bo‘lgan talabalarni hisobga olish, aniq qaror qabul qilish maqsadini butun xalq
xo‘jaligini maqsadiga muvofiqlashtirish mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat
manfaatlari bilan mos kelishini oldindan belgilash, mehnat va moddiy resurslardan
tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini
hisobga olish zarur.
Qayd qilinganlarni umumiylashtirib aytganda boshqaruv qarorlari quyilagi
talablarga javob berishi kerak:
Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar
Boshqaruv qarorlari:
Ilmiy asoslangan bo‘lishi
lozim.
*boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini
tahlil qilishdan kelib chiqib, iqtisodiy, texnikaviy va
boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini hisobga
olib, Hozirgi zamon fan- texnika yutuqlari negizida
qabul qilishi kerak. O‘z mazmuniga ko‘ra u lo‘nda,
chuqur bo‘lishi lozim.
Bir-biri bilan aloqa-dor
va yakdil bo‘lishi kerak
*Muayyan vazifani xal etishda ko‘pincha asosiy
maqsadlardan kelib chiqadigan bir qancha qo‘shimcha
vazifalarni xal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror
qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysindirilishi lozim.
Barcha qarorlar, ko‘rsatmalar, nizomlar bir-biri bilan
bog‘lanadi.
Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va
amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
Xuquq va javobgarlik
doirasida bo‘lishi lozim
* Rahbar qarorni o‘ziga berilgan xuquqlar doirasidagina
qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning
barcha bo‘g‘inlarida xuquq va javobgarlik ko‘lami va
nisbati to‘g‘risida borayapti. Xuquqlar katta bo‘lib,
mas’uliyat kam bo‘lsa ma’muriy o‘zboshimchalikka,
o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi.
403
Xuquqlar ozu mas’uliyat katta bo‘lsa, bu xam xech
qanday naf keltirmaydi.
Aniq
va
to‘g‘ri
yo‘nalishga ega bo‘lishi
kerak
*Xar qaysi qaror aniq adresga ega bo‘lishi va
bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. Qarordan bir
necha ma’no kelib chiqishi va uni turlicha talqin yoki
tushunishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Vaqt
bo‘yicha
qisqa
bo‘lishi kerak
*Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida
qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
Vaqt bo‘yicha aniq
bo‘lishi lozim
*Rahbar o‘z qao‘l ostidagilarga topshiriqning bajariish
muddatini aniq ko‘rsatmasdan berishi mumkin emas.
Aks xolda u topshiriqning bajarilishini ob’ektiv
ravishda nazorat qilsh imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.
Tezkor bo‘lishi kerak
* Bunday qarorlar o‘z vaqtida, o‘sha zamonoq, ya’ni
ishlab chiqarishda vaziyat shuni talab qilgan vaqtning
o‘zidagina qabul qilish zarur. Kechikib yoki
shoshqaloqlik bilan qabul qilingan xar ikkisi xam
zararlidir.
Samarali bo‘lishi lozim
*Qabul
qilingan
qarorning
samaraligi
deganda
qo‘yilgan maqsadning eng kam xarajat bilan erishishi
tushuniladi.
Ma’lum, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning bo‘lishi lozim
bo‘lgan holatga mos tushmasligi natijasida sodio bo‘ladi. Ana shu erning o‘zida
muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berish
talab qilinadi:
*nima qilish kerak (masalan, ist’molchilarning yana qanday yangi extiyojlarini
qondirish kerak, yoki eski extiyojni qanday sifat ko‘rsatkichlari bilan yaxshilash
lozim).
* qaysi vositalarni qo‘llash kerak (qanday texnologiyani qo‘llash lozim).
*ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada bo‘lishi kerak;
*qanday miqdorda, bo‘lishi kerak;
*kim javobgar bo‘lishi kerak;
*kimga va qaysi bahoda sotish lozim;
*bu ishlab chiqarish xizmat investorga va damiyatga nima beradi;
*qaysi muddatlarda bajarilishi kerak.
Boshqaruv unsurlari tarkibida rahbarlarning vakolati va javobgarligi muxim
ahamiyatga ega. Ma’lumki xar bir rahbar qabul qiladigan qarorlar doirasi xar xil
bo‘ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor xarakterdagi kundalik masalalarga doir,
tsex boshlig‘i xuddi shu tezkor masalalar yuazasidan tsex va uchastkalarning ishini
muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Dirketor )rais)
asosan prespektiv (istiqboldagi) masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish kerak.
Rahbarlar bunday qarorlarni qabul qilishda turlicha yondashuvda bo‘ladilar.
Ulardan ayrimlari o‘zlari qarorlar qabul qiladilar, olingan natijalar to‘g‘risida yuqori
rahbarlarni ogox qiladilar. Boshqa birovlar yuqori boshliq bilan maslaxatlashib,
404
kelishib olmagungacha biron qaror xam qabul qilmaydilar. Shunday rahbarlar xam
bo‘ladiki, faqat yuqori tashkilotlar buyrug‘iga qarab turadilar, o‘zlari mustaqil ish
qilmaydilar, ularda ishonch bo‘lmaydi, turli bahonalarni ro‘kach qilaveradilar.
Shu sababli xar bir boshqaruvchining xuquq via burchlari, mas’uliyati va
javobgarligining aniq belgilanib qo‘yilgani boshqaruv jarayoni uchun o‘ta zarurdir.
Qaror qabul qilishda buning uchun kim javob burishi mutloq aniq bo‘lishi kerak.
Xuddi shuningdek, qaror o‘z vaqtida qabul qilinmaganligi yoki muddatidan o‘tkazib
yuborilganligi uchun kim javob berishi xam aniq bo‘lishi lozim.
Ko‘pichilik masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qilishga erishmoq
kerak. Boshqaruvning xar bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga
xadeb murojat qilaverilsa, ular yirik muammolar bilan shug‘ulanishga etarli vaqt topa
olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z xuquqlari dorasidagi masalalarni tezkor xal
qilishlari mumkin.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil
mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qibal qilinadi. Ularni
quyidagi belgilar bo‘yicha guruxlarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |