Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
qo‘rqardi. Tish tabibi-ku uning ko‘ziga Azroil kabi ko‘rinar, nazarida u tishni emas jonni 
sug‘urib oladiganday bo‘lardi. Ikki kundan beri jag‘ tishi zirqiraydi. Ikki kundan beri 
mo‘’jiza kutadi: og‘riq o‘z-o‘zidan to‘xtar, deb umid qiladi. Bu tun og‘riq zabtiga olganda 
«tong otishi bilan borib shartta sug‘irtirib tashlayman», deb qasd qildi. Tong otdi. Ahdiga 
vafo qilib tish tabibiga bordi. Ammo uning shijoati, dadilligi tabib xonasining ostonasiga 
qadar yetdi. «Birpas nafasimni rostlay», deb o‘zini o‘zi aldab, oromkursiga o‘tirdi. U kabi 
«botir»lar hali tabibga yetib kelmagan, qabulxonada uning o‘zi tizzasi qaltiragan holda 
o‘tirardi. Tabib qiya ochiq eshikdan qarab-qarab qo‘yib, oxiri ostonaga keldi-da, «menga 
kirmoqchimisiz?» deb so‘radi. Omonullo beixtiyor ravishda bosh chayqab, «yo‘q» dedi. 
So‘ng ajablangan tabibga qarab «o‘rtog‘imni kutyapman», deb izoh berdi. Nazarida 
tabibni ko‘rishi bilan tish og‘rig‘i to‘xtaganday bo‘ldi. Tabib joyiga qaytishi bilan u 
o‘rnidan turdi. Xuddi tabib yana qaytib, «qani bu yoqqa yur-chi», deb zo‘rlaydiganday 
tez-tez yurib tashqariga yo‘l oldi. Ishxonasiga yetib kelishi bilan og‘riq yana o‘z zulmini 
o‘tkaza boshladi. Ana shu paytda telefon jiringlab uni qotillik sodir bo‘lgan manzilga 
da’vat qildi. 
Omonullo prokuratura vakili bilan uy yo‘lagida uchrashdi. Dum-dumaloq ko‘zlari kibr 
bilan boquvchi, sochlari silliq taralgan, sarg‘ish qaldirg‘och mo‘ylovi o‘ziga yarashmagan 
bu yigitni shahar prokuraturasida dastlab ko‘rganida «ish bilan kelgan ashulachi bo‘lsa 
kerak», deb o‘ylagan edi. Ikkinchi marta ko‘rganida kim ekan, deb surishtirib, kimning 
o‘g‘li ekanini bilgach, «ishqilib shunga ro‘para bo‘lmay», deb niyat qilgan edi. O‘shanda 
farishtalar teskari duo qilishganmi, mana, bugun unga ro‘para bo‘lib turibdi. Omonullo 
o‘zidan ancha yosh bo‘lgan bu yigitdan salom kutib yanglishdi. Unga yaqinlashib, o‘zini 
tanitdi. 
— Men shahar prokuraturasidanman. Mels Abdullaevich Xo‘jaev, — dedi yigit qo‘l 
uzatib. 
— Taniyman sizni, — dedi Omonullo iltifotsiz ohangda. 
— Ishni mening nazoratimda yuritasiz, — dedi Mels unga buyruq ohangida. 
Agar tishi zirqirab turmaganida ensasi qotganini yashirmay, odatiga xilof qilmagan 
tarzda «qulingiz bo‘layin», degan mazmunda piching toshi otishi tayin edi. Hozir bu 
oliftaga shu pichingni ham ravo ko‘rmay qoshini chimirib qo‘ya qoldi. 
Zinadan ko‘tarilishgan sayin dimoqlariga yomon hid urilib, ko‘ngillarini behuzur qila 
boshladi. Omonulloga bunday hid tanish. Sasib yotgan murdalarni birinchi ko‘rishi emas. 
Mels Xo‘jaevning esa ko‘ngli behuzur bo‘lib cho‘ntagidan ro‘molcha chiqarib burnini 
berkitdi. «Bunaqa ishga endi ro‘para bo‘lishidir, — deb o‘yladi Omonullo. — Lekin bu 
oliftaligiga qaraganda yuzinchi marta ro‘para bo‘lsa ham burnini jiyiraveradi. Bunaqa 
yigitlarga do‘konda qizlarning siynabandini sotib o‘tirish yarashadi.» 
Omonullo o‘z aqli, bilimi bilan o‘qib, ishda ham o‘z farosati, tajribasiga suyanib 
yurgani uchun «falonchining o‘g‘liman yoki jiyaniman», deb tirgovichlar yordamida 
o‘qigan, suyanchiqlar ko‘magida ishlab, «nodir mutaxassis» sifatida amal pog‘onalariga 
ko‘tariladigan nusxalarni yoqtirmas edi. Mels Xo‘jaevni shu toifadan deb bilib, hali uning 
aqli farosatidan xabar topmayoq, ensasi qotdi. Bepisand tarzda «ishni mening 
nazoratimda yuritasiz», deyishi farosat darajasini o‘lchash uchun kifoya qildi. Iriy 
boshlagan murdalar yotgan xonaga kirayotib Omonullo «Ey Xudo, shu 
dumbulboyvachchaga ro‘para qilguncha qolgan o‘ttizta tishimni ham og‘rita qolsang 
ming marta yaxshi edi», deb qo‘ydi. 
Erkakning murdasi hammom eshigi ostonasida, ayolniki esa oshxonada yotardi. Mels 
Xo‘jaev erkakning murdasi ustidan hatlab oshxonaga o‘tdi-da, suratga olayotgan kishiga 
qarab: 
— Murdalarni joyidan jildirmadingizmi? — deb so‘radi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish