№ Tuproq – o’simlik formatsiyalarining turlari
Fitomssa ts/ga
1
Qutb cho’llari
50
2
Gleey tuproqli tundra
280
3
Gleey – podzol tuproqli shimoliy tayga
1500
4
Podzol tuproqli markaziy tayga
2600
5
Chimli - podzol tuproqli janubiy tayga
3000
6
Kulrang o’rmon tuproqli keng bargli o’rmonlar
3700
7
Qo’ng’ir o’rmon tuproqli keng bargli o’rmonlar
4000
8
Qo’ng’ir – bo’z tuproqli cho’llar
45
9
Qizil va sariq tuproqli keng bargli o’rmonlar
4500
10
Bo’z tuproqli cho’llar
20
11
Qizil ferralit tuproqli doimiy nam tropik
o’rmonlar
6500
12
Amazonka xavzasi nam tropik o’rmonlari
10000
13
Tropik mintaqaning cho’llari
15
14
Dengizbo’yi mangra o’rmonlari
1200
Xuddi shunga o’xshash qonuniyat tog’lardagi asosiy vertikal zonalarda xam
mavjudligi aniqlangan. Eng ko’p fitobiomassa tog’ o’rmon zonalariga to’g’ri kelib
uning miqdori gektariga 3000 kg. gacha yetishi mumkin.
Tog’ jinslarini haroratning o’zgarishi, suv, shamol, muz, o’simliklar, xayvonot
dunyosining mexanik, fizik yoki kimyoviy ta’sirida o’zgarishi va oxiri kelib
butunlay o’zgarishi va maydalanishiga nurash jarayoni deyiladi.
Tog’ jinslari va minerallarni nurashga chidamliligi ularning ichki tuzilishi va
shu joyning tabiiy geografik sharoitiga bog’liq. Minerallar ichida nurashi oson
mineral dala shpati bo’lsa, nurashga chidamli mineral kvarts hisoblanadi. Nurashga
ta’sir ko’rsatuvchi tabiiy geografik sharoit deganda ma’lum joyda suvning mo’lligi
yoki tansiqligi, uning xossasini o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi sharoitni o’zgarib
turishi, tirik organizmlarning faoliyati, xavo harorati va namlik tushuniladi. Bu
omillar ko’p jixatdan zonallik qonuniyatiga bo’ysunadi, shuning uchun quruqlikda
mintaqaviy nurash qobig’i vujudga keladi.
Nurash ta’sirida minerallar qayta kristallashadi va uqalanadi. Geografik
qobiq uchun moddaning eng mayda zarrachalari – gell va kolloidlar (loyqa, gumus
va boshqalar) katta axamiyaga ega.
Nurash faqat qattiq moddaga ta’sir ko’rsatib qolmasdan nurash qobig’idagi
suv va xavoning xususiyatlarini xam o’zgartiradi. Eritmadagi ionlar suv bilan birga
harakat kiladi, boshqa ionlar bilan birlashadi, cho’kindi hosil qiladi va
kristallashadi.
Nurash jaryonida Yer yuzasida o’ziga xos qatlam nurash po’sti – geologik
farmatsiyani vujudga keltiradi. Nurash po’sti parchalangan (oksidlanish,
gidratsiya va gidroliz ta’sirida maydalangan) mahsulotlardan va ishqorsizlangan
tog’ jinslaridan tashkil topadi. Agar ular dastlab hosil bo’lgan joyda qolsa uni
qoldiq nurash po’sti, agar biror joydan boshqa joyga olib ketilgan bo’lsa qayta
yotkizilgan nurash po’sti hosil bo’ladi.
Nurash po’stining qalinligi odatda 30 – 60 m, ba’zan 200 m.gacha yetadi.
Tog’lar va baland teksliklarda nurash po’sti sidirg’a bo’lmay, faqat pastqam
joylardagina uchraydi.
Nurash po’sti barcha geologik davrlarda hosil bo’lgan. Nurash tezligi, uning
kimyoviy xususiyatlari va qalinligi bir qator geologik, geografik va biologik
omillarga bog’liq. Nurash po’stining xususiyatlari ham asosiy geografik qonuniyat-
geografik zonallik qonuniyatiga bo’ysungan holda shakllanadi, uni 6- jadval
tahlilidan ko’rish mumkin.
Nurash po’stining eng yuqori qismi tuproq qoplamidan iborat. Tuproq o’ziga
xos tabiat mahsuli bo’lib, u hosildorlik xususiyatiga ega, ya’ni o’simliklar hosil
berishi uchun ularni kerakli ozuqa moddalar va namlik bilan ta’minlab turuvchi
qatlam hisoblanadi. Tuproqda ko’plab har xil organizmlar, bakteriyalar, tuproq
mikrofaunasi, zamburug’lar, o’simliklarning tomirlari joylashgan, ba’zi bir
jonivorlar istiqomat qiladi. Tuproq hosil bo’lgan tog’ jinslari tuproq ona jinsi
deyiladi. Tuproq hosil bo’lish jarayoniga tog’ jinslaridan tashqari iqlim, relyef,
o’simliklar va hayvonot dunyosi katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproq qonuniy ravishda
joylashgan qatlamlardan iborat murakkab tuzilishga ega.