Ionosfera yoki termosfera 800 – 1000 km. balandlikkacha cho’zilgan.
Atmosferaning juda yirik va murakkab qatlami. Yer tabiatida muhim o’rin tutadi
va muhim ahamiyatga ega. Azot va kislorod gazlari ionlashgan holatda bo’ladi.
Quyoshning ultrabinafsha va elektr radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekula va
atom tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib
chiqadi. Ushbu joydagi fazoda butun atomlar ham, bir qism elektronini yo’qotgan
atomlar ham va alohida elektronlar ham mavjud. Moddalarning bunday holati o’ta
gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni ajralib chiqqan atom
musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Ajralib chiqqan elektron esa manfiy zaryadga
ega bo’ladi. Bu elektron neytral atom bilan qo’shilib, uni xam manfiy zaryadlashi
mumkin. Shunday qilib, ionosferada zaryadlangan zarrachalar qatlamlari hosil
bo’ladi. Zaryadlangan eng zich qatlam Yer yuzasidan 200 – 400 km. gacha
balandlikda joylashgan. Bu ionlashishning asosiy maksimum qatlamidir.
Ionosferada xavo zichligi kam bo’lganligidan Quyosh nurlari tarqalmaydi va
9
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”.114-116- b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
10
Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 95-97-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).
osmon qora rangda ko’rinadi unda yulduz hamda sayyoralar miltirab turadi. Ushbu
joyda kuchli elektr toki oqimlari mavjud bo’lib, ular Yer magnit maydonining
o’zgarishiga sabab bo’ladi va qutb yog’dusi vujudga keladi. Ionosfera Quyoshning
rentgen nurlarini yutib qoladi va shu bilan Yer yuzidagi hayotni uning zararli
ta’siridan saqlaydi, 160 km.dan 60 km. gacha balandlikda meteor jismlar yonib
ketadi. Ionosferaning 80 km.dan 300 km.gacha balandlikda bo’lgan quyi qismi
termosfera deb ataladi. Termosferada yuqoriga ko’tarilgan sari xarorat osha boradi.
150 km. balandlikda havo xarorati 220
0
S, 600 km. balandlikda 1500
0
S gacha
ortadi. Ekzosfera 900 – 1000 km. dan balandlikda joylashgan. Uni faqat raketalar
yordamida o’rganish mumkin. Bunday balandlikda atmosferadagi gazlarning
xarkati kritik tezlikka – 11,2 km/sek.ga yaqinlashadi va ayrim zarrachalar Yerning
tortish kuchini yengib chiqib ketishi mumkin. Olam fazosiga ayniqsa vodorod
atomlari chiqib turadi. Bu gaz ekzosferada ko’pchilikni tashkil etsa kerak.
Ekzosferaning yuqori chegarasi 3000 km.
Atmosferada iqlim hosil qiluvchi uchta asosiy jarayon ro’y beradi: a)
Quyosh radiatsiyasi; b) atmosfera xarakati; v) nam aylanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |