108
aralashmalarni katta gorizontal itaruvchi kuchlar ta’sirida ish-
lash uchun qo‘llaniladi.
Isituvchi valslar rezina aralashmalarni kalandrlar va cher-
vyakli mashinalarda ishlatishdan oldin isitish uchun xizmat
qiladi. Ular aralashtiruvchi valslardan friksiya qiymati (1:1,27
dan 1:1,37 gacha) bilan farqlanadi,
friksiyaning katta qiymati
qattiq aralashmalarning ishlaydigan valslariga tegishli. Ba’zan
orqa valokning sirti rifellangan bo‘ladi.
Rafinirlovchi valslar rezina aralashmalari, kauchuk va
regeneratlarni qattiq qo‘shilmalar va zarrachalardan tozalash
uchun mo‘ljallangan. Valoklar ishchi qismlarining sirti silliq,
bochkasimon bo‘lganligi uchun ishlanayotgan materialdagi
qattiq qo‘shimchalar valoklarning
chetiga siqib chiqariladi
va qorishmaning chekka qismi bilan birga olib tashlanadi.
Rafinirlovchi valslar valoklari bochkalarining diametrlari
turlicha bo‘ladi: oldingi valoklar – 490 mm, orqa valoklar –
610 mm; friksiyasi – 1:1,255. Dastlabki tozalashda valokdagi
qorishma qatlamining qalinligi 0,25 mm, yakuniy tozalashda
esa 0,15 mm bo‘ladi.
Maydalovchi valslar regenerat ishlab chiqarishda va rezina-
tekistil matolarni qayta ishlashda, eski rezinani va tekstil chi-
qindilarini maydalashda qo‘llaniladi. Valok bochkalarining
o‘lchamlari va friksiyasi xuddi rafinirlovchi valslarniki kabi
bo‘ladi.
Tuyuvchi valslar rezina chiqindilarini, rezina tekstil mato-
larni va ebonitni juda mayda qilib tuyish uchun mo‘ljallangan.
Ikkala valokning ham diametri bir xil bo‘lib,
ular silliq
silindrsimon yuzaga ega bo‘ladi. Maydalovchi valslarga qara-
gan da friksiyasi yuqori bo‘ladi (1:4). Konstruksiyasiga ko‘ra
tuyuvchi valslar aralashtiruvchi va isituvchi valslarga o‘xshaydi.
109
Yuvuvchi valslar tabiiy va sintetik kauchuklarni mexanik
qo‘shimchalardan yuvish uchun qo‘llaniladi. Ular 1:1,38 frik-
siyada ishlaydi. Valok bochkalarining diametri bir xilda, yuzasi
rifellangan bo‘ladi.
Laboratoriya valslari laboratoriya va tadqiqot ishlarida qo‘l-
laniladi. Ular valoklarining o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘ladi.
Sanoatda qo‘llaniladigan valslardan ko‘plab
boshqaruv chi va
qayd qiluvchi asboblari va yordamchi qurilmalarining mav-
judligi hamda yuritma mexanizmi bilan farq qiladi.
Valslarning shartli belgilanishi GOST 1433-2009 bilan
reg lamentlangan. Masalan, valoklar bochkalarining uzunligi
2130 mm, oldingi va orqa valoklar bochkalarining diametri
660 mm bo‘lgan, o‘ng yuritmali aralashtiruvchi valslar quyida-
gicha belgilanadi: Vals SM 2130 660/660 P.
Do'stlaringiz bilan baham: