67
(Cera alba) 63-65
0
S haroratda suyuqlanadigan donsimon massa. Oq mum sariq
mumni quyosh nurlari ta’sirida oqartirish bilan olinadi. Sariq mumning kislota soni
17-20,5 oralig‘ida, oq mumniki esa 18,7-22,4 oralig‘ida bo‘lishi kerak. Suv va
spirtda erimaydi. Qaynoq spirt, efir va xloroformda, yog‘ va efir moylarida qisman
eriydi. Alohida o‘zi surtmalar texnologiyasida asos sifatida ishlatilmaydi, asosan
asoslarga etarli zichlik va qovushqoqlikni berishda ishlatiladi. Kimyoviy
agentlarga nisbatan turg‘un.
Uglevodorodli asoslar. Bu asoslar surtmalar texnologiyasida alohida asos
sifatida yoki quyida keltirilgan shu guruhdagi asosiy asoslar bilan birgalikda
ishlatiladi: vazelin, petrolatum, parafin, serezin, vazelin moyi, sun’iy vazelin va
naftalin nefti.
Vazelin (Vaselinum) – suyuq, yarim suyuq va qattiq, tarkibi 7 tadan 35
tagacha uglerod atomini saqlagan uglevodorodlar aralashmasi bo‘lib, umumiy
tarkibning 20-50% yon zanjirida mikrokristallik uglevodorodlarni saqlaydigan
izoparafinlar, siklik parafinlar va alifatik birikmalardan, 10% esa normal
parafinlardan iborat. Vazelinning qattiq strukturali elementlari uglevodorodlarni
suyuq fraksiyalarini ushlab qoluvchi uch qavatli to‘rdan iborat. Vazelin tashqi
ko‘rinishi bilan bir jinsli, ipsimon cho‘ziluvchan, gel hosil qiluvchi massa bo‘lib,
hidsiz, oq rangli (Vaselinum album) yoki sariq rangli (Vaselinum flavum), 37-50
0
S
haroratda suyuqlanadi. Buyum oynachasiga surtib ko‘rilganda bir xil qalinlikdagi
tekis plenkani xosil qiladi. Xar ikki vazelin xam farmatsevtik va tibbiy nuqtai
nazaridan bir xil. Oq vazelin to‘laligicha turli rang beruvchi moddalarda holi.
Suvda erimaydi, spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi, moylar, yog‘lar va
mumlar bilan xoxlagan nisbatlarda aralasha oladi (kastorovoy moyidan tashqari).
Vazelin olingan xom ashyo neftning xiliga qarab vazelin turli xildagi suyuqlanish
harorati va tuzilish-reologik xossalarini namoyon qiladi. Surtma asosi sifatida past
suyuqlanish haroratiga yaqin bo‘lgan vazelindan foydalanish maqsadga muvofiq.
Vazelin ko‘z surtmalarini tayyorlashda indifferentligi va turg‘unligi uchun ayniqsa
keng qo‘llaniladi. Oddiy vazelindan tashqari amaliyotda uning modifikatsiyasi -
petrolatum (suyuqlanish harorati 60
0
S) yumshoq asos sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: