Har qanday yirik shahar kabi Toshkent ham qadimda mudofaa devori bilan o‘ralgan. Shahar darvozalarini XIX asr oxirlarida ham ko‘rish mumkin edi. Darvozalar soni o‘zgarib turgan. XVIII asrda 8 ta darvoza boigan boisa, XIX asrda 12 ta edi. Tarixchi Muhammad Solih (XIX asr) quyidagi darvozalarni sanab ko'rsatgan: 1) Qiyot darvozasi; 2) Turklar darvozasi; 3) 0 ‘zbeklar darvozasi; 4) Taxtapul darvozasi; 5) Qorasaroy darvozasi; 6) Chig‘atoy darvozasi; 7) Su’boniyon (Sag‘bon) darvozasi; 8) Ko‘kcha darvozasi; 9)Kamon- daron (Komondorlar) darvozasi; 10) Qangli darvozasi; 11) Beshog‘och darvozasi; 12) Qatag‘on (Qo‘ymas-Kenagas) darvozasi. Darvozalarni himoya qilish o'zbek qabilalari vakillarining zim- masida boigan. Qo‘riqchilar uchun darvoza yaqinida boshpana ajratil- gan. Masalan, Qiyot qabilasi vakillari Qiymas darvozasini himoya qilganlar va Qiyot nomli mahallada yashaganlar. Bu mahalla hozirgi Navoiy ko‘chasi, 0 ‘rda yonida boigan.
Ko'kcha darvozasini Yobu qabilasi vakillari qo‘riqlagan, shuning uchun shu darvozaning sharq tomonidagi mahalla Yobunazirdeb atalgan.
Chig‘atoy darvozasi Qo‘shchiota darvozasi deb ham atalgan. Bu darvozani muhofaza qilish o'zbek millati tarkibiga kirgan chig‘atoy qabilasining zimmasida boigan, qabila vakillari shu darvoza atroflarida yashagan, keyinchalik bu yerlar Chig‘atoy mahallasi nomini olgan.
Chig‘atoy toponimi Chingizxonning ikkinchi o‘giining nomidan olingan emas. Chingizxonning o‘gii XIII asrda yashagan, turkiy chig'atoy qabilasi undan ancha oldin mavjud edi. Chig‘atoy tili, chig‘atoy adabiyoti atamalari o‘sha qabila nomidan olingan.Toshkentning uzun ko‘chalaridan biri Chig‘atoy, shu ko‘cha yoqasidagi mozor Chig‘atoy qabristoni deb ataladi.
Yuqorida ta’kidlangani kabi shahar darvozalaridan ko‘pchiligi etnik nomlar bilan atalgan. Tarixchi Muhammad Solih Qorasaroy, Beshog‘och, Kamondaron darvozalari ham urug‘-qabila nomlari bilan atalgan deydi. (Kamondaron keyinchalik Kamolon boiib ketgan).
Darvozalaming nomlari o‘zgarib turgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Toshkent darvozalari quyidagicha nomlangan: 1) Samarqand darvozasi; 2) Ko‘kcha darvozasi; 3) Chig‘atoy darvozasi; 4) Sag‘bon darvozasi; 5) Qorasaroy darvozasi; 6) Taxtapul darvozasi; 7) Labzak darvozasi; 8) Qashqar darvozasi; 9) Beshog‘och darvozasi; 10) Qo‘qon darvozasi; 11) Qo‘ymas darvozasi; 12) Kamolon darvozasi. Ko'rinib turibdiki ba’zi bir darvozalar yo‘l qayerga borishiga qarab nomlangan. Ayrim darvozalaming nomlari hozir ham saqlanib qolgan.