R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

29-rasm.  Bir bosqichli usulida rezina aralashmasini tayyorlash: 
 
11216202426283334383944 – har xil materiallar uchun 
taqsimlovchi bunkerlar; 2 – ta’minlovchi uskina: 372225323741
46 – ingridiyentlar uchun avtomatik tarozilar51923 – ingridiyentlar 
uchun rezina aralashtiruvchi yuklovchi idishlar; 6 – suyuq ingridiyentlar 
uchun uzatkichlar; 9 – suyuq ingridiyentlar uchun oraliq uzatkich; 10 – 
suyuq ingridiyentlar uchun nasos; 11 – klapan; 13,  17 – vibroshnekli 
ta’minlovchi;  21 – harakatlanuvchi konteyner; 2931,  35,  36,  40,  45 – 
vintli ta’minlovchi; 42 – granula holatdagi kauchuk uchun idish; 45
rotatsion uzatma; 4748 – tasmasimon uzatkich; 49 – vals; 50 – relsli 
yo‘l; 51 – yarim avtomatli tarozi.
fikatorlar oldindan qo‘shilishi mumkin. Ba’zi hollarda faol 
texnik qurumlar bo‘lib-bo‘lib yuqorigi itargichni siqishi nati-
jasida qo‘shiladi. Suyuq yumshatkich va plastifikatorlar bosim 
ostida yopiq bo‘lib ishlayotgan mashina kamerasiga yubo-
riladi. Rezina qorishmasini tayyorlash jarayonida mashina ka-
merasining yuqori qism itargichi berkitilgan va bosim ostida 
ushlanishi kerak.
1
42
46
47
48
49
49
49
50
2
3
4
5
6
7 8
9
10
11
12
13
13 13
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
262728
2930 31
32
3334
3536
37
3839
4040
41


102
Ikki bosqichdan yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan rezina 
qorishmasini tayyorlash uchun «Intermiks» rezina qorishmasini 
tayyorlash mashinasi ishlatiladi (30-rasm). 
Bu mashina kamerasi va aylanish rotorlarining tuzilishi 
bilan boshqa mashinalardan farq qiladi va kamera ichidagi 
issiq haroratni boshqarish osonlashadi, chunki kameraning 
30-rasm.  Rezina qorishmalarini ikki bosqichda tayyorlash texnologik 
jarayoni: 1 – qurum uchun bunker; 256910132529 – avtomatik 
tarozilar; 3726 – yig‘uv idishlari; 4 – plastifikator uchun idish; 8 – 
kimyoviy moddalar uchun bunker; 11,  27 – siklonlar; 12 – kauchuk 
granulalari uchun bunker; 14,  16 – tasmali uzatkichlar; 15 – tezkor 
ishlovchi rezina aralashtirgich; 17 – granulalovchi kallakli chervyakli 
mashina;  18 – tebranuvchi uzatkich19 – elevator; 20 – granulalar 
uchun sovituvchi kamera; 21 – granulalarni qabul qiluvchi; 22 – 
granulalarni uzatuvchi; 23 – tarozi; 24 – oltingugurt va tezlashtirgich 
uchun bunker; 28 – birlamchi rezina qorishmasi uchun bunker; 30 – 
havo uzatgichi uchun vakuum-uskuna; 31,  32 – avtomatik va qo‘lda 
boshqaruv yashigi; 33 – changyutkich.


103
ham ma tomoni sovitilishga moslashtirilgan. Bundan tashqari, 
mashinadan chiqayotgan qorishmaning ham harorati pasayti-
rilib chiqariladi, natijada rezina qorishmasining ma’lum miq-
dor 
da vulkanlash jarayoniga uchrashining oldi olinadi va 
rezina qorishmalarining sifati oshadi.
Rezina qorishmalarini yopiq tizimli mashinalarda tayyor-
lash jarayonida berilgan rezina qorishmalarini tayyorlash vaq-
tini, ingrediyentlar kiritish ketma-ketligini, kamera ichidagi 
haroratni, yuqori va pastki zatvorlarni siquvchi havo bosimini, 
kamerani sovitish suv bosimini nazorat qilish va reglament 
asosida ushlab turish talab qilinadi.
Rezina qorishmalarini tayyorlash avtomatik boshqaruv 
tizimi bilan ta’minlangan. Jarayon boshqarish reglamenti aso-
sida tuziladi va EHM ga kiritiladi. Shu asosda barcha kau chuk 
va ingrediyentlar vaqt birligi asosida kamera ichiga ket ma-
ketlikda kiritiladi. Ba’zi mashinalarda umumiy rezina qorish-
malarini tayyorlash davomiyligi vaqt birligida, ba’zilarida esa 
harorat birligida boshqariladi.
Qorishmani tayyorlashda kamerada ishqalanish va siqilish 
hisobiga katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, shuning 
uchun ham rezina qorishmasining harorati oshib ketadi. Bu 
holat qorishmaning sifatini pasaytirib, texnologik xossalarini 
yomon lashtirishga olib keladi. Shuning uchun ham bunday 
holat da rezina qorishmalarini tayyorlash vaqti harorat orqali 
boshqariladi. Masalan, rezina qorishmasi harorati 110°C yoki 
120°C  va  hоkаzоgacha  ko‘tarilganda  kamera  pastki  zatvori 
avtomitik ravishda ochiladi.
Rezina qorishmalarini tayyorlashni texnologik reglament 
asosida boshqarish uchun kamera ichidagi, pastki va yuqoridagi 
zatvorlarga beriladigan bosim 0,6–0,8 MPa ga teng bo‘lishi 


104
kerak. Shu holatda sifatli rezina qorishmasini tayyorlash 
mumkin.
Rezina qorishmalarini to‘xtovsiz tayyorlash jarayoni to‘x-
tab tayyorlash jarayonidan harorat va mashinaning kuchi kam 
o‘zgarishi bilan farq qiladi. Bundan tashqari, rezina qorish-
masini tayyorlash jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik ingre-
diyentlarni qizdirish uchun sarflanadi va mashinaning foydali 
ish bajarish koeffitsiyenti oshadi, rezina qorishmasining bir xil 
haroratda chiqishini va xossasini ta’minlab qoliplash ishlari 
ham bir vaqtda bajariladi.
To‘xtovsiz ishlaydigan rezina qorishmalarini tayyorlash 
mashinalari chervyakli mashinalarga o‘xshab ketadi, ular bir 
yoki bir necha chervyak bo‘lishi mumkin. 
RSND-380/450-1. Chervyakning o‘zgaruvchan diametri 
380/450 mm, aylanish tezligi 10–40 ayl./daq., 6 ta bo‘limga 
bo‘lin gan va harorati nazoratga olingan. To‘xtovsiz ishlaydigan 
rezina tayyorlash mashinalarini ishlatishning qiyin tomoni 
shundan iboratki, unda qorishma tarkibida ingrediyentlarni bir 
xilda o‘lchash qiyinchiligi tug‘iladi. Bundan tashqari, har xil 
tarkibdagi qorishmalarni ishlatuvchi korxonalarda bu usulni 
qo‘llash iqtisodiy samara bermaydi, chunki uni tez-tez qayta 
tozalash va ishlash reglamentini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. 
To‘xtamasdan ishlatiladigan rezina qorishmasi tayyorlash ma-
shinasida mayda kukunsimon kauchuk va ingrediyentlardan 
rezina qorishmasini tayyorlash texnologiyasi ustunlik va iq-
tisodiy samara beradi.
Rezina qorishmalari mashinadan chiqqandan keyin ma’lum 
miqdorda vulkanlash jarayoni boshlanmasligi va natijada tex-
nologik xossalari yomonlashmasligi uchun ularni sovitish talab 
etiladi. Rezina qorishmalarini sovitishning bir necha usuli bor.


105
Sovuq suvda sovitish (+5–10°C). Bu usulning kamchiligi 
qorishma tarkibidagi mineral to‘ldirgichiar suvni ma’lum miq-
dor o‘ziga yutadi va mahsulotning sifati pasayadi, qo‘l kuchi 
ko‘p ishlatiladi va tozalik jihatidan noqulayligidir.
Rezina qorishmalarini sovitishning samarali usullaridan 
biri  bu  –  ularni  kaolinning suvdagi aralashmasida sinash. Bu 
usulning kamchiligi ham energiya sarfining kattaligidadir. 
Rezina qorishmalarini sovitishning zamonaviy usuli uzluksiz 
ishlovchi mashinalar yordamida rezina qorishmasi tasmalarga 
bo‘linib, unga kaolinning suvdagi eritmasi sepilib, sovituvchi 
kamerada sovitiladi.
Rezina qorishmalarini sovitish jarayonida kauchuklar mak-
ro molekulalarida mexanik kuchlar va issiqlik hosil bo‘lgan 
fizik-kimyoviy o‘zgarishlar o‘z holiga qaytadi. Bu holat rezina 
qorishmalarini tindirish holati deyiladi. Natijada bu qorish-
malardan olinadigan rezina-texnika buyumlari qolipdan bir 
xil shaklda chiqadi, ya’ni qoldiq kirishish bo‘lmaydi. Tindirish 
vaqti kauchuklarning tuzilishiga va fizik-kimyoviy xossalariga 
bog‘liq holda o‘rtacha 4–6 soat atrofida bo‘ladi. 

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish