Qattiq parafin (Paraffinum solidum) – oq rangli kristall massa bo‘lib, yuqori
molekulali uglevodorodlardan tashkil topgan. 50-57
0
S haroratda suyuqlanadi.
Suvda va spirtda erimaydi, efir, xloroform, yog‘lar va efir moylarida oson eriydi.
Asoslarga ularni konsistensiyasini mustaxkamlash va suyuqlanish haroratini
ko‘tarish uchun 10% gacha qo‘shiladi.
Serezin (Ceresinum) – rafinirlangan ozokerit bo‘lib, amorf, rangsiz, mo‘rt
massa. 68-72
0
S haroratda suyuqlanadi. Tarkibida yuqori molekulali uglevodorodlar
yoki ikki, uch siklik naftenlar saqlaydi. Parafinga nisbatan mustahkamlash xossasi
yuqori biroq kristall bo‘lmagan qotishmalar xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |