Litosfera. Tayanch iboralar


  Biosferaning  vujudga  kelishi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/23
Sana17.08.2021
Hajmi0,75 Mb.
#149916
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2- mavzu maruza

2.  Biosferaning  vujudga  kelishi.Biosferadagi  hayotni  vujudga  kelishi  hali  o’z 

yechimini  ohirigacha  topmagan  tabiatshunoslikning  yirik  muammolaridan  biri 

hisoblanadi.  Ko’pchilikning  fikricha,  hayot  moddaning  kimyoviy  evolyutsiyasini 

biologik evolyutsiyaga o’tishi natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi. Bunday 

o’tish  davri  qachon  va  qayerda  bo’lganligi  haqida  xanuzgacha  aniq  ma’lumotlar 

olingani yo’q. Yaqin yillargacha Yerning o’zini mutloq yoshi haqida xam har xil 

fikrlar mavjud edi, eng yangi usullar yordamida olingan ma’lumotlarga qaraganda 

Yerninng  mutloq  yoshi  4,5  mlrd.  yil  atrofida  ekanligi  aniqlandi.  Yerdagi  eng 

qadimgi  cho’kindi  tog’  jinslarning  mutloq  yoshi  esa  4  mlrd.  yil  atrofida  ekanligi 

aniqlangan. 

Ko’pgina olimlarning fikricha Yerda hayot  vujudga kelishidan oldin qariyb 

1  mlrd.  yil  davomida  organik  birikmalarning  abiogen  sintezi  amalga  oshgan  va 

shundan keyin birlamchi sodda organizmlar shakllangan deb hisoblanadi. 

Atrof  –  muhitning  sharoitiga  moslashishi,  organizmlarni  tabiiy  raqobat  natijasida 

tanlanishi tirik organizmlarning evolyutsiyasini ta’minladi. 

Birlamchi  tirik  organizmlarni  vujudga  kelishi  atmosfera,  litosfera  va 

gidrosferadagi  moddani  biologik  o’rin  almashishiga  jalb  etish  bilan  birga  uni 

energiya  manbalaridan  foydalanish  imkonini  yaratdi.  Organizmlarning  ichki 

energiya manbai, agar u uni tashqi muhitdan nur, issiqlik sifatida olmasa, moddani 

oksidlanish  jarayonida  ajratgan  energiyasidan  iborat.  Ma’lum  muhitda  vujudga 

kelgan  organizmlar  bu  muhitni  u  yoki  bu  darajada  o’zgartirdilar,  o’zlari  xam 

o’zgarib boradilar. Shunday qilib biosfera deganda tirik organizmlar mavjud muhit  

tushuniladi. 

         Ekotizimlarda  energiya  va  materiya  oqimi  ro’y  beradi.  Biosfera  va 

biogeografiya bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Biosfera Yer sharida o’simliklar 

va hayvonat dunyosining tarqalishini o’rganadi. Hamda u o’simliklar va hayvonat 

dunyosini  geografik  tarqalishi  va  joylashishiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  jarayonlarni 

o’rganadi. 




Biosferada ekologiyaning o’rni kattadir. Sababi ekologiya organizmlar bilan 

atrof-muhit o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq etuvchi fandir.    

 Biosferada  karbonat  angrid  gazining  antropogen  yo’l  bilan  ko’plab  chiqarilishi, 

o’simliklar  va  hayvonat  dunyosi  hamda  inson  salomatligiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatmoqda. 

        Biosferada  fotosintez  jarayoni  katta  ahamiyatga  ega.  Fotosintez  jarayoni 

(sxemaga qarang) da o’simliklar u karbonat angrid gazini tabiatdan so’rib olib, o’z 

navbatida  kislorodni  havoga  chiqaradi.  SHuningdek  fotosintez  jarayonida 

o’simliklar  uglevodlar  ishlab  chiqaradi.  Uglevodlar  organik  birikma  bo’lib, 

uglerod, vodorod va kislorod elementlari asosida hosil bo’ladi. Fotosintez jarayoni 

uchun suv, havo, quyosh energiyasi zarur bo’ladi.

12

  



                                                           

12

 Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”.264-279- b (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). 



 


       Biosferada  moddaning  ikkita  asosiy  toifasi  mavjud:  ular  tirik  organizmlar  va 

jonsiz modda. 

Yerda  hayotni  keng  tarqalishida  tirik  organizmlarni  har  xil  sharoitga 

moslashish  qobiliyati  muhim  axamiyatga  ega.  Misol  tariqasida  ba’zi  bir 

mikroorganizmlar  harorati  +180

0

  dan  -253



0

ga  bo’lgan  muhitda  yashashi 

mumkinligini ko’rsatishimiz mumkin. Ulardan ba’zi birlari 3000 – 8000 atmosfera 

bosimiga  chidashi  mumkin.  Hayot    shakllari  xam  xilma  –  xildir.  Yer  yuzida  500 

mingga  yaqin  o’simlik  va  1,5  mln.ga  yaqin  hayvonot  turlarni  uchratishimiz 

mumkin,  dunyodagi  hamma  minerallarning  soni  esa  4  mingdan  biroz  ko’proq 

xolos. 


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish