Q
yu
= Q
oq
= Q
me’yor
bu yerda: Q
yu
– yuklash; Q
oq
– oquvchanlik; Q
me’yor
– me’yorlash.
Bundan tashqari, suyuqlanmaning ma’lum shaklga ayla-
nishida va shakldan chiqayotganda sodir bo‘ladigan jarayonlar
hisobga olinishi kerak (makromolekulalar darajasining siljish
tezligiga bog‘liqligi suyuqlanmaning tortish kuchi va tezligi,
suyuqlanma oqimining elastikligini tiklash va boshq.).
Yuqorida aytilganidek, termoplastik polimerlarni oquvchan
holatga o‘tkazib, har xil profilga ega bo‘lgan teshiklar orqali
uzluksiz siqib chiqarish ekstru ziyalash deb ataladi.
Ekstruziyalash usuli plyonka, list, quvur, har xil kesimga
va konfiguratsiyaga ega bo‘lgan profil va to‘r olishda keng
qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi.
Ekstruderning bosh qismiga o‘rnatilgan mundshtuk (21-
rasm) orqali suyuqlik siqib chiqariladi.
Kallak oqib chiqayotgan termoplastga ma’lum tashqi shakl
berish uchun xizmat qiladi. Kallakdan chiqayotgan shakl beril-
gan buyum, plyonka «yeng» ko‘rinishida salqin havo berib
yoki boshqa usullar bilan sovitilib qotadi. Plyonka olish da
siqib chiqarish operatsiyasi bilan puflash operatsiyasi birga-
likda olib boriladi. Bu usul ekstruziya yo‘li bilan plyonka olish
deb ataladi (22-rasm).
80
21-rasm. Burchakli halqasimon kallak sxemasi: 1
–
kallakni rostlash
moslamasi; 2
–
dorn; 3
–
dornni ushlab turgich; 4
–
yengni puflash
uchun havo kanali.
22-rasm. Polietilen plyonka ishlab chiqarishning texnologik sxemasi:
1 – xomashyo saqlovchi moslamalar; 2 – sisterna yoki polietilen kel-
tiriladigan vagon; 3 – oraliq saqlash idishlari; 4 – har xil qo‘shimchalar
uchun oraliq idishlar; 5 – qo‘shimchalarni o‘lchash uchun moslamalar;
6 – metall zarrachalarni ushlab qoluvchi moslama; 7 – polietilenni
kuzatish asbobi; 8 – ekstruder; 9 – kallak (mundshtuk); 10 – plyonkani
tortish uchun moslama; 11 – plyonka yuzasini aktivlovchi moslama;
12 – plyonkani qirquvchi moslama; 13 – plyonkani o‘rash uskunasi;
14 – statik elektr zaryadlarning oldini olish moslamasi.
81
Bunda siqib chiqarilayotgan polietilen suyuqlanma ichiga
bosim ostida havo yuboriladi. Havo bosimi tufayli ekstruder
bosh qismidan chiqib kelayotgan «yeng» kengayib, ma’lum
qalinlik va kenglikdagi plyonkaga aylanadi. Bu jarayon uz-
luksiz davom etib, olingan plyonka maxsus uskunalar orqali
tortib barabanlarga o‘raladi. Jarayon quyidagi operatsiyalardan
iborat:
1. Xomashyoni tayyorlash va quritish.
2. Oquvchan holatga o‘tkazish va undan bir jinsli suyuq-
lanma hosil qilish (gomogenlash).
3. «Yeng»ni olish (shakllash).
4. Plyonkani oriyentatsiyalash va sovitish.
5. Plyonkani baraban orqali o‘rash.
6. Plyonkaning sifatini aniqlash.
22-rasmdan ko‘rinib turibdiki, quritilgan polimer granulasi
pnevmotransport orqali ekstruder bunkeriga uzatiladi. Granula
bunkerdan ekstruder silindriga tushadi. Aylanayotgan shnek
granulani oldinga qarab 2- va 3-zonalarga suradi. Natijada
granula oquvchan holatga o‘tadi va kallakni to‘ldiradi. Kal-
lakda suyuqlanma dorn tufayli perimetr bo‘yicha tarqaladi
va tirqishdan chiqishda silindr shakliga ega bo‘ladi (qopcha
yoki «yeng» shaklida). Suyuqlanmaga turg‘un shakl berish
uchun uni tashqi tomondan havo yordamida sovitiladi. «Yeng»
xiralasha boshlagan paytda qotish momenti, ya’ni kristallanish
chegarasi belgilanadi (agar kristallanuvchi polimer bo‘lsa,
unda kristalizatsiya jarayoni sodir bo‘ladi). Ekstruder «yeng»
uzunasiga maxsus valiklar yordamida tortiladi va shu bilan bir
qatorda «yeng» ichidagi havo yordamida puflanadi. «Yeng»
ichiga havo vaqti-vaqti bilan berib turiladi. Chunki havo diffu-
ziya va sizib chiqish tufayli «yeng» ichida kamayishi mumkin.
6—
82
Keyin plyonka barabanga o‘raladi yoki ikki tomondan qir-
qiladi. Qirqilgan «yeng»ning chetlari qayta ishlanadi va granula
holiga keltirilib, ishlatilayotgan toza granulaga qo‘shiladi.
Plyonka ishlab chiqarishda uzun shnekli ekstruderlar qo‘l-
laniladi. Bunday ekstruderni qo‘llashdan maqsad, suyuqlan-
mada pulsatsiya (tepib turish)ni yo‘qotishdir. Qo‘llaniladigan
ekstru derlarning ko‘rsatkichi: L/D = 20 – 25; D = 20 – 90 mm.
Tortib olingan plyonka ning qalinligi 10 dan 300 mkm gacha
bo‘lishi mumkin. Qalinligi uchun yo‘l qo‘yilgan o‘zgaruvchanlik
±10 %.
Qolipdan oldin quyilgan suyuqlanmani filtrlash to‘rining
ishlash xususiyati bosimning o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Agar
to‘rning qarshiligi ortsa (ifloslanishi tufayli), u almashtiriladi.
Umuman aytganda, ekstruderning ishlash xususiyati ish
unumdorligi talab qilinadigan quvvatga nisbati bilan aniqlanadi.
Hozirgi zamon ekstruderlarida shunday jihozlar o‘rnatil-
ganki, ular zonalar bo‘ylab haroratni nazorat qilish va avtoma-
tik ravishda uni boshqarish; suyuqlanma bosimini to‘rgacha
va undan keyin nazorat qilish; ekstruder va plyonkaning qa-
linligini nazorat qilish; shnekning aylanish chastotasini nazo-
rat qilish; avtomatik ravishda havoni «yeng» ichiga uzatish va
boshqalarni amalga oshiradi.
Bir xil qalinlikdagi plyonka olishda siqilgan havoni bir tekis
va o‘zgarmas bosim ostida yo‘naltirish muhim ahamiyatga
ega. Plyonkaning qalinligi va kengligi «yeng» ichiga havoni
ko‘p yoki oz puflash orqali boshqarib turiladi. Tajribalar shuni
ko‘rsatdiki, «yeng»ga puflash darajasi 250–300% dan osh-
masligi yoki boshqacha qilib aytganda, puflangan «yeng»-
ning diametri halqasimon tirqish diametridan 2,5–3 marta ko‘p
bo‘lishi lozim ekan.
83
Shu shartga rioya qilinganda puflangan plyonka qalinligi
mashinaning bosh qismidagi halqasimon tirqishdan chiqayot-
gan parda qalinligidan taxminan 9–10 marta kichik bo‘ladi.
Turli polimerlar va polimer kompozitsion materiallardan oli-
nadigan mahsulotlar ham xilma-xildir (23-rasm).
Bu usul bilan PE, PP, PS, PA va boshqalardan plyonka olish
mumkin. Polietilenning yuqori qovushqoqlik ko‘rsatkichi PTR
ga ega bo‘lgan rusumlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkichga
ega bolgan polietilen «yeng» turg‘un bo‘lib, uni kallakdan
tortib olish imkoniyati yuqori bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |