Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/481
Sana17.08.2021
Hajmi6,17 Mb.
#149911
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   481
Bog'liq
Menejment uzb

bo‘lgan  talabalarni  hisobga  olish,  aniq  qaror  qabul  qilish  maqsadini  butun  xalq  

xo‘jaligini  maqsadiga  muvofiqlashtirish  mehnat  jamoasi  manfaatlarining  jamiyat 

manfaatlari  bilan  mos  kelishini  oldindan  belgilash,  mehnat  va  moddiy    resurslardan 

tejamli  foydalanish,  texnikaviy,  iqtisodiy  va  sotsial  rivojlanish  tendentsiyalarini 

hisobga olish zarur. 

Qayd  qilinganlarni  umumiylashtirib  aytganda  boshqaruv  qarorlari  quyilagi 

talablarga javob berishi kerak: 

Boshqaruv qarorlariga quyiladigan talablar 

Boshqaruv qarorlari: 

Ilmiy  asoslangan  bo‘lishi 

lozim. 


*boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish  holatini 

tahlil  qilishdan  kelib  chiqib,  iqtisodiy,  texnikaviy  va 

boshqa  sotsial  qonunlarning  amal  qilishini  hisobga  

olib,  Hozirgi  zamon  fan-  texnika  yutuqlari  negizida 

qabul  qilishi  kerak.  O‘z    mazmuniga  ko‘ra    u  lo‘nda, 

chuqur bo‘lishi lozim. 

Bir-biri  bilan  aloqa-dor 

va yakdil bo‘lishi kerak 

*Muayyan  vazifani    xal  etishda  ko‘pincha  asosiy 

maqsadlardan  kelib  chiqadigan  bir  qancha  qo‘shimcha 

vazifalarni xal etishga to‘g‘ri keladi. Bu vazifalar qaror 

qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysindirilishi lozim. 

Barcha  qarorlar,  ko‘rsatmalar,  nizomlar  bir-biri  bilan 

bog‘lanadi. 

  Shuningdek,  ular  oldindan  qabul    qilingan    va 

amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi. 

Xuquq  va  javobgarlik 

doirasida bo‘lishi lozim 

* Rahbar qarorni o‘ziga berilgan xuquqlar doirasidagina 

qabul  qilishi  mumkin.  Bu  erda  gap    boshqarishning 

barcha  bo‘g‘inlarida xuquq va javobgarlik  ko‘lami va 

nisbati  to‘g‘risida  borayapti.  Xuquqlar  katta  bo‘lib, 

mas’uliyat  kam    bo‘lsa  ma’muriy  o‘zboshimchalikka, 

o‘ylamasdan  qaror  qabul  qilishga  yo‘l  ochiladi. 




403 

 

Xuquqlar  ozu  mas’uliyat  katta  bo‘lsa,    bu  xam  xech 



qanday naf keltirmaydi. 

Aniq 


va 

to‘g‘ri  

yo‘nalishga    ega  bo‘lishi 

kerak 


*Xar  qaysi    qaror  aniq  adresga    ega  bo‘lishi  va 

bajaruvchiga    tushunarli  bo‘lishi  lozim.  Qarordan  bir 

necha ma’no kelib  chiqishi va uni turlicha  talqin yoki  

tushunishiga yo‘l  qo‘ymaslik  kerak. 

Vaqt 

bo‘yicha 



qisqa 

bo‘lishi kerak 

*Axborotlar  bilan  ishlash  vaqtini  tejash  maqsadida 

qisqa muddatli qarorlar  qabul qilinishi lozim. 

Vaqt  bo‘yicha    aniq 

bo‘lishi lozim 

*Rahbar  o‘z  qao‘l  ostidagilarga  topshiriqning  bajariish  

muddatini    aniq  ko‘rsatmasdan  berishi  mumkin  emas. 

Aks  xolda  u  topshiriqning  bajarilishini  ob’ektiv  

ravishda nazorat qilsh imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 

Tezkor bo‘lishi kerak 

*  Bunday  qarorlar  o‘z  vaqtida,  o‘sha  zamonoq,  ya’ni 

ishlab  chiqarishda  vaziyat  shuni  talab  qilgan  vaqtning 

o‘zidagina  qabul  qilish  zarur.  Kechikib  yoki 

shoshqaloqlik  bilan  qabul  qilingan  xar  ikkisi  xam 

zararlidir. 

Samarali bo‘lishi lozim 

*Qabul 


qilingan 

qarorning 

samaraligi 

deganda  

qo‘yilgan  maqsadning  eng  kam  xarajat  bilan  erishishi 

tushuniladi. 

 

Ma’lum, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning bo‘lishi lozim 



bo‘lgan  holatga  mos  tushmasligi  natijasida  sodio  bo‘ladi.  Ana  shu    erning  o‘zida 

muammo  kelib  chiqadi.  Bu  muammoning  echimi  quyidagi  savollarga  javob  berish 

talab  qilinadi: 

*nima qilish kerak (masalan, ist’molchilarning yana qanday  yangi extiyojlarini 

qondirish  kerak,  yoki  eski  extiyojni  qanday  sifat  ko‘rsatkichlari  bilan  yaxshilash 

lozim). 


* qaysi vositalarni qo‘llash kerak (qanday texnologiyani qo‘llash lozim). 

*ishlab chiqarish xarajatlari qay  darajada bo‘lishi kerak; 

*qanday miqdorda, bo‘lishi kerak; 

*kim javobgar bo‘lishi kerak; 

*kimga va qaysi bahoda sotish lozim; 

*bu ishlab chiqarish xizmat investorga va  damiyatga nima beradi; 

*qaysi muddatlarda bajarilishi kerak. 

Boshqaruv  unsurlari  tarkibida  rahbarlarning  vakolati  va  javobgarligi  muxim 

ahamiyatga  ega.  Ma’lumki  xar  bir  rahbar  qabul  qiladigan  qarorlar  doirasi  xar  xil 

bo‘ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor xarakterdagi kundalik masalalarga doir,  

tsex boshlig‘i  xuddi shu tezkor masalalar yuazasidan tsex va uchastkalarning ishini 

muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Dirketor )rais) 

asosan prespektiv (istiqboldagi) masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. 

Rahbarlar  bunday  qarorlarni  qabul  qilishda  turlicha  yondashuvda  bo‘ladilar. 

Ulardan ayrimlari o‘zlari qarorlar qabul qiladilar, olingan natijalar to‘g‘risida yuqori 

rahbarlarni  ogox  qiladilar.  Boshqa  birovlar  yuqori  boshliq  bilan  maslaxatlashib, 




404 

 

kelishib  olmagungacha  biron  qaror  xam  qabul  qilmaydilar.  Shunday  rahbarlar  xam 



bo‘ladiki,  faqat  yuqori  tashkilotlar  buyrug‘iga  qarab  turadilar,  o‘zlari  mustaqil  ish 

qilmaydilar, ularda ishonch bo‘lmaydi, turli bahonalarni ro‘kach qilaveradilar. 

Shu  sababli  xar  bir    boshqaruvchining  xuquq  via  burchlari,  mas’uliyati  va 

javobgarligining aniq belgilanib qo‘yilgani boshqaruv jarayoni uchun o‘ta  zarurdir. 

Qaror  qabul  qilishda  buning  uchun  kim  javob  burishi  mutloq  aniq  bo‘lishi  kerak. 

Xuddi shuningdek, qaror o‘z vaqtida qabul qilinmaganligi yoki muddatidan o‘tkazib 

yuborilganligi uchun kim javob berishi xam aniq bo‘lishi lozim. 

Ko‘pichilik masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qilishga erishmoq 

kerak.  Boshqaruvning  xar  bir  bo‘g‘ini  o‘z  ishini  bajarishi  kerak,  yuqori  organlarga 

xadeb  murojat  qilaverilsa,  ular  yirik  muammolar  bilan    shug‘ulanishga  etarli  vaqt  topa 

olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z xuquqlari dorasidagi masalalarni tezkor xal 

qilishlari mumkin. 

Boshqaruv  jarayonida  turli  masalalar  yuzasidan,  turli  darajada  xilma-xil 

mohiyatga  va  mazmunga  ega  bo‘lgan    minglab  qarorlar  qibal  qilinadi.  Ularni  

quyidagi belgilar bo‘yicha guruxlarga bo‘lish mumkin. 


Download 6,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   481




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish