92
4-jadval
Ingrediyentlarni qo‘shish tartibi
Ingrediyentlar
Qo‘shish vaqti
Kauchuk
0
Stearin
8 daq.
Merkaptobenztiazol va rux oksidi
12 daq.
Oltingugurt
15 daq.
Vulkanlanish jarayoni 143°C haroratda 20
daqiqa davomida
olib boriladi.
Qo‘llanilishi. Tabiiy kauchuk asosida olingan rezina yuqori
elastikligi, sovuqbardoshligi, yuqori dinamik xossalari, ishqala-
nishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Organik erituvchilarda
oson bo‘kadi va eskirish jarayoni tez o‘tadi. Tabiiy kauchuk
asosida
yelimlar, ebonitlar, avtomobil shinalari, rezinotexnik,
xo‘jalik, sport va gubkasimon mahsulotlar
ishlab chiqariladi
(24-rasm).
Izopren kauchuk. Bu kauchuk sintetik kauchuklar turkumiga
kiradi. Tabiiy kauchukdan kauchuk bo‘lmagan moddalar
miqdori kamligi, kam tartibli tuzilishga ega bo‘lganligi
hamda
polimer zanjirida funksional guruhlar yo‘qligi bilan farq
qiladi. Bu kauchuk tarkibida azot saqlovchi moddalar yo‘qligi
va zollik kam bo‘lganligi tufayli suvga chidamli va yuqori
dielektrik xususiyatga ega.
Butadiyen kauchuk. Bu kauchuk divinildan
natriy initsiatori
qo‘shilib polimerizatsiya yo‘li bilan olinadi. Olinish usuli
o‘zgartirilib, har xil tuzilishga ega bo‘lgan kauchuk olinadi:
93
Butadiyen kauchuklarning markalari: SKDL – litiyli ka-
talizatorlar ishtirokida eritmalarda olinadi. Yuqori sovuq bar-
doshlikka ega. SKB – stereoregular tuzilishga ega bo‘lgan
kauchuk kompleks katalizator ishtirokida olinadi. SKD-1 –
«titanli» (TiCl
4
+ AlCl
3
) katalitik
tizimi ishtirokida olinadi
va sis-1,4 strukturali zanjir miqdori 87–95% ni tashkil qiladi.
SKD-2 – «kobalt» (CoCl
2
+ AlRCl
2
) katalitik tizimi ishtirokida
olinadi va sis-1,4 strukturali zanjir miqdori 93–98% ni tashkil
qiladi.
Fizik xossalari: butadiyen kauchuklarining zichligi
900–920 kg/m
3
. Shishalanish harorati mikrostrukturaga bog‘liq
va quyidagi oraliqda namoyon bo‘ladi: SKD uchun –95°C dan
–110°C gacha, SKDL uchun –90°C dan –105°C gacha, SKB
uchun –48°C dan –54°C gacha.
Butadiyen kauchuklari tarkibida sis-1,4
strukturali kau-
chuk miqdori 80% dan yuqori bo‘lganda past haroratlarda
kristallanish xususiyatiga ega bo‘ladi. SKD kristallanish mak-
24-rasm. Yedirilishga mustahkam rezina mahsulotlari –
sport tovarlari va avtomobil shinalari
94
simal tezlik harorati 60°C gacha bo‘lib,
bunda maksimal kris-
tallanish darajasi 60% ga yetadi. SKD aso sidagi rezinalar
kristallanish jarayonida qotadi. Kauchukning kristallanishi ka-
mayishi bilan SKDL asosidagi rezinalarning sovuqqa chidam-
liligi yuqori bo‘lib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: