3. Tirik organizmlarning bioximik funktsiyalari. Sayyoramizdagi tirik
moddaning elementar kimyoviy tirkibi bir qator kimyoviy elementlar, asosan H, S,
O, R, N, S, kabi elementlardan iborat, shuning uchun bu elementlar biofil
elementlar deyiladi. Bu elementlarning atomlari tirik organizmlarda suv va har xil
mineral tuzlar bilan birgalikda murakkab molekulalarni vujudga keltiradi. Bunday
molekulyar tuzilmalar uglevodlar, lipidlar, oqsillar va nuklein kislotalardan iborat.
Uglevodlar – S, N, O dan iborat organik modda bo’lib, umumiy kimyoviy
tarkibi C
n
H
2n
O
n
formulasi sifatidagi ko’rinishga ega. Uglevodlar sodda –
monoshakar va murakkab yarimshakar shaklida bo’lishi mumkin. Uglevodlar har
xil shakldagi xujayralarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Ular
o’simliklarda turg’un to’qimalarni vujudga keltiradi va organizmlar uchun
zaxiradagi ozuqa moddasi hisoblanadi. Uglevodlar yashil o’simliklardagi
fotosintez jarayonini birlamchi mahsulidir.
Lipidlar – ular moy va moysimon moddalar bo’lib, suvda yomon eriydi,
asosan N va S dan iborat. Hujayra devorchalari (membranalar) lipidlardan tuzilgan.
Moy issiqlikni sekin o’tkazishligi sababli organizmlarda himoya funksiyasini
bajaradi, zarur paytda organizmlar uchun zaxiradagi ozuqa siftida xizmat kiladi.
Oqsillar – organizdagi eng murakkab kimyoviy birikmalar bo’lib, 20 ga yaqin
har xil aminokislotalar yig’indisidan iborat. Oqsillar molekulasi murakkab va
xajmi katta, shuning uchun ularni makromalekulalar xam deyishadi. Xoxlagan
aminokislotani molekulasi o’ziga xos bo’lgan qismdan yoki radikaldan (R) va
hamda aminokislotalarga xos bo’lgan aminoguruxlar (NH
2
) va karboksil (SOON)
guruxi qismidan iborat. Oqsil molekulalari o’nlab yoki yuzlab aminokislotali
molekulalar zanjiridan iborat. Tirik organizmlarda oqsillarni ko’pligi kimyoviy
reaktsiyalarni o’nlab, yuzlab million marotaba tezlashtiruvchi tabiiy katalizator –
ferment rolini o’ynaydi. Hozir minglab bunday fermentlar mavjud. Ularning
tarkibiga oqsildan tashqari Ng, Fe, Mn va boshqa metal atomlari xam kiradi.
Nuklein kislotalari – xujayralar yadrosida joylashgan bo’lib kislotalaring ikki
xili – dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein ( RNK) kislotalaridan iborat.
Organizmlarni tashqi muhit bilan aloqasi oziqlanish, nafas olish va elskrement
ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Oziqlanishiga qarab hamma organizmlar avtotrof va geterotrof organizmlarga
ajratiladi. Avtotrof organizmlar to’g’ridan – to’g’ri atrofdagi mineral moddalarni
iste’mol qilish xususiyatiga ega bo’lib, unga asosan fotosintez jarayonini amalga
oshiruvchi o’simliklarning asosiy qismi kiradi. Geterotrof organizmlar tayyor
organik moddalarni iste’mol qiluvchilar bo’lib unga mikroorganizmlarning ko’p
qismi va xamma jonivorlar kiradi. Ba’zan geterotrof va avtotrof organizmlar
orasidagi chegarani o’tkazish qiyin, chunki ulardan ba’zilari xam avtotrof xam
geterotrof oziqlanish imkoniyatiga ega. Bunday organizmlar miksorof organizmlar
deyilib, unga asosan suvdagi bir xujayrali organizmlar kiradi. Ular suvning
yorug’lik darajasi yetarlicha bo’lsa avtotrof, suv qorong’i bo’lganda suvda erigan
organik moddalarni iste’mol qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |