So’z boshi


Mineral gillardan olinadigan asoslar



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178
Bog'liq
dvst

 
Mineral gillardan olinadigan asoslar.  
Montmorillonit  yoki  bentonit.  Farmatsevtik  amalaiyotda  montmorillonit 
yoki  bentonitli  gillar  keng  ko‘lamda  ishlatiladi.  Ular  1  qism  glinozem  (kristall 
panjarali  strukturaga  ega  bo‘lgan)  va  2  qism  kremnezemdan  tashkil  topgan. 
Montmorillonit mustahkamligi past bo‘lgan -O...O- yuqori hajm almashinishga ega 
bo‘lgan  aralash  bog‘lardan  iborat.  Mineral  gillar  o‘ziga  ko‘p  miqdordagi  suvni 
shimish  xossasi  bilan  e’tiborlidir.  Bu  bilan  ularning  hajmi  ham  etarli  darajada 
ortadi.  Masalan  bentonitlarning  natriyli  xillari  suv  bilan  oson  xo‘llanib,  bo‘kadi. 
Natijada  ularning  hajmi  15-18  martagacha  ortadi.  Xosil  bo‘lgan  yumshoq  asos 
teriga  yaxshi  surtiladi  va  terida  yaxshi  tarqaladi,  shuningdek  ko‘pgina  dori 
moddalari bilan yaxshi kelisha oladi. Mineral gillar shuningdek, kimyoviy jihatdan 
indifferent,  ularning  tarkibiga  xatto  faolligi  yuqori  bo‘lgan  moddalar  kaliy 
permanganat, xloramin va boshqa moddalarni ham kiritish mumkin. Bentonitlar va 
boshqa  mineral  gillarni  farmatsevtik  amaliyotda  ishlatish  uchun  dag‘al 
aralashmalar  va  qumlardan  yuqori  darajada  tozalangan  bo‘lishi  lozim.  Bu  avval 
minerallarni  yuvish,  qo‘shimchalarni  cho‘ktirish  va  quritish,  bir  vaqtning  o‘zida 
sterillash  orqali  amalga  oshiriladi.  Tarkibidagi  temir  tuzlari  yoki  boshqa 
aralashmalarning  miqdoriga  qarab  mineral  gillarning  rangi  och  yoki  to‘q  rangli 
bo‘lishi mumkin. Bentonitli (montmorillonitli) asosning eng oddiy tarkibi 13-20% 
mineralning natriyli formasi, 10% glitserin va 70-77% suvdan iborat. 
Oksil  geli.  Oksil  –  amorf  tuzilishli  kremniy  ikki  oksidi  bo‘lib,  xorijiy 
davlatlarda  ayniqsa  Germaniyada  aerosil  nomi  bilan  mashxur.  YAna  ayrim 
mamlakatlarda  karuzol,  AQSH  larida  esa  kebosil  nomi  bilan  yuritiladi.  Oksil 
(aerosil)  oq  rangli,  g‘ovaksiz  amorf  kukun  bo‘lib,  deyarli  sferik  tuzilishli, 
zarrachalarining  o‘lchami  4  dan  40  mkm  gacha.  Aerosil  o‘z  sochiluvchanligini 
yo‘qotmagan  xolda  15  dan  60%  gacha  turli  xil  suyuqliklarni  saqlab  qolishi 
mumkin.  Uning  10-12%  suvli  eritmasi  kam  qovushqoqlikka  ega  bo‘lgan 
suspenziya  bo‘lib,  eritmadagi  aerosilning  miqdorini  17%  gacha  ko‘tarish  bilan 
uning yarim qattiq, 20% gacha ko‘tarish bilan esa yirik-yirik bo‘lakli massani olish 
mumkin.  Biroq  bu  massalarni  aralashtirish  bilan  yana  gomogen  surtma  asosini 
olish mumkin bo‘ladi. SHuningdek, aerosil yana bir qator erituvchilar shuningdek, 
efir moylari bilan ham xuddi shunday gellarni xosil qilishi mumkin. M.P.Alyushin 
va M.M.Astraxanovalar esilon-aerosilli asosni taklif qildilar. Bu asos “Esilon 5” va 


73 
 
16% aerosildan iborat. Bu yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan oq rangli, tiniq gel 
pH ko‘rsatkichi bo‘yicha terining pH ko‘rsatkichiga yaqin (7,0-5,0). Asos umuman 
zaharli  emas,  maxalliq  qitiqlovchi  ta’sirga  ham  ega  emas,  shuningdek  tarkibdagi 
dori moddalar bilan yaxshi kelisha oladi. Avval aerosil yuqori faollikka ega modda 
sifatida dori moddalarini o‘ziga adsorbsiyalab, so‘ng tarkibidagi suvning xisobiga 
dori  moddalarini  to‘laligicha  desorbsiyalab,  terapevtik  samaradorlikni  namoyon 
qiladi.  Bu  asos  saqlanish  davomida  xar  qanday  haroratda  ham  qavatlanib 
qolmaydi.   

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish