Tabiiy kauchukning fizik xossalari. Tabiiy kauchuk 10°C
harorat va undan past haroratda uzoq muddat saqlaganda
kristallanadi. –25°C haroratda maksimal kristallanish jarayoni
kuzatiladi. Kristallanish jarayonida kauchuk qatlamlari shaf-
fofligini yo‘qotib qattiq holatga o‘tadi. Tabiiy kauchukning
erish harorati 40°C. Kauchuk osmotik uglevodorodlar, xloro-
form va tetraxlormetanda eriydi (2-jadval).
Texnologik xossalari. Tabiiy kauchukning plastikligi yetar-
li emas, shuning uchun oldindan valslarda 40–70°C haroratda
mexanik plastifikatsiya jarayoni o‘tkaziladi. Kauchukning qu-
yosh nuri va yuqori haroratga chidamliligini baholash uchun
plastikligini saqlash indeksi taklif qilingan. Bu ko‘rsatkich foiz
nisbatida aniqlanadi: ya’ni 140°C haroratda 30 daqiqa qizdirilgan