Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


 Isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

 
4.5. Isbotlash vositalariga yo‘l qo‘yilishi 
 
Fuqarolik  protsessual  qonun  normalari  bilan  belgilangan  isbotlash 
qoidalariga  muvofiq,  sud  muayyan  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  dalillar 
aloqadorligi va yo‘l qo‘yilgan isbotlash vositalaridan kelib chiqishi lozim 
bo‘ladi.  Sud  faqat  ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  dalillarnigina 
ko‘rishga qabul qiladi (FPKning 73-moddasi). 
Dalillarning  daxldorlik  qoidasi  sudga  ishga  daxldor  bo‘lgan  barcha 
faktlar va holatlarni aniqlash va tekshirish majburiyatini yuklaydi. Dalillar 
daxldorligi  sud  tomonidan  ko‘rilayotgan  ishdagi  mavjud  materiallarni 
tahlil qilish asosida sudyaning ishonchiga ko‘ra aniqlanadi.  
Dalillarning  aloqadorligi  nuqtai  nazaridan,  fotosuratlar  ishda  ishtirok 
etuvchi  shaxslarning  talab  va  e’tirozlarini  asoslovchi  holatlarni 
tasvirlagandagina  dalil  bo‘lishi  mumkin.  Guvohlarning  ko‘rsatuvlari, 
shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilinayotgan 
yozma  va  ashyoviy  dalillar  ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lishini  nazarda 
tutib, sud barcha holatlarda ularga ushbu dalillar va guvohlar ko‘rsatmasi 
aynan  qaysi  holatlarni  tasdiqlashi  mumkinligini  ko‘rsatishni  taklif  qilishi 
lozim. 
Ish  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lmagan  dalillarni  qabul  qilishga, 
shuningdek kelib chiqqan nizo bo‘yicha isbotlash vositalari bo‘la olmaydigan 
ma’lumotlardan  foydalanishga  yo‘l    qo‘yilmaydi.  Har  bir  dalilning  ishga 
tegishliligi  sud  tomonidan  belgilanadi.  Sud  o‘zi  ish  holati  to‘g‘risidagi 
ma’lumotni  qaysi  dalil  isbotlash  vositasi  hisoblanishi,  qaysi  dalil  isbotlash 
vositasi  hisoblanmasligini  hal  qiladi.  Isbotlash  vositalariga  yo‘l  qo‘yilishi 
qoidasi  ishga  tegishli  bo‘lmagan  materialni  protsessdan  chetlatishga  imkon 
beradi.  Yo‘l  qo‘yish  qoidasi  protsessni  dalilning  kerakli  turlari  bilan 
ta’minlashga imkon beradi.  
Isbotlash 
vositalariga 
yo‘l 
qo‘yilishi 
to‘g‘risida 
FPKning                 
74-moddasida  ko‘rsatma  beriladi.  Bunda  qonun  bo‘yicha  muayyan 
isbotlash  vositalari  bilan  tasdiqlanishi  shart  bo‘lgan  ishning  holatlar 


 
 
52 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
boshqa  hech  qanday  isbotlash  vositalar  bilan  tasdiqlanishi  mumkin 
emasligi tushuniladi.  
 
Masalan, uy-joyning olingan, sotilgan bo‘lishi Fuqarolik kodeksining  112 va 488-
moddalariga  muvofiq,  notarial  tartibda  guvohlantirilgan  va  tegishli  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan  shartnoma  bilangina  tasdiqlanishi  mumkin.  Eng  kam  ish  haqining  o‘n 
baravaridan ortiq summaga tuziladigan qarz shartnomasi oddiy yozma formada tuzilishi 
lozim. Aks holda shartnomani tuzilganligini (arz berilganligini) yoki shartnomaning ijro 
etilganligini  (qarzning  to‘langanligini)  guvohlarning  ko‘rsatmalari  bilan  isbotlab 
bo‘lmaydi. Ammo jinoiy jazoga tortiladigan xatti-harakatlar ro‘y berganida, chunonchi, 
qarz  olgan  shaxs  birovlarning  ishonchidan  foydalanib,  bir  necha  fuqaroning  haqiga 
xiyonat  qilsa  (olgan  qarzini  tan  olmasa),  ya’ni  firibgarlik  qilsa,  umumiy  qoidadan 
(FKning 733-moddasidan) mustasno tariqasida da’vo guvohlarning ko‘rsatmalari bilan 
isbotlanishi mumkin (FKning 737-moddasi). 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish