Sudga oid dalillar, birinchidan, faktik ma’lumotlar hisoblanib, o‘z
mazmuniga, ikkinchidan, protsessual shaklga, uchinchidan, isbotlash
vositalarini olish va tekshirishning ma’lum protsessual tartibiga ega
bo‘ladi. Mazkur belgilar sudga oid dalillarning haqiqiy tabiatini ochib
beradi.
Dalilning yuqoridagi belgilaridan birortasining mavjud bo‘lmasligi
dalilning bir butunligini istisno qiladi. Protsessual shaklga ega bo‘lmagan
dalil esa dalil bo‘la olmaydi.
4.4. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Isbotlashdan ozod qilinadigan holatlar fuqarolik protsessual
huquqida ikkita asosga: hammaga ma’lum deb topilgan holatlarga va
preyuditsial (avvaldan aniqlangan faktlar, lotincha «prayejudicium»
dastlabki hal qiluv qarori) asoslarga bo‘linadi.
FPKning 75-moddasiga ko‘ra, sud hammaga ma’lum deb topgan
Do'stlaringiz bilan baham: |