Toshkent davlat yuridik universiteti mamasiddiqov muzaffarjon musajonovich esanova zamira normurotovna


isbotlash”,  deb  nomlanadi.  O‘z  navbatida,  sud  tomonidan  aniqlanishi  lozim  bo‘lgan  holatlar  isbotlash  predmeti



Download 4,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/283
Sana08.08.2021
Hajmi4,64 Mb.
#141741
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   283
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

isbotlash”,  deb  nomlanadi.  O‘z  navbatida,  sud  tomonidan  aniqlanishi 
lozim  bo‘lgan  holatlar  isbotlash  predmeti  deb  atalsa,  ish  uchun 
ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni isbotlash amalga oshiriladigan vositalar 
sudga oid dalillar deyiladi. 
Tortishuvchilik  prinsipiga  muvofiq,  sud  taraflarga  ish  bo‘yicha  dalillar 
to‘plashga  ko‘maklashadi,  agar  qo‘shimcha  dalillar  taqdim  etish  taraflar  va 
ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslar  uchun  qiyinchilik  tug‘dirsa,  sud 
ularning iltimosnomasiga ko‘ra dalillar to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.  
 
Isbotlash  sudga  oid  dalillar  yordamida  ish  holatlarini  aniqlash 
bo‘yicha  faoliyat  hisoblanib,  taraflarning  va  manfaatdor  shaxslarning 
ishga  doir  dalillarni  to‘plash,  sudga  taqdim  etish,  uni  tekshirish  va 


 
FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI  
 
 
baholash  jarayonlarida  ishtirok  etishi  kabi  protsessual  harakatlari 
natijasida yuzaga keladi. 
 
Suddagi  isbotlashning  subyektlari  sifatida  faqat  taraflar,  uchinchi 
shaxslar, ularning vakillari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar e’tirof 
etiladi. 
Sudga murojaat qilgan da’vogar o‘z talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan 
holatlar  va  bu  holatlarni  tasdiqlaydigan  dalillarni  taqdim  etishi  shart.  Aynan 
mazkur faktlardan ish bo‘yicha isbotlash predmeti yuzaga keladi. 
Isbotlash  predmetiga,  birinchi  navbatda,  da’voning  asosiga  qo‘yilgan 
faktlar,  ya’ni  da’vogar  o‘zining  talablariga  asos  qilib  ko‘rsatayotgan 
holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar  mansub bo‘ladi. Isbotlash 
predmetiga,  shuningdek  javobgar  tomonidan  da’voga  qarshi  bildirilgan 
e’tirozlarni asoslaydigan faktlar ham kiradi. 
Agarda protsessga mustaqil da’vo bilan murojaat qiluvchi uchinchi shaxs 
kirishadigan  bo‘lsa  yoki  javobgar  da’vogarga  qarshi  da’vo  taqdim  qiladigan 
bo‘lsa,  u  holda  isbotlash  predmeti  bunday  da’volarning  asosiga  qo‘yilgan 
faktlar hisoblanadi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007 yil 2 oktyabrdagi “Fuqarolik ishlarini 
ko‘rishda  sudlar  tomonidan  dalillarga  oid  qonun  normalarini  qo‘llashning  ayrim  masalalari 
to‘g‘risida”gi qarorida ham tushuntirishlar berilgan. Unga ko‘ra, ayrim faktlar isbotlash predmetiga 
kirmaydi  va  isbotlashga  muhtoj  emas,  chunonchi,  sud  hammaga  ma’lum  deb  topgan  holatlar, 
sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  va  jinoyat  ishi  bo‘yicha 
sudning  hukmi  bo‘yicha  aniqlangan  faktlar  shular  jumlasidandir.  Ish  uchun  ahamiyatga  ega 
bo‘lmagan  dalillarni  qabul  qilishga,  shuningdek  kelib  chiqqan  nizo  bo‘yicha  isbotlash  vositalari 
bo‘la olmaydigan ma’lumotlardan foydalanishga yo‘l  qo‘yilmaydi. 
 
Har  bir  fuqarolik  ishi  bo‘yicha  isbotlash  predmetini  to‘g‘ri  belgilash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan barcha 
holatlar  aniqlanmas  ekan,  bu  ish  yuzasidan  asoslantirilmagan  hal  qiluv 
qarori qabul qilinishiga olib keladi. 

Download 4,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish