidab

bo‘lmaydigan og‘riqni his qiladi, buning natijasida es­hushini yo‘qotadi va atrof

muhitni his qilmay qo‘yadi. Shok holatida qon bosimi tushib ketadi, pulslar soni

ortadi. Bunday holat yog‘, bug‘, qaynoq suv bilan teri sohasining 10 foizdan 30




foizgacha jarohatlanishidan kelib chiqadi. Zararlangan terida chuqur yaralar paydo

bo‘ladi, teri tiklanganda yaqqol namoyon bo‘luvchi chandiq qoladi. Ayrim hollarda

bemor nogiron bo‘lib qoladi.

IV darajali kuyishda teri qavati buziladi, teri osti kletchatkasi, mushak hatto

suyaklar ham zararlanadi. Bunda bemor og‘riq sezmaydi, chunki nerv oxirlari ham

shikastlangan bo‘ladi. Ayrim holatlarda, shifokorlar zararlangan qo‘l yoki oyoqlarni

amputatsiya (kesib tashlash) qilishiga to‘g‘ri keladi. Agar keng hajmdagi kuyishlar

kuzatilsa, mustaqil ravishda chora ko‘rish qat’iyan mumkin emas!




Sovuq olishi

Sovuq olishi (tibbiyotda) ­toʻqimalarning zararlanishi. Sovuq olishida toʻqimalar

zararlanishiga, asosan, qon tomirlarining sovuq taʼsirida davomli torayishi

natijasida ularda roʻy beradigan turgʻun oʻzgarishlar sabab boʻladi. Faqat qattiq

sovuq kunlari emas, balki yogʻingarchilik va shamolli havoda harorat nul daraja

atrofida boʻlganda ham So. mumkin. Kishi uzoqvakt sovuqda boʻlganida

termoregulyasiyaning tabiiy mexanizmlari gavdaning periferii qismida joylashgan

organlar temperaturasini normal holatda saqlay olmay, astasekin qon aylanishi

pasayadi, keyin vaqtincha toʻxtab ham qoladi. Organizm sovuqqa bardosh

berolmaydi, toʻqimalarda chuqur oʻzgarishlar roʻy beradi, hujayralar oʻladi. Qon

tomirlar spazmi belgilaridan biri — organning sezish qobiliyati yoʻkrlishi va

terining oqarishidir. Tor kiyimbosh va poyabzal (qon aylanishini qiyinlashtiradi),

nam kiyim kiyish, kasalliklar oqibatida organizmning kuchsizlanib qolishi, qon

yoʻqotish va boshqa Sovuq olishiga sabab boʻladigan omillardir.az,’

Koʻpincha qoʻl va oyoq barmoqlari, burun va quloq chigʻanogʻini sovuq oladi.

Bilak, boldir boʻgʻimlarining yuqori qismi va gavdaning katta sathi (dumba, qorin

va boshqalar)ni Sovuq olishi kamdankam uchraydi, odatda, kishi muzlab

qolgandagina bu sohalarni ham sovuq oladi. Gavdaning sovuq olgan qismi oʻziga

xos koʻrinishda boʻladi; teri oqaradi yoki koʻkimtir tusga kiradi, qoʻloyoqlar qotib

qolgandek tuyuladi. Issiq qilingach, sovuq olgan joylar darrov shishadi, soʻngra

Sovuq olishi darajasiga qarab toʻqimalarda yalligʻli oʻzgarishlar roʻy beradi yoki

ular oʻladi (nekroz). Sovukdan zararlanish holatiga koʻra, Sovuq olishi 4 darajaga

boʻlinadi. 1darajali Sovuq olishi ancha yengil boʻlib, zararlangan joy isitilgach

shishadi va teri koʻkimtir tusga kiradi; 2darajali Sovuq olishida terida tiniq

suyuqlik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻladi; 3darajali Sovuq olishi ogʻir kechadi,

terida qon aralash suyuklik yigʻilgan pufakchalar paydo boʻlib, bir necha kundan

soʻng ular oʻrnidagi toʻqimalar oʻladi va irib tushib ketib, oʻrnida chandiqlar hosil

boʻladi. Sovuq olishining 4darajasi juda ogʻir kechadi, bunda faqat teri shikastlanib

qolmay, boshqa yumshoq toʻqimalar va hatto suyak ham oʻzgarishlarga uchraydi,

natijada toʻqimalar oʻladi. Vaqt oʻtishi bilan ular qorayib, qovjirab quriydi va

astasekin tushib ketadi. Jarohatlarning bitishi bir necha hafta va oygacha choʻzilishi

mumkin, bu Sovuq olishining ogʻirengilligi, sovuqning qancha vaqt taʼsir

qilganligiga bogʻliq. Shuning uchun sovukdan zararlangan kishini darhol issiq uyga

olib kirib, uncha issiq boʻlmagan grelka qoʻyib isitish va zudlik bilan kasalxonaga




joʻnatish kerak. Sovuq olishining oldini olish uchun organizmni sovuqqa

chiniqtirish lozim. Sovuqqa chidamli kishilar organizmda issiqlik hosil boʻlishi

birmuncha shiddatliroq boradi, bu esa terining qon bilan taʼminlanishini

yaxshilaydi, tananing sovuqqa chidamliligini oshiradi.

Elеktr toki bilan jarohatlanish

Elеktr toki bilan jarohatlanishlar umuman olganda 0,5­1,0 % ni tashkil etadi.

Ammo ulardan elеktr toki natijasida o`lim bilan tugagani 20­40 % ga to`g`ri kеladi

Elеktrjarohat­ elеktr toki yoki elеktr yoyi ta'siri natijasida kеlib chiqqan jarohatdir.

Elеktr tokidan har xil sharoitlar: sim yoki tok o`tkazuvchi ochiq qismlarga tеgib

kеtishdan, himoyalanganligi buzilgan bo`lsa, yoy orqali elеktr tokini ta'sir qilishi,

uskunalarning mеtall qismlariga tеgib kеtishdan, tasodifan kuchlanish ostiga tushib

qolish, elеktr uzatuvchi qismlarga katta o`lchamli mashinalarning(avtokranlar, don

o`rish va paxta tеrish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi va

boshqalarda jarohatlanish mumkin.

Elеktr tokining odam organizmiga va hayvonlarga ta'siri juda o`ziga xos murakkab

shaklda vujudga kеladi. Organizmdan elеktr tokining o`tishi natijasida kimyoviy,

issiqlik va biologik ta'sir ko`rsatadi. Kimyoviy ta'sir tufayli qon tarkibidagi

moddalar va boshqa organik suyuqliklar parchalanadi. Issiqlik ta'siri natijasida

tеrining ayrim qismlari kuyadi. Elеktr tokining biologik ta'siri natijasida

organizmdagi tirik hujayralar qo`zg`aladi, tеri qichishadi, tomir tortishadi va

muskullar qisqaradi. lеktr toki urishi katta xavf tug`diradi, u butun organizmni

jarohatlaydi, asab sistеmasini, yurak va nafas olish organlarini to`liq yoki qisman

falajlashi mumkin.

Organizmni elеktr tokidan jarohatlanishiga bir nеcha omillar: tok kuchi, insonning

qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, ta'sir qilish muddati. shungdеk

odam organizmining alohida xususiyatlari ta'sir ko`rsatadi.

Xavf yuz bеrishi mumkin bo`lgan quydagi tok qiymatlarini ajratish mumkin:

1. Sеziluvchan tok (2mA gacha)­ organizmdan o`tganda sеzilarli qo`zg`atishni

kеltirib chiqaradi;

2. Qo`yib yubormaydigan tok (10­25mA)­ organizmdan o`tganda qo`l muskullarida

еngib bo`lmaydigan tomir tortishishlar ro`y bеradi.



3. Fibrilyatsion tok (50 mA dan yuqori)­ organizmdan o`tganda yurakni

fibrilyatsiyalaydi (yurak muskullarining tartibsiz qisqarishi).

Elеktr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega.

Odam tanasining elеktr tokiga qarshiligi kеng 100000 dan 1000 Om oraliqda

o`zgaradi vat еri qoplamining holatiga (qruq, nam, dag`allashgan, shikastlanmagan

yoki shikastlangan tеri), bog`lanishning maydoni va zichligiga, shungdеk

o`tayotgan tokning kuchi va chastotasiga va ta'sir qilish muddatiga bog`liqdir.

Charchaganda, kasallanganda, tеrlaganda, elеktr qurilmalari ostida ishlayotganda

diqqat e'tibor boshqa narsaga chalg`iganda organizmning elеktr toki ta'siriga

qarshiligi kеskin kamayadi. Yuragi kasal, tеrisida qichima kasalligi bor, oshqozoni

yara, epilеpsiya bilan og`rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor

kishilar elеktr qurilmalarida ishlashga yo`l qo`yilmaydi.

Hayvonlarning organizmiga ham elеktr toki, odamlardagi kabi ta'sir qiladi.

Hayvonlar qanchalik og`ir bo`lsa, elеktr tokiga qarshiligi shuncha ko`payadi. Tok

qiymati 100 mA bo`lganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hеch

qanday o`zgarish bo`lmaydi. Ammo hayvon tanasining qarshiligi, odam tanasining

qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va orqa oyoqlari orasidagi

tana qarshiligi 400­600 Om, hayvon yiqilganda esa 50­100 Om gacha kamayadi.

Hayvonlarga kichik kuchlanishlar bilan har doim ta'sir qilib turilsa, ular

mahsuldorligi kamayib kеtishi kuzatilgan. Agar kuchlanishning kattaligi 4­8 V

bo`lsa, sut bеrish 20­40 % ga kamayadi.

Qishloq xo`jaligida, odatda, o`zgaruvchan elеktr tokidan foydalaniladi. Ko`pgina

jihozlar 380 V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun uchun esa 220 va 127 V

kuchlanishlardan foydalaniladi. Elеktr xavfsizligi shartlariga ko`ra, elеktr

qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bo`linadi.

2. Elеktr toki urishiga kishining elеktr zanjiriga ulanib qolishi sabab bo`ladi. Elеktr

tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor: ikkita sim orasida ulanib qolish va sim

bilan еr orasida ulanib qolish.Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish

kattaligiga, pol va poyafzal himoyalanishning holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi

muhit sharoitiga, simlarga tеkkan paytda kishining holatiga bog`liq. Tana, qo`llar

orqali tok o`tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok o`tadigan yo`lda yurak, o`pka,

miya joylashgan. Odamning elеktr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga

quydagilar sabab bo`ladi:



1. Elеktr qurilmalarini o`rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik tеxnikasi

qoidalarining buzilishi;

2. Elеktr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o`tkazmaydigan mеtall

qismlarga tеgib kеtishi;




Chayon chaqishi

Chayon chaqishi – kishi hayoti uchun xavfli holat. Chayon chaqqan joyda kuchli

ogʻriq seziladi, keyinchalik u qon tomirlari va nerv tolalari orqali butun tanaga

tarqaladi.

Oʻsha joy qizib, baʼzan “muzlab” jonsizlanadi, qichishadi, qizarib shishadi, goho

unda pufakchalar paydo boʻladi; kishi holsizlanadi, boshi aylanadi va ogʻriydi, eti

uvishadi. Ogʻirroq hollarda tomir tortishib, nafas olish, gapirish qiyinlashadi.

Chayon chaqqan joyga nashatir spirti surtib, issiq qilish lozim, unga sarimsoq yoki

piyozni ezib qoʻyish, margansovka (kaliy permanganat) eritmasi bilan vanna qilish

ham mumkin.

Chayon chaqqan kishida beholik alomatlari kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat

etish zarur. Unga iloji boricha koʻp suyuqlik ichirish lozim.

Chayon chaqishi holatini oldini olish uchun chayon oʻlja qidirib kirib qolishi

mumkin boʻlgan poyabzal, kiyim va boshqa(lar)ni qoqib­suqib kiyish maqsadga

muvofiq.

Ilon zahari — zaharli ilonlarning zahar bezidan chiqadigan sargʻish yoki och yashil,

hvdsiz tiniq suyuklik. Quritilgan I.z.ning 70—90% i murakkab oqsil moddalar,

qolgani anorganik moddalardan iborat. Zahar tarkibida erkin aminokislotalar,

yogʻlar, yogʻ kislotalar, har xil tuzlar bor; natriy, kalsiy, kaliy, rux, magniy, fosfor,

kremniy, temir, kumush kabi elementlar ham uchraydi. I.z.da 15 ga yaqin oqsil

moddalar borligi elektroforsz usulida aniqlanib bu moddalarning biologik xossalari

turlicha ekanligi qayd qilingan. Ulardan biri odam yoki hayvonni oʻldirsa,

ikkinchisi qonni ivi­tadi, uchinchisi qizil qon tanachalarini yemiradi, boshqasi esa

organizmga hech qanday taʼsir koʻrsatmaydi. Koʻzoynakli ilon zaharidan nervga

taʼsir etadigan modda — neytrotoksin, koʻlbor ilon va charx ilon zaharidan bir

qancha fermentlar ajratib olingan. Ilon chaqqan odamning zaharlani­shida ana shu

maxsus toksinlar va baʼ­zi­ fermentlar asosiy rol oʻynaydi. Yaxshilab quritilgan va

havo kirmaydigan qorongʻi joyda saklangan I. z. 15—20 yilgacha barcha

xossalarini saqlab qoladi.

Oʻrta Osiyodagi zaharli ilonlar zaharining organizmga taʼsiri ham bir xil emas, mas,

koʻzoynakli ilon zahari, asosan, nerv sistemasiga, koʻlbor ilon, charx ilon va boʻsh

ilon zahari esa, asosan, kon tomir devori va qonga taʼsir etadi. Bu ilonlar chaqqanda




jarohatlangan joy va uning atrofi zahardagi gemorragik moddalar taʼsirida shishadi

va qattiq ogʻriq paydo boʻladi. I. z.ning taʼsiri odamning kaysi jo­yini ilon

chaqqaniga ham bogʻliq. Koʻkrak yoki boʻyinni chaqsa, juda xavfli, chunki bu

qismda yirik qon tomirlar koʻp.

Ilon chaqqanda koʻriladigan eng asosiy choralardan biri organizmga kirgan zahar

miqdorini kamaytirishdir. Buning uchun ilon chaqqan joy mahkam ushlanadi va

qattiq siqib, jarohatdan qon chiqariladi. Qonni ogʻiz bilan ham soʻrib olish

mumkin, lekin ogʻiz boʻshligʻida yarachaqa boʻlmasligi kerak. Ilon oyoq yoki

qoʻlni chaqsa, zahar badanga tez tarqalmasligi uchun, ularni mutlaqo qimirlatmaslik

kerak. Qaysi ilon chaqsa, organizmga oʻshaning zaharidan tayyorlangan maxsus

zardob yuboriladi. Bunday zardoblar Toshkentdagi Vaksina va zardoblar ilmiy

tad­qiqot intida tayyorlanadi.

I.z.dan tayyorlangan preparatlar shi­fobaxsh dori sifatida ishlatiladi, mas, vipraksin,

nayasin va viprosallar yalligʻlanishga qarshi va ogʻriqsizlantiruvchi xossalarga ega

boʻlib, revmatizm va nerv kasalliklarini davolashda qoʻllaniladi. I. z.dan ajratib

olingan fermentlar nuklein kislotalar va oqsil moddalar strukturasini, organizmning

baʼzi ferment sistemalarini, oqsillar almashinuvida oraliq moddalar hosil boʻlishini

oʻrganishda koʻllanilmoqda. Oʻzbekiston FA Biokimyo institutipa. Oʻrta Osiyodagi

zaharli ilonlar zaharining kimyoviy tarkibi va taʼsiri oʻrganiladi.

Ilonlardan har 25—30 kunda bir marta zahar olinadi. Oʻzbekistonda uchraydigan

ilonlardan kuzoynakli ilon (kapcha ilon) va koʻlbor ilon (gyurza)da koʻp, charx ilon

va boʻsh ilon (qalqontumshuq ilon)da kamroq, choʻl qora iloni (gadyuka)da juda



kam zahar boʻladi. Har galda koʻpi bilan 0,1 g quruq zahar olish mumkin.

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish