Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatining, bo‘lishi lozim bo‘lgan holat
bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Msalan, davlat tomonidan qat’iy
belgilab quyilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funksiyasini bajaraolmaydi.
Shu sababli narxlarni erkinlashtirishga qaror qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyati bir necha muqobil (alternativa) paydo bo‘lganda
vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng
samarali variantini topish uchun rahbar "etti o‘lchab bir kes" tamoyiliga rioya qilish
lozim. Puxta o‘ylab ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi
misoldan ko‘rish mumkin.
Toshkent- Jizzax katta yo‘lini qayta sozlash uchun bir necha marta qaror qabul
qilingan va davlatning yuz minglab so‘m mablag‘i bexuda sarflangan. Ilgari yo‘lning
o‘rtasida bordyurli ajratish polasasi bor edi. Shundan keyin ma’lum massofada
bordyurlarni olib tashlashga va asfaltlashga qaror qabul qilndi, bunga yuz minglab
mablag‘ sarflandi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin bordyurlar qayta tiklanib yo‘l
ikkiga ajratildi va bu ishga yana yuz minglab pul sarf bo‘ldi. Yana bir oz o‘tgach,
o‘ylama-netmay yo‘l o‘rtasini buzib, bir necha o‘nlab kilometrmasofada balandligi
bir metorli beton devf o‘rnatildi. Unga xam yuz minglab mablag‘ sarflandi. Shunday
qilib, asoslanmagn bu qaorlar xalq xo‘jaligiga millionlab zarar keltirgan
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali
yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan qaror- bu butun
boshqaruv binosining poydevori hisoblanadi.
Qarorlar qabul qilish menejerning firki-zikirini doim band qilib turadigan
tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga
oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan bir qator qarorlar qabul qiladi. Ba’zi
xaollarda u bu ishni o‘zi yakka boshchilik bilan, boshqa xollarda o‘z yordamchilari
402
bilan, yana uchinchi xollarda ekspertlar va jamoatchilikni jalb, qilib turib uddalaydi.
Boshquruvga oid xar qanday qaror samarli bo‘lsagina, ana shu xoldagina u maqsadga
muvofiq deb hisoblanadi.
Shunday qilib:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarlar qabul qiladigan qarorlarning ahamiyati
tobora ortib bormoqda. Iqtisodchilarning firkiga ko‘ra, tsex (bo‘lim) boshlig‘i qabul
qiladigan bitta oqilona qaror taxminan bir ishchining besh-olti oylik mehnatiga foyda
keltirar ekan. Oqilona qarorni qabul qilish bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan
asosiylari quyidagilardir:
*qaror qabul qilish jarayonida axbrotning to‘laligi va uning sifati;
*qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
*qaror qabul qilashda tashkiliy masalalarning oqilona echilishi darajasi
(masalan, qaror qabul qilishda mutaxassilarni jalb etish, qaror qabul qilish
tizimining takomillik darajsi, ularni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va
bajarilish darajsi va xokazo).
Qarorni to‘g‘ri tanlash uchun muayyan tamoyillarga tayanish va qarorlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |