4.Havo massalari. Harorati, namligi va boshqa o’lchamlari bir xil bo’lgan
havoning juda katta xajmdagi bo’laklari havo massalari deb ataladi. Ularning
o’lchamlari materiklarning yoki okeanlarning ayrim qismlariga teng bo’ladi.
Troposfera
ko’ndalang
yo’nalishda
havo
massalariga bo’linadi.
Troposferada bir paytning o’zida bir necha o’nlab havo massalari mavjud bo’lishi
mumkin. Ular doimo xarakatda bo’ladi, shuning uchun ularining xossalari doimo
o’zgarib turadi va issiq, quruq, yomg’irli, sovuq ob – havoni olib kelishi mumkin.
Ikki ko’shni havo massalari oralig’ida atmosfera frontlari vujudga keladi. Frontlar
ikki havo massasini bir – biridan ajratib turadigan oraliq qatlamdir. Uning kengligi
bir necha o’n kilometr bo’lishi mumkin. Atmosfera frortlarida havo tez suratlarda
harakatlanadi, siklonlar va antisiklonlar hosil bo’ladi, yog’inlar yog’adi, ob – havo
keskin o’zgaradi. Atmosfera frortlari troposferaning eng xarakatchan qismidir.
Troposferada ekvatorial, tropik, mo’’tadil, arktika va antarktika havo massalari
ajratiladi. Ular o’z navbatida kontinental va dengiz turlarga bo’linadi.
Ekvatorial havo massalari (EXM) ekvatorial kengliklarda vujudga keladi.
Yil bo’yi xarorati va namligi yuqori. Okean va quruqlik havo massalari bir xil
xususiyatga ega, shuning uchun bu yerda dengiz va quruqlik havo massalari
ajratilmaydi. Yozda ekvatorial havo massalari subekvatorial mintaqaga bostirib
kiradi va ko’p yog’in yog’ishiga sabab bo’ladi.
Tropik havo massalari. Tropik va subtropik kengliklarda okean va quruqlik
ustida vujudga keladi (Saxroi Kabir, Arabiston yarim oroli, Meksika, Avstraliya).
Yozda tropik xavo massalari mo’’tadil mintaqaning quruq xududlarida xam
vujudga keladi (O’rta Osiyo, Mug’uliston, Shimoliy Xitoy, Katta xavza).
Kontinental tropik havo yuqori harorat va namlikning kamligi bilan ajralib turadi.
Quruq xududlardagi havo tarkibida changlar ko’proq bo’ladi. Dengiz tropik
xavosida nam ko’proq bo’ladi, ammo haroratning yuqoriligi tufayli to’yinish
chegarasidan ancha pastda. Natijada okeanlarning tropik kengliklarida bug’lanish
ko’p bo’ladi.
Mo’tadil havo massalari mo’tadil kengliklarda vujudga keladi va xilma –
hilligi bilan ajralib turadi. Mo’’tadil mintaqaning kontinental havosi materiklar
ustida shakllanadi. Ular yil fasllari davomida o’zgarib turadi. Yozda havo kuchli
qiziydi va sernam bo’lib qoladi. Qishda kuchli sovib ketadi va quruq bo’lib qoladi.
Mo’’tadil dengiz havosi okeanlar ustida tarkib topadi, sernamligi va mo’’tadil
harorati bilan ajralib turadi. Qishda mazkur havo massalari iliqlik va yomg’ir olib
keladi, yozda esa salqin, yomg’irli ob – havoni olib keladi.
Arktika va Antarktika havo massalari muz va qorlar ustida shakllanadi.
Qishda juda sovib ketadi, ayniqsa qutbiy tunlar davrida. Mazkur havolar past
harorat, nisbiy namlikning kamligi va tiniqligi bilan ajralib turadi. Kontinental
havo massalari Grenlandiya, Antarktida va qutbiy orollar ustida tarkib topadi.
Dengiz havo massalari Shimoliy Muz okeani va janubiy okeanning ochiq joylarida
vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |