66
surtmalarni tayyorlashda asos sifatida foydalanish mumkin emas. Sababi ular
moylarning strukturasini o‘zgartirib, asos sifatidagi xossalariga putur etkazadi. Bu
maqsadda bir qator tabiiy va sintetik antioksidantlar sintez qilingan bo‘lib, ularning
ba’zilari tabiiy holda masalan o‘simliklarda ham uchrashi mumkin. (tokoferollar).
Sintetik antioksidantlardan yuqori faollikka ega bo‘lgan va fiziologik nuqtai
nazaridan bezarari bu butiloksianizol (BOA) va butiloksitoluoldir (BOT).
Ularning har ikkisi ham moylarning turg‘unligini oshirishda 0,02% gacha
ishlatishga ruhsat etilgan. O‘simlik va hayvon moylari ularning tarkibidagi tabiiy
tokoferollarning miqdoriga qarab belgilanadi. Moylardagi oksidlanish jarayoni
ularning tarkibidagi yodning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, yod asosan vodorod
peroksidini parchalash uchun sarflanadi. YAngi cho‘chqa va mol yog‘ida perekis
soni 0,03 dan ortmasligi kerak.
Mumlar. Ular o‘z tarkibida yog‘ kislotalari va yuqori molekulyar masali, bir
atomli spirtlarning murakkab efirlarini saqlaydi. Surtma asosi sifatida mumlardan
lanolin, spermatset va asalari mumi ishlatiladi.
Lanolin (Lanolinum) – efir, spirt va erkin yog‘ kislotalarining murakkab,
tabiiy birikmasi bo‘lib, u sovunlanganida teng miqdordagi kislota va spirtni xosil
qiladi. Lanolinning sovunlanmaydigan qismi 50% ni tashkil qiladi. Uning
tarkibidagi moddalarning umumiy miqdori 70% dan ortadi.
Tozalangan lanolin – qo‘ng‘ir sariq rangli, qovushqoq, o‘ziga xos hidli massa.
Suyuqlanish harorati 36-42
0
S, suvda erimaydi, lekin 150% miqdoridagi suv bilan
emulgirlash mumkin. SHuning uchun ayniqsa surtmalar texnologiyasida suvsiz
lanolin (Lanolinum anhydricum) dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday
lanolin bilan tarkibida ko‘p miqdorda suvli eritmalar saqlovchi surtmalarni ham
tayyorlash mumkin. Suvsiz lanolin tarkibidagi suvning miqdori 1% dan, kislota
soni 1 dan ortmasligi lozim. Lanolin spirtda qiyin eriydi, 100 qism suvsiz lanolin,
40 qism 70% spirt bilan dag‘al dispers sistema xosil qiladi. Glitserin bilan suvsiz
lanolin yaxshi kelishadi (100 qism suvsiz lanolinga 120-140 qism glitserin). Efir va
xloroformda yaxshi eriydi. Teri orqali yaxshi so‘riladi, u o‘z tarkibi bilan odam
terisidagi moysimon moddalarga yaqin. Teri va shilliq qavatlarni odatda
qitiqlamaydi, kimyoviy jihatdan ancha turg‘un, garchand uning yuzasida
oksidlanish jarayoni sodir bo‘lishi bilan rangining o‘zgarishi kuzatilsa ham. U
yuqori qovushqoqlikka va yopishqoqlikka ega bo‘lganligi uchun ham ko‘proq
boshqa asoslar bilan birgalikda ishlatiladi. Suvli lanolin Lanolinum hydricum – 7
qism suvsiz lanolin va 3 qism suvdan iborat. Suvli lanolin tarkibidagi suvning
miqdori 32% ni tashkil qiladi. Uni qizdirish bilan emulsiyani parchalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: