Litosfera. Tayanch iboralar



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana17.08.2021
Hajmi0,75 Mb.
#149916
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2- mavzu maruza



LITOSFERA.  

 

Tayanch  iboralar:  litosfera,  yadro,  mantiya,  materik  Yer  po’sti,  okean  Yer 



po’sti, Yer po’stini tuzilishi, tarkibi, tog’ jinslari, cho’kindi tog’ jinslari, magmatik 

tog’ jinslari, metomorfik tog’ jinslari, o’tkinchi – oraliq yer po’sti, astonosfera. 

 

1.    Litosfera  -  Yerning  tosh  qobig’i.    Litosfera  (grekcha  litos-tosh,  sfera-

qobiq)  Yerning  qattiq  tosh  qobig’idir.  Mantiyani  ustida  joylashgan  va  uni 

yopinchiq sifatida har tomondan o’rab olgan. Uning qalinligi 50-200 km. 

Litosfera  mantiyaning  yuqori  qismini  va  Yer  po’stini  o’z  ichiga  oladi. 

Litosfera yuqori mantiyadagi yumshoq, yopishqoq xamirga o’xshagan astenosfera 

qatlami  ustida  joylangan.  Litosfera  astenosfera  qatlami  ustida  izostatik  ravishda 

muvozanatlashgan, ya’ni litosfera bo’laklari og’irligi va zichligiga qarab Arximed 

qonuniga binoan joylashadi. 

Litosferaning quyi qismiga yuqori mantiya qatlamining bir qismi ham kiradi. 

Mazkur qatlam Yer po’stidan Moxo chegarasi bilan bo’lingan. Mazkur chegarada 

yuqorida  aytilganidek  moddalarning  zichligi  keskin  o’zgaradi  .    astonosferaga 

ta’sir  etadigan  litosfera  va  gidroferaning  uchta  ustuni  tasvirlangan.  Ular 

astenosferaga bir xil bosimda ta’sir etadi. Litosferaning yuqori qismini Yer po’sti 

tashkil qiladi. 

       2. Yerning ichki va tashqi qobiqlari. Yerning ichki tuzilishi 3 qismdan 

iborat.  Eng  yuqori  qatlam  Yer  po’sti  deb  ataladi  .Yer  po’sti  Yer  sharining  1% 

qismini tashkil qiladi.  

   

Mantiya Moxo chegarasidan (70-80 km) 2900 km. chuqurlikkacha davom 

etadi. Mantiya asosan magniy, kislorod, temir, kremniy va boshqa moddalardan 

iborat. Mantiya uchta qatlamdan iborat: quyi (1000-2900 km), o’rta (300-1000 

km), yuqori dunit (70-300 km) . Yuqori mantiya dunitlardan-magniy bilan temirga 

boy bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan. 100km. dan 700 km chuqurlikkacha 

moddalar  Yerning ichki issiqligi ta’sirida erigan holatda bo’lishi mumkin, 100 km 

dan yuqorida harorat jinslarning erishi uchun yetarli emas, Quyi mantiyada harorat 




5000

0

S gacha ko’tariladi.  chuqurlikda esa bosim juda yuqori. Bunday yuqori 



haroratda  jinslar erigan holatda bo’ladi.   

Mantiyadan  so’ng  Yerning  markazida  yadro  joylashgan,  ya’ni,    2900  km. 

dan  boshlanadi  va  ichki  hamda  tashqi  yadroga  bo’linadi.  Tashqi  yadroning 

qalinligi    2080  km.,  u  2900  km.  dan  4980  km.  chuqurliklar  orasida  joylashgan. 

Ichki yadro 4980 km. dan Yerning markazigacha, ya’ni 6300 km gacha   bo’lgan 

chuqurliklarda joylashgan. Yadro asosan temir va nikeldan iborat

1

.   


Yerigan  qatlamda  materiklar  og’irligini  muvozanatga  keltirib  turish  uchun 

moddalar  bir  joydan  ikkinchi  joyga  oqib  turadi.  Vulkan  va  zilzila  o’choqlari  shu 

yerda joylashadi. 

 O’rta  va  quyi  mantiyada  moddalar  zichligi  yuqoridir.  Yer  po’sti-Erning 

tashqi qatlamlari majmuasidir.  U  mantiyadan Moxo chegarasi bilan ajralib turadi. 

Bu  yerda  moddalar  qattiq  holatda  bo’ladi.  Mazkur  Moxo  chegarasi  aniq  chegara 

bo’lib, Yer yuzasining hamma joyida bor. Mantiyadan Yer po’stiga o’tishda bosim 

shunchalik pasayib ketadiki, gabbrodan bazalьtga o’tiladi. Bundan moddalar hajmi 

15% ga oshadi va shunga mos ravishda zichlik kamayadi. 

  Yerning  tashqi  va  ichki  qobiqlari  doimo  o’zaro  ta’sirda  bo’ladi.  Mazkur 

ta’sir quyidagilarda namoyon bo’ladi (Shubaev, 1975): 

 -  dastavval  o’zaro  ta’sir  Yer  yuqori  qatlamlarining  ichki  qatlamlariga 

bosimida  namoyon  bo’ladi.  Mazkur  bosim  shunchalik  kattaki,  u  zich  yadro  va 

qalin mantiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi; 

-  yuqori  bosim  radiaktiv  parchalanish  bilan  birga  issiqlik  hosil  qiladi.  Bu 

issiqlik  Yerning  ichki  qismidan  uning  yuzasiga  chiqib  keladi  va  yiliga  50-60 

kal\sm

2

  ni  tashkil  qiladi.  Bu  issiqlikning  Yer



 

yuzasi  uchun  bevosita  ahamiyati 

katta,  u  Yer  Quyoshdan  oladigan  issiqlikning  0,001  ulushini  tashkil  qiladi.  Lekin 

mazkur issiqlik  tufayli  Yer po’sti ostidagi  mantiya  qizigan.  Bu  esa  Yer po’sti  va 

mantiyada tektonik jarayonining faoliyatini ta’minlaydi; 

                                                           

1

 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003,  8-9-



б (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 


 -Yerninig  og’ir  yadrosi  Yer  yuzasi  og’irlik  kuchining  katta  bo’lishini 

ta’minlaydi. Buning yordamida Yer o’zida atmosfera bilan suvni ushlab turadi; 

-Yer  yuzasi  uchun  suvning  asosiy  manbai  mantiyadir.  Yer  yuzasida  suv 

suyuq holda faqat atmosfera bosimi tufayligina mavjuddir, aks holada suv bug’ga 

aylanib ketgan va uchib ketgan bo’lar edi; 

-suv  havo  harakati  tufayli  materiklarga  kirib  borib,  okeanlarga  oqib 

tushadigan quruqlikdagi suvlarni hosil qiladi. Yer yuzasida nurashning ro’y berishi 

va cho’kindi jinslarning vujudga kelishiga suv bilan havo sabab bo’ladi; 

-daryolardagi  oqim  tezligi  va  denudatsiya  sur’ati  og’irlik  kuchining 

kattaligiga bog’liq; 

-Yer  po’sti  mantiyadagi  moddalarning saralanishi  mahsuli  bo’lib, uning o’zi 

ham mantiyaga ta’sir ko’rsatadi. Bu o’zaro ta’sir Yer po’stining-materik, okean va 

oraliq turlarining hosil bo’lishida materiklar rivojlanishida va tektonik jarayonlarda 

namoyon bo’ladi; 

-Yerning  ichki  qismdagi  moddalar  elastiklik  xususiyatiga  ega.  Buning 

oqibatida  moddalarning  oqishi  Yerning  shaklida  aks  etadi.  Qalqish  qarshiligi  Yer 

aylanishini  sekinlashtiradi.  Bu  esa  qutbiy  siqiqlikni  kamaytiradi.  Bu  hol  yuqori 

mantiyadagi  moddalar  bir  qismining  ekvatorial  kengliklardan  qutbiy  kengliklarga 

oqib ketishiga sabab bo’ladi. Yer po’sti ostidagi moddalarga qaraganda qattiqroq 

bo’lganligidan  o’zgarishga  uchraydi,  yoriladi,  ko’chiriladi  va  pasayadi.  Bu 

jarayonda qutbiy va ekvatorial radiuslar mutloq uzunligining o’zgarishi emas, balki 

Yer shaklining muvozanatlashishiga intilishi muhim o’rni tutadi; 

  -Materik  va  okeanlarning  hosil  bo’lishi,  tektonik  jihatdan  faol  mintaqalar, 

ya’ni geosinklinallarning, platformalarning joylashishi Yerning ichki qatlamlari va 

koinotning o’zaro ta’siri natijasidir. 

Demak,  Yerning  ichki  qobiqlari  yadro,  mantiya,  tashqi  qobiqlariga  esa  Yer 

po’sti, gidrosfera, atmosfera va biosferadan iborat. 

1. Yer  po’stining  tuzilishi  va  tarkibi.    Yer  po’sti  tuzilishiga  ko’ra  quyidagi 

turga bo’linadi: materik Yer po’sti, okean Yer  po’sti va oraliq. 

Materik Yer po’sti asosan quruqlikda tarqalgan va uchta qatlamdan iborat: 




- cho’kindi qatlam, qalinligi 10 km, cho’kindi jinslardan iborat; 

-  granitli  qatlam,  qalinligi  10-15  km,  zichligi  yuqoridagi  qatlamga  nisbatan 

ancha yuqori; 

- bazalt qatlami, qalinligi 15-35 km. 

 Materik Yer po’stining o’rtacha qalinligi 30-40 km., tog’li o’lkalarda esa 70-

80 km o’rtacha zichligi 2,7 g\sm 



Okean Yer po’sti ikki qatlamdan iborat: 



-cho’kindi qatlam, qalinligi 2-5 km cho’kindi jinslardan iborat; 

-bazalt qatlami, qalinligi 5-10 km.  

Okean Yer po’stining umumiy qalinligi 6 km dan 10 km. gacha

2

.  



O’tkinchi  yoki  oraliq  yer  po’stida  materik  va  okean  Yer  po’sti  xususiyatlari 

ham  uchrab  turadi.  Bu  yerda  okean  po’stini  materik  yer  po’stiga  aylanishi  sodir 

bo’lib turadi. 

Yer po’stining tarkibi  Yer po’sti ximiyaviy elementlardan, minerallardan va 

tog’  jinslaridan  iborat.  Yer  po’sti  tarkibida  quyidagi  ximiyaviy  elementlar 

uchraydi:  kislorod  (47%),  kremniy  (29,5%),  alyuminiy  (8,05%),  temir  (4,65%) 

kalьtsiy  (2,96%),  natriy  (2  ,5%)  kaliy  (2,5%),  magniy  (1,87%),  titan  (0,45%)  va 

boshqalari-0,52%  Demak,  Yer  po’stida  tarqalgan  9-ta  asosiy  element  99,48%  ni 

tashkil qiladi

3



Ximiyaviy elementlar birlashmasiga mineral deb ataladi. Tog’ jinslari esa bir 

necha minerallarni tabiiy birikmasidir. Tog’ jinslari monomineralli va polimineralli 

bo’ladi.  Monomineralli  tog’  jinslari  bitta  mineraldan  tashkil  topadi,  masalan, 

kvarts, kvarts mineralidan iborat. Polimineral tog’ jinslari bir necha minerallardan 

iborat.  Masalan,  granit  quyidagi  minerallardan  tashkil  topgan:  kvarts,  ortoklaz, 

slyuda, dala shpati. 

 Hosil bo’lish sharoitiga qarab tog’ jinslari uchta katta guruhga bo’linadi: 

                                                           

2

 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment» . 2003,  9-б 



(mazmun-mohiyatidan foydalanildi) 

3

 V.Ettwein and M. Maslin. «Physical geography: fundamentals of the physical environment». 2003,  10-



бет (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 

 



1.  Magmatik  yoki  otqindi  tog’  jinslari,  ular  magmaning  sovishi  va  qotishi 

natijasida hosil bo’ladi. 

2.  Cho’kindi  jinslar.  Ilgari  paydo  bo’lgan  har  qanday  tog’  jinslarni 

yemirilishi, maydalanishi va to’planishi va organizmlarni faoliyati ta’sirida paydo 

bo’ladi 

3.  Metamorfik tog’ jinslari, katta chuqurlikda yuqori harorat va bosim ostida 

jinslarini o’zgarishi tufayli hosil bo’ladi. 

 

Magmatik  tog’  jinslari.    Magmatik  tog’  jinslari  yuqorida  aytganimizdek 



magmaning  sovishi  va  qotishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Magmaning  sovish 

sharoitiga qarab magmatik tog’ jinslari quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

 

-  intruziv  yoki  chuqurda  hosil  bo’lgan  magmatik  tog’  jinslari.  Magmaning 



chuqurda sekin-asta qotishi natijasida hosil bo’ladi. Intruziv tog’ jinslariga granit, 

gabbro va boshqalar kiradi

 

-  effuzif  magmatik  tog’  jinslari.  Magmani  Yer  yuzasida  yoki  Yer  yuzasiga 



yaqin  bo’lgan  chuqurlikda  qotishi  va  sovishi  natijasida  hosil  bo’ladi  Effuzif  tog’ 

jinslariga bazal’t, liparit, vulkan shishasi va boshqalar kiradi. 

  

Cho’kindi  jinslar.    Cho’kindi  jinslar  ilgari  paydo  bo’lgan  jinslarning  turli 



sharoitlarda yemirilishi, nurashi va to’planishi natijasida hosil bo’ladi. CHo’kindi 

tog’ jinslari kelib chiqishiga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi: 

 

-  chaqiq  (klastik)  jinslar,  asosan  tog’  jinslarini  yemirilishi  natijasida  hosil 



bo’ladi; 

 

-  kimyoviy  tog’  jinslari,  qorishmalardan  cho’kindilarni  cho’kishi  va 



to’planishi natijasida hosil bo’ladi (tuzlar, gips va x.k) ; 

 

-  organik  (biogen)  tog’  jinslari,  o’simlik  va  hayvonlarning  tanalarini 



o’lgandan  keyin  to’planishi  va  o’zgarishi  natijasida  hosil  bo’ladi  (marjonlar, 

ko’mir, bo’r, ohaktosh)

4



 



Chaqiq  yoki  maydalangan  (klastik)  tog’  jinslari  minerallar  va  tog’  jinslari 

bo’laklaridan  iborat.  Bo’laklarning  o’lchamiga  qarab  yirik  (>2mm),  o’rta  (2,0-

0,05mm) va mayda (0,05-0,01mm) chaqiq jinslar ajratiladi. 

                                                           

4

 Vaxobov H. va boshqalar. Umumiy Yer bilimi. T.: Bilim, 2005, 80-b . 




 

Metamorfik  tog’  jinslari.  Magmatik  va  cho’kindi  tog’  jinslarining  yuqori 

harorat  va  bosim  ta’sirida  o’zgarishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Masalan,  granit 

gneysga aylanadi, qumtoshlar kvartsitlarga aylanadi, ohaktosh marmarga aylanadi. 

 

Yer  po’sti  hajmining  juda  katta  qismini  magmatik  va  metamorfik  jinslar 



tashkil  qiladi  (90%). Ammo  geografik  qobiq  uchun  yupqa  cho’kindi  qatlam  katta 

axamiyatiga  ega.  Chunki  cho’kindi  jinslar  bevosita  havo  va  suv  bilan  o’zaro 

ta’sirda bo’ladi va turli xil geografik jarayonlarda faol qatnashadi

5



 

Cho’kindi  qatlamning  o’rtacha  qalinligi  2,2  km:  ammo  botiqlarda  uning 

qalinligi  12  km.  gacha  ortadi,  okean  tubida  esa  400-500  m.  ni  tashkil  qiladi. 

Geografik  qobiqda  shimoliy  yarim  sharda  keng  tarqalgan  lyoss  va  lyossimon 

jinslar  juda  muhim  ahamiyati  ega.  Lyoss  va  lyossimon  jinslar  mamlakatimizning 

tog’ oldi tog’ oralig’idagi vodiylarda va tekisliklarda keng tarqalgan. 




Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish