Vazelin moyi yoki suyuq parafin (Oleum Vaselini Paraffinum liquidum) –
neftning qayta ishlangan fraksiyasi bo‘lib, kerosinni xaydash orqali olinadi. Bu
rangsiz, moysimon suyuqlik xidsiz va ta’msiz. Suvda erimaydi, spirtda ham deyarli
erimaydi. Efir, xloroform va o‘simlik moylari (kastorovoy moyidan tashqari) bilan
xoxlagan nisbatda aralasha oladi. Suvda va moyda erimaydigan moddalardan
surtmalar tayyorlashda ularni suspenziyalashda ishlatiladi.
68
Sun’iy vazelin (Vaselinum artificiale) – bu qattiq yoki suyuq parafin, serezin
yoki mumsizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tashkil topgan xar xil murakkab
qotishmalar iborat. Bu qotishmaning eng oddiysi 1 qism parafin va 4 qism vazelin
moyidan tashkil topgan. Bu qotishmalarning rangi saqlanish davomida
bug‘doyrangga o‘tadi. Faqat tarkibida serezin (ozokerit) yoki petrolatum saqlagan
qotishmalar bunday kamchiliklardan xoli.
Naftalan nefti (Naphthalanum Liquidum raffinatum. Naphtha naphthalani) –
birinchi marta Ozarbayjonda neft bilan to‘lgan xovuzlarda ayrim kasalliklar bilan
kasallangan bemorlar davolanganlar. Endilikda sanatoriyalarda mahsus naft bilan
to‘ldirilgan vannalar tashkil qilingan bo‘lib, naftalan neftidan davo maqsadida
keng qo‘llanilib kelinmoqda. Naftalan nefti quyuq, asalsimon massa bo‘lib, qora
rangli, yashil flyuoressensiyalanuvchi o‘ziga xos xidga ega. Suv bilan
aralashmaydi, spirtda kam eriydi. Glitserin, yog‘ va moylar bilan xoxlagan
nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfeksiyalovchi va og‘riq qoldiruvchi
ta’sirga ega. 1 va 2 darajali kuyishlarda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Surtma asosi
sifatida ishlatilganda parafin yoki vazelin bilan mustaxkamlanadi. Ekzema, teri
yallig‘lanish kasalliklari, artrit, mialgiya, radikulit va boshqa kasalliklarni
davolashda ishlatiladigan surtmalar tarkibiga kiritiladi.
Silikonli polimerlar. Bu polimerlar silikonli yoki yarimsilikonli birikmalar -
yuqori molekulali kremniy saqlovchi organik brikmalardir. Bu brikmalar kremniy
va kislorod atomlaridan shuningdek, kremniyni erkin valentliklariga metil, etil va
fenil radikallari birikkan zanjirdan iborat bo‘lib, ular ya’ni silikonlar (siloksanlar)
molekulasi chiziqli yoki tarmoqlangan tuzilishga ega. Silikonli polimerlar rangsiz,
moysimon suyuqlik bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida keng ko‘lamda
ishlatiladi. Farmatsiyaga esa ularning bir qanchasi fiziologik zararsizligi, kimyoviy
indifferentligi, kam yuza taranglikka ega ekanligi, gidrofobligi, qovushqoqligining
haroratga kam bog‘liqligi kabi bir qator ijobiy xossalari bilan kirib keldi. Silikonli
suyuqliklar teriga surtilganda hech qanday qitiqlovchi, zararlovchi, sensibillovchi,
allergiya chaqiruvchi kabi ta’sirlarni namoyon etmaydi. Ular ham xuddi moylar
kabi teridagi gaz va issiqlik almashinuv jarayonlariga ta’sir qilishi mumkin. Bu
jihatdan xatto vazelin va uglevodorodli asoslardan ham ustunlikka ega. Faqatgina
ko‘z kon’yunktivasiga qitiqlovchi ta’sir qilganligi sababli, ko‘z surmalarini
tayyorlashda ulardan foydalanish mumkin emas. Polidietilsiloksanlar boshqa
silikonli polimerlarga nisbatan dori moddalari va surtma tarkibiga kirgan boshqa
yordamchi moddalar bilan yaxshi kelisha oladi. Kondensatsiya darajasi 5 ga teng
bo‘lgan polimer “Esilon - 4” nomini olgan bo‘lib, u 4-raqamli polidietilsiloksanli
suyuqlik deyiladi. Kondensatsiya darajasi 15 ga teng bo‘lgan polimer “Esilon-5”
deyiladi. “Esilon-4” va “Esilon-5” surtma asosining komponenti sifatida ishlatiladi.
Ular vazelin va o‘simlik moylari (kastorovoe moyidan tashqari) bilan yaxshi
aralashadi, vazelin, parafin, serezin, xayvon va o‘simlik moylari, lanolin (suvsiz),
spermatset, mum va boshqalar bilan bir jinsli qotishma xosil qiladi. Faqat bir qator
moddalar bilan aralashtirishda (baliq moyi, olein kislotasi, skipidar, metilsalitsilat)
belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish lozim, ya’ni maxsus aralashtirgichlardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Polidietilslikonlarda mentol, kamfora,
fenol, fenilsalitsilat, qoramoy va boshqa qutubsiz va semipolyar dori moddalari
69
yaxshi eriydi. Oddiy emulgatorlar yordamida ular suv, spirt va glitserin bilan
emulgirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |