Litosfera. Tayanch iboralar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana17.08.2021
Hajmi0,75 Mb.
#149916
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2- mavzu maruza

Atmosferaning  tarkibi.  Yer  tabiatining  bir  qismi  sifatida  uzoq  geologik 

davr mobaynida shakllangan. Atmosfera doimiy va vaqtincha tarkiblardan iborat. 

Atmosferaning doimiy tarkibi turli xil gazlar aralashmasidan iborat. L. P. SHubaev 

(1975) ma’lumoti bo’yicha quruq havoning tarkibida quyidagi gazlar mavjud: 

- azot (78,10%),  

-kislorod (20,93%), 

- argon (0,93%), 

- karbonat angidrid (0,03%), 

 vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon va boshqalar (0,01%). Kislorod atmosferada 

ozon ko’rinishida ham uchraydi. 

Atmosfera tarkibini shakllanishida uchta bosqich ajratiladi:  

1) Yerning dastlabki atmosferasi suv bug’lari, vodorod ammiak va vodorod 

sulьfatidan iborat bo’lgan. Suv bug’lari Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida 

vodorod  bilan  kislorodga  parchalanib  turgan  bo’lsa  xam,  u  vaqtdagi  atmosferada 




erkin  kislorod  bo’lmagan.  Erkin  kislorod  ammiak  oksidlanib,  azot  va  suvga 

aylanishiga,  shuningdek  metan  bilan  uglerodning  oksidlanishiga  sarf  bo’lgan. 

Vodorodning  bir  qismi  kosmik  fazoga  tarqalib  turgan.  Karbonat  angidrid  Yer 

po’stining  boshqa  elementlari  bilan  reaktsiyaga  kirishib,  oxaktosh  va  boshqa 

karbonatli jinslarni hosil qilgan; 

 2)  ikkinchi  bosqichda  atmosfera  karbonat  angidriddan  iborat  bo’lgan. 

Karbonat  angidrid  vulkanlar  otilganda  mantiyadan  chiqib  kelgan.  Qadimda 

vulkanlar ko’p otilib turgan.  

3)  uchinchi  bosqich  paleozoyning  oxiridan  boshlangan.  Mazkur  davrdan 

boshlab  atmosfera  tarkibi  xozirgi  holatga  ega  bo’lgan.  Bunday  havo  tarkibining 

tarkib  topishida  va  saqlanib  qolishida  tirik  mavjudotlar  muhim  o’rin  tutgan 

(V.I.Vernadskiy). 

Azot  atmosferada  katta  miqdorni  tashkil  qiladi  (78%).  Uning  manbai 

ammiak bo’lishi mumkin (4NH+3O

2

=2N


2

+6H


2

O). Azot bog’langan holda organik 

birikmalarda  keng  tarqalgan.  Bunday  azot  asosan  bakteriyalarning  erkin  azotnng 

to’plashidan  hosil  bo’ladi.  Azotning  birikmalardan  ajralib  chiqishi  xam  asosan 

bakteriyalar  ta’sirida  ro’y  beradi.  Atmosferada  azot  kislorod  aralashmasi  rolini 

o’ynab,  oksidlanish  sur’atini  va  biologik  jarayonlarini  tartibga  solib  turadi.  Azot 

uncha  faol  emas,  ammo  atmosferada  eng  keng  tarqalgan  gaz.  Azot  juda  ko’p 

organizmlar  tomonidan  bevosita  havodan  emas,  balki  azot  to’playdigan 

bakteriyalar va suv o’tlari orqali o’zlashtiriladi. 

Kislorod kimyoviy jixatdan  o’ta  faol element. Kislorod Yerda eng keng tarqalgan 

elementlardan  hisoblanadi.  Uning  asosiy  qismi  bog’langan  holda  mavjud,  barcha 

kislorod  miqdorining  faqat  0,01  qismigina  erkin  holdadir.  Erkin  kislorod  dastlab, 

suv  bug’larining  Quyoshning  ultrabinafsha  nurlari  tasiri  ostida  fotoximik 

parchalanishidan  hosil  bo’lgan.  Lekin  erkin  kislorodning  asosiy  qismi  yashil 

o’simliklar  fotosintez  vaqtida  hosil  bo’ladigan  kisloroddan  og’irroqdir.  Uning 

og’irligi  SO

2

  gazning  ul’trabinafsha  nurlari  ta’sirida  parchalanishidan  hosil 



bo’ladigan  «og’ir»  kislorod  hisobiga  ortadi.  Kislorodning  atmosferada  bo’lishi 

hayot  omili  –  nafas  olishning  zaruriy  shartidir.  Kislorod  organizmlarni  hosil 




qiluvchi ošsil, yog’  va uglevodlar tarkibiga kiradi

11

.  Organizmlar  hayot  kechirish 



uchun zarur bo’lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Atmosferada taxminan 

10

15



t  kislorod  bor.  Fotosintez  jarayonida  atmosferaga  yiliga  20  10

16

g.  kislorod 



chiqariladi. 

Vaqtincha  (o’zgaruvchan)  tarkiblarga  SO

2

,  O


3

,  suv  bug’lari,  aerozollar 

kiradi. 

Karbonat 

angidrid 

havoga 


vulkanlardan, 

gidrosfera 

suvidan, 

mavjudotlarning  parchalanishidan  keladi.  Karbonat  angidridning  atmosferada 

miqdori  kam,  ammo  u  geografik  qobiqning  faoliyatida  katta  axamiyatga  ega. 

Organik moddalarni hosil bo’lishida karbonat angidrid fotosintez jarayonida asosiy 

material bo’lib hisoblanadi 

6SO


2

+6N


2

O+energiya=S

6

N

12



O

6

+6O



2

 

Suv tarkibidagi karbonat angidrid gazi suvning erituvchanlik xossasini oshiradi va 



tog’  jinslarining  nurashida  bir  omil  bo’ladi.  U  Yerning  issiqlik  balansini  tartibga 

solib  turuvchi  omillardan  biridir,  chunki  u  qisqa  to’lqinli  Quyosh  radiatsiyasini 

o’tkazib yuborib, Yer tarqatadigan uzun to’lqinli issiqlik nurini yutib qoladi. 

 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish