96
Bu faqatgina qorishmani oraliq tirqishga yo‘naltiradigan
ishqalanish kuchlari kogezion mustahkamlik
va qorishmaning
ichki ishqalanish kuchidan ortiq bo‘lganida kuzatiladi.
«Aylanayotgan zaxira» qismida rezina qorishmasida yuzaga
keladigan eng katta surilish deformatsiyalari kuzatiladi, demak
surilishning eng katta kuchlanishlari ham kuzatilib, bu eng
jadal aralashishga sabab bo‘ladi. Surilishning kuchlanishi, aso-
san, aralashitirish harorati va deformatsiya tezligidagi rezina
qorish
masining qovushqoqligiga bog‘liq bo‘ladi (19-rasm).
Rezina qorishmasining tayyorlanish vaqti va miqdori qorishma
tarkibi va ingrediyentlarning fizik xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Valoklarning harorati esa qorishmaning xossasiga va uning
tar kibidagi ingrediyentlar faolligiga qarab belgilanadi. Ko‘p
hollarda valslarning orqa valoki harorati 70–75°C ni,
oldingi
valoki harorati esa 45–55°C ni tashkil etadi (25-rasm). Rezina
qorishmasini valslarda sifatli tayyorlash uchun uning oldingi
25-rasm. Valslarning harakat qilish holati:
a – vals vallari o‘rtasidagi
rezina qorishmasi oqimi;
b – valslarning har xil aylanma tezlikdagi
vallari oraliq tirqishidagi rezina qorishma-sining oqish tezligi liniyasi.
a
b
97
valoki yuzasiga suyuq va mayda ingrediyentlar tekis solinishi
kerak.
Hamma ingrediyentlar qo‘shilgandan keyin rezina qorish-
masi valok yuzasi bo‘yicha pichoq yordamida chap va o‘ng
tomonga kesib qayta valoklar orasiga kiritiladi (26-rasm).
Valslarda rezina qorishmalarini tayyorlashda kiritilayotgan
ingrediyentlarning ketma-ketligiga katta e’tibor
berilishi va
reglament asosida ish olib borilishi shart. Birinchi valsga beril-
gan tarkib asosida kauchuk kiritiladi, u valokka tekis yopish-
gungacha aylantiriladi. Agar tarkib ikki va undan ortiq kau-
chuk dan tashkil topgan bo‘lsa, u holatda
qovqshqoqligi yuqori
75°C
79°C
87°C
26-rasm. Rezina qorishmasini valsda aralashtirishda haroratning
taqsimlanishi.
27-rasm. Tayyor rezina tovarlari.
7—
98
bo‘lgan kauchukdan boshlab valsga kiritiladi. Undan keyin
ketma-ketlikda aralashtirgichlar (dispergator) va vulkanlash
agent lari kiritiladi. Rezina qorishmalarga qurum, yumshatkich
va plastifikatorlarni ketma-ketlikda kiritish katta ahamiyatga
ega. To‘ldirgichlarni yaxshi aralashtirish
uchun bir necha
qismga bo‘lib kiritiladi. Plastifikatorlarni to‘ldirgichdan keyin
kiritish maqsadga muvofiq. Vulkanlash agentining rezina qo-
rishmasini tayyorlash jarayonida vulkanlanish boshlanmasligi
uchun jarayonning eng oxirida qo‘shiladi. Agarda vulkanlash
agenti qiyin aralashadigan bo‘lsa, u holda uning boshida va,
tezlatkichning oxirida qo‘shiladi. Ingrediyentlarni kiritib bo‘l-
gan dan keyin rezina qorishmasini valsda chap va o‘ng
tomonga
kesib, yaxshilab aralashtirib olinadi.
Tayyor rezina qorishmasi +5°C atrofidagi suvda sovitiladi
va tindirishga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: