Alkadiyenlar .Diyen Uglevodorodlar. Kauchuklar Reja. Alkadiyenlar nomlanishi va ularning xossalari. Tabiiy va suniiy kauchukning xossalari . Tabiiy va sun’iy kauchukning ishlatilishi. Molekulasida ikkita qo`shbog tutgan to`yinmagan uglevodorodlar alkadiyenlar yoki dien uglevodorodlar deyiladi.Diyen uglevodorodlar atsitelen qatori uglevodorodlarga o`xshab CnH2n-2 umumiy formulaga ega. Lekin molekulasidagi ikkita qo`shbog` bo`lishi kamida uchta uglerod atomi , ya`ni n≥3 dan boshlab atsitelen qatori uglevodlari diyen uglevodlar bilan o`zaro isomer moddalardir. Shu sababli diyen uglevodorodlar ikkita qo`shbog`ning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab kimyoviy xossalariga qarab uch turga bo`linadi.1. Zich ( kumullashgan) qo`shbog`li >C=C=C< diyenlar. Ularda qo`shbog`lar ketma – ket joylashib , ular beqaror moddalar , ya`ni osonlik bilan alkinlarga qayta gruppalanadi. H2C = C = CH2 → HC = C – CH3 Ajralgan (izolyatsiyalangan ) qoshbog`li > C= C-C- C=C< diyenlar . Opalatma ( konyugirlangan) qoshbog`li qo`shbog`li > C=C-C=C< diyenlar . Bu diyenlarda ikkita qo`shbog` bitta oddiy C- C bog` bilan ajralgan bo`lib , eng oddiy vakili divinil (n=4) yoki butadiyen - 1,3. Uning hosilalari di vinil yoki 1,3 butadienlar ham deyiladi. Diyen uglevodorodlar ko`pincha sistematik nomenkatura bo`yicha nomlanadi . Ylarning nomi tegishli to`yingan uglevodorodlar nomidagi oxirgi - n harfini diyen qo`shimchasi bilan almashtirish orqali hosil qilinadi. 1 2 3 4 CH2 = CH - CH= CH2 butadiyen 1,3 ( divinil) 4 3 2 1 CH2 = C = CH -CH2 butadiyen 1,2 Trivial nomenklatura bo`yicha CH2 = CH - CH= CH2 divinil :CH2 = C - CH= CH2 - izopren deb nomlanadi . Olinishi: Diyen uglevodorodlardan izopren tabiatda mavjud . U Braziliyadagi geveya daraxtidan oqib chiqadigan sutsimon suyuqlikdan olinadi. Divinil tabiatda mavjud emas . Butadiyen 1,3 gazsimon modda , sanoatda sintetik kauchuk olish uchun muhim xomashyo bo`lganligi sababli , uning turli sintetik olinish usullari ishlab chiqilgan. Sanoat miqyosida butadiyen 1,3 S. B. Lebedov usuli (1928y) bilan ham olinadi.Bu usulga ko`ra etil spirit 400- 500C0 da katalizatorlar ( ZnO , MgO , Al2O3 ) ustidan o`tkazilsa , butadiyen 1,3 hosil bo`ladi. qizdirish 2 C2H5-------------------->CH2 = CH - CH = CH2 + 2H2O + H2 etanol ZnO , MgO , Al2O3 butadiyen 1,3 Neft mahsulotlari krekingidan hosil bo`ladigan va ayrim tabiiy yo`ldosh gazlar aralashmasi tarkibidagi butan va butilenni yuqori temperaturada xrom alyuminili katalizatorlar ishtirokida degidrogenlash bilan olinadi. Kat t C4H10-------------------->CH2 = CH - CH = CH2 + 2H2 butanol butadiyen 1,3 Kaychuklar sintetik va tabiiy kauchuklarga bo`linadi. Tabiiy kaychuk elastic bo`lgani uchun chidamli .Uning qimmatli xususiyatlaridan yana biri suv va gazni o`tkazmasligidadir, kauchuk suvda amalda erimaydi. Tabiiy kaychuk etil spirtida biroz eriydi , benzol , benzin , uglerog sulfid avval bòkadi, song eriydi. Nazorat savollar: 1.Tabiiy va sintetik kauchiklar bir-biridan qanday farq qiladi? 2.Qaysi olim 1932-yilda sintetik kauchikni olgan? 3.Kauchiklar nima maqsadda ishlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |